Korporativ boshqaruv” kafedrasi fakulteti


Bozor iqtisodiyotining doimiy va asosiy muammolarining hal qilinishi, afzlliklari va ziddiyatlari



Yüklə 152,74 Kb.
səhifə3/7
tarix24.12.2023
ölçüsü152,74 Kb.
#191781
1   2   3   4   5   6   7
BOZOR IQTISODIYOTI UNING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH SHART 1

1.2. Bozor iqtisodiyotining doimiy va asosiy muammolarining hal qilinishi, afzlliklari va ziddiyatlari.
Ijtimoiy xo‘jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo’lini tanlagan har qanday mamlakat mazkur iqtisodiy tizimning qanday amal qilishini mukammal bilishi muhim hisoblanadi. Buning uchun, eng avvalo, harqanday iqtisodiy tizimning umumiy muammolarini ifodalovchi quyidagi savollarga javob topish kerak bo’ladi:
1) qanday mahsulot va xizmatlarni, qancha miqdorda ishlab chiqaarish zarur?
2) ushbu mahsulol va xizmatlarni qanday texnika va texnologiya vositasida ishlab
chiqariladi?
3) bu mahsulot va xizmatlarni kim uchun ishlab chiqariladi?
Iqtisodiy adabiyotlarda ushbu muammolar qisqacha - « nima, qan­day qilib, kim uchun ishlab chiqarish zarur? » tarzida ifodalanadi. Bu muammolar an'anaviy iqtisodiyotda asosan urf-odatlar, ko‘p yillar davoniida mavjud bo’lib kelayotgan an’analar, milliy, diniy, iqlim va boshqa omillar ta’sirida hal etilsa, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiy tizimda markazlashtirilgan holdagi taqsimot va rejalashtirish orqali hal etiladi. Lekin bozor iqtisodiyoti bu muammolarni o‘zgacha tarzda hal etadi. Bunda bozor iqtisodiyoti tizimining o‘ziga xos xususiyatlaridan, uning talablari va qonun-qoidalaridan kelib chiqadi.
Nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarurligi bozor iqti­sodiyoti sharoitida eng avvalo iqtisodiy resurslar bilan ta’minlanish darajasiga, talab va taklif nisbatiga bog‘liq. Bunda mavjud bo’lgan resurslar qanday hajmda band qilinishi yoki qaysi qismi ishlab chiqa­rish jarayonida foydalanishi ham hisobga olinishi lozim. Bu savolga javob berishda korxona zarar ko‘rmaslik va yuqori darajada foyda olish uchun intilish qoidasiga amal qiladi. Shu bilan birga mahsulot va xizmatlarning qanday to‘plami jamiyat talablarini to‘la qondira olishi e’tiborga olinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat talab mav­jud bo‘lgan, binobarin, foyda keltirishi mumkin bo‘lgan mahsulot va xizmatlar yaratiladi. Bunda korxona foydasi hajmini tovami sotishdan olinadigan umumiy pul daromadi va uni ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari o‘rtasidagi nisbat aniqlaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy (sof) foyda oluvchi tarmoqning kengayib borish tamoyili amal qiladi. Chunki foyda darajasining nisbatan yuqoriligi bu tarmoqqa kam foydali tarmoqlardagi kapitallarning oqib olishini ta’minlaydi. Ammo tarmoqda yangi ish­lab chiqaruvchilarning paydo bo’lishi o‘zini o‘zi cheklovchi jarayon hisoblanadi. Chunki tarmoqqa yangi korxonalaming kirib kelishi bilan uning mahsuloti taklifi bozor talabiga nisbatan jadal ravishda o‘sadi. Bu asta-sekin mazkur mahsulot narxining pasayishiga hamda iqtisodiy foydaning yo‘qolishiga olib keladi, Boshqacha aytganda, raqobat bu foydani yo‘qqa chiqaradi. Bozordagi talab va taklifning iqtisodiy foyda nolga teng bo’lgan holdagi nisbati bu tarmoq mah­sulotining umumiy miqdorini bclgilab beradi. Shu vaziyatda tarmoq ishlab chiqarishning « muvozanatli » hajmiga yetadi. Bozor talabi yoki taklifida yangi o‘zgarishlar ro‘y bermaguncha bu muvozanat buzilmaydi. Oz-o’zidan aniqki, tarmoqdagi tovar ishlab chiqarishdan zarar ko‘rilishi kutilgan holatda korxona bunday iqtisodiy faoli­yat turidan voz kechadi. Buning natijasida zarar ko‘ruvchi yoki past foyda darajasiga ega bo’lgan tarmoqda ishlab chiqarish hajmi keskin qisqarib, taklifning talabdan ortda qolishi ro‘y beradi. Bu esa, sekin-asta mahsulot narxining ko‘tarilishi hamda foyda darajasining oshishiga sharoit yaratadi. Natijada tarmoq o‘zining ishlab chiqarish hajmini qayta tiklaydi va faoliyati barqarorlashadi.
Ishlab chiqariladigan mahsulot turi va miqdorini aniqlashda iste’molchi talabi alohida, muhim rol o‘ynashini ta’kidlash lozim. Iste’molchilaming tovarlami sotib olish maqsadida pul daromadlarini sarflashga tayyorliklari bozor talabi sifatida namoyon boiadi. Agar bunday talab hajmi ahamiyatli darajaga yetsa, korxona ushbu mahsu­lotni ishlab chiqarishga rag‘bat sezadi, ya’ni iste’molchi talabining ko’payishi, bu mahsulotni ishlab chiqaruvchi tarmoq uchun iqtisodiy foyda keltiradi. Iste’molchi talabining qisqarishi esa tarmoq ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga olib keladi. Qisqasi, bozor iqtisodi­yoti sharoitida iste’molchining talabi qanday mahsulot turlarini ishlab chiqarish masalasini hal qilishda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, nima ishlab chiqarish zarurligini belgilash kop darajada resurslami yetkazib beruvchilarga ham bog’liq. Resurslarga bo’lgan talab - bu hosilaviy talab, ya’ni bu resurslar vositasida ishlab chiqariluvchi tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabdan kelib chiqadi. 0‘z daromadlarini yuqori darajaga yetkazishda resurslami yetkazib beruvchining ham bozor talabidan kelib chiqishi shubhasiz. Faqat iste’molchi talabiga muvofiq tushuvchi tovarlami ishlab chiqaruvchi korxonalar foyda olib ishlashi mumkin va shu korxonalaming resurslarga bo’lgan talabi kuchayadi. Qisqasi, iste’molchining afzal ko’rishi uning talabi orqali namoyon boiadi. Tovar ishlab chiqaruvchi va resurslami yetkazib beruvchilar o‘z manfaatlarini ta’minlash uchun bu talabga mos ravishda, ya’ni yuqori foyda olish uchun pul tolash qobiliyatiga ega bo’lgan iste’molchilarga zarur bo‘lgan turdagi va miqdordagi tovarlami ishlab chiqaradi va resurslami yetkazib beradi.
Tovarlar qanday usulda ishlab chiqariladi yoki ishlab chiqarish qanday tashkil qilinadi, degan savolga ham bozor iqtisodiyoti sharo­itida o4ziga xos javob bo’ladi. Bunda uchta uzviy bog’liq masalaga e’tibor beriladi:

  • resurslarning alohida tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishi;

  • korxonalar tomonidan ishlab chiqarishning amalga oshirilishi;

  • har bir korxona resurslarining uyg’unlashuvi va texnologiyani tanlash.

Bozor tizimi resurslami avvalo yuqori talab va foyda darajasiga ega tarmoqlarga yo‘naltiradi. Past foyda darajasiga ega yoki foyda olmaydigan tarmoqlar iqtisodiy resurslardan mahrum bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida eng zamonaviy texnologiyani qo‘llashga layoqatli bo‘lgan va shunga intilgan korxonalar samarali faoliyat ko‘rsata oladi. Korxonalaraing iqtisodiy samaradorligi quyidagi omillarga bog’liq: mavjud texnologiya, ya’ni mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi resurslarning oqilona uyg‘unlashuvi darajasi hamda iqti­sodiy resurslarning narxlari. Boshqacha aytganda, iqtisodiy samara- dorlik mahsulotning muayyan hajmini ishlab chiqarishga resurslami eng kam darajada sarflagan holda erishishni bildiradi.
Bozor iqtisodiyoti o‘zgaruvchan bo’ladi: u iste’molchilar, ishlab chiqarish texnologiyasi, iqtisodiy resurslar tarkibi o‘zgarishiga muvofiq holda o‘zgaradi. Ayni paytda resurslami taqsimlashning ancha samarali hisoblangan tizimi vaqt o‘tishi bilan istc’molchi didining o‘zgarishi, ishlab chiqarish yangi texnologiyasining yaratilishi va tak­lif qilingan resurslar tarkibining qayta ozgarishi oqibatida eskirishi va samarasiz bolib qolishi mumkin.
Iste’molchi dididagi о‘zgarishlarning mahsulot narxi va foydaga ta’siri ayrim tarmoqlarni qisqartirish va boshqalarini kengaytirishni taqozo qiladi. Bu o‘zgartirisb resurslar bozori orqali amalga oshiriladi, chunki kcngayib boruvchi tarmoq resurslarga ko'proq talab bildirsa, qisqarib boruvchi tarmoq ularga talabni kamaytiradi. Buning natijasida vujudga keluvchi resurs narxlarining o'zgarishi, resurslami qisqaruvchi tarmoqlardan kengayuvchi tarmoqlarga qayta taqsimlaydi. Demak, bozor tizimi texnologiyaning o‘zgarishi va har xil resurs­lar taklifi tarkibidagi o‘zgarishlarga moslashadi.
Bozor iqtisodiyoti fan-texnika taraqqiyotini rag‘batlantiradi. Bi­rinchi bo‘lib tejamli texnologiyalarni qo‘llash korxonaning o‘z raqobatchilari oldidagi vaqtinchalik ustunligini ta’minlaydi. Ishlab chiqa­rish xarajatlarining pasayishi korxonaning iqtisodiy foyda olishini bildiradi. Bundan tashqari, bozor tizimi yangi texnologiyaning tez tarqalishi uchun sharoit ham yaratadi. Shunday qilib, bozor iqtisodi­yoti sharoitida har bir korxona yuqori foyda berishi mumkin bo‘lgan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqarishni amalga oshiradilar. Qisqacha xulosa qilinadigan bo‘lsa, bozor iqtisodiyoti sharoi­tida « nima, kim uchun va qanday qilib ishlab chiqarish zarur » degan muammoga quyidagicha javob beriladi:
a) yuqori foyda beradigan barcha tovarlar va xizmatlar to‘lovga layoqatli iste’molchilar talabiga yetarli hajmda ishlab chiqariladi;
b) tovar va xizmatlar to‘lov layoqatiga ega, yuqori foyda olish im­konini beradigan xaridorlar uchun ishlab chiqariladi;
v) yuqori foyda olishni ta’minlaydigan, resurslami tejash imkonini beradigan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi.
Mavjud iqtisodiy tizimlar orasida bo­zor iqtisodiyoti o‘zining afzalliklari bilan ajralib turadi. Aynan shu afzalliklar mazkur iqtisodiy tizimning samarali va barqaror amal qili­shi, rivojlanishiga zamin yaratadi. Eng avvalo, bozor iqtisodiyotining uchta ustun jihatini ko'rsatib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
1.Resurslami taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslami samarali taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi resurslami jamiyatga eng zarur bo‘lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo‘naltiradi. U ishlab chiqa­rish uchun resurslami uyg‘unlashtirislining ancha samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani qo‘llashni taqozo etadi. Qisqasi, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shun day tartibda boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovar­lami talab darajasidagi miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlaydi.
2.Iqtisodiy faoliyat va tanlov erkinligi. Bozor iqtisodiyoti tizimining muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga ustuvorlik beradi. Ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil qilishning asosiy muammolaridan biri bo‘lib alohida shaxs va korxonalar iqtisodiy faoliyatini uyg‘unlashtirish hisoblanadi. Bunday uyg‘unlashtirishni amalga oshirishning ikki usuli mavjud. Birinchisi - markazdan boshqarish va majbur qilish tadbirlarini qoilash bo‘lsa, ikkinchisi - bozor tizimi vositasi orqali ixtiyoriy hamkorlikdir. Faqat bozor tizimigina iqtisodiy faoliyatni majbur qilmasdan uyg‘unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik va tanlash erkinligini namoyish qilib, aynan shu tufayli u muvaffaqiyatga erishadi.
3.Iqtisodiy subyektlar tinimsiz harakat va izlanishlarining ta’minlanishi. Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, unda har bir shaxs, korxona, firma va korporatsiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo‘lishadi. Chunki xo’jasizlik, sustkashlik, beg'amlik har qanday xo‘jalik tizimini xonavayron qilishga olib ke­ladi. Jismoniy va yuridik shaxslar raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda foyda olishni ta’minlash uchun kurashadi. Natijada bozor iqtisodiyoti million-million kishilami harakatga soladi, ularni boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi.
Bozor iqtisodiyotning yuqorida kо‘rib chiqilgan asosiy afzalliklari bilan bir qatorda boshqa ko‘plab ijobiy jihatlarini ham sanab o‘tish mumkin. Jumladan:

  • uning ishlab chiqarishning o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashuvi va ko‘nikishining yuqori darajasi;

  • fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarish­ga joriy etishning jadal sur’ati;

  • turli-tuman ehtiyojlami qondirish, mahsulot sifatini oshirish qobiliyati;

  • buzilgan muvozanatni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash;

  • cheklangan axborot - turli resurslarning narx darajasi va ularning sarflanish darajasiga yo‘nalgan holda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli amal qila olish imkoniyati.

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bozor iqtisodiyotining ham o‘ziga xos kamchilik va ziddiyatlari mavjud. Bozor iqtisodiyo­tining asosiy ziddiyati shundan iboratki, u o‘zning bosh nazorat mexanizmi - raqobatning kuchsizlanishiga yo‘l qo'yadi va hatto buni rag‘batlantiradi. Bunday iqtisodiyotda raqobat kuchsizlanishining ikkita asosiy manbai mavjud:

  1. bozor iqtisodiyoti sharoitidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan quvib va o‘z iqtisodiy mavqelarini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan yo’lidan ozod bo‘lishga harakat qiladilar. Firma-larning qo‘shilib ketishi, kompaniyalaming xufyona kelishuvi, raqobatlashuvning noqonuniy usullari (masalan, jismoniy kuch ishlatish, zo‘ravonlik, tazyiq o‘tkazish va h.k.) ni qo‘llash - bularning barchasi raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik ta’sirining pasayishiga olib keladi;

  2. bozor tizimi rag‘batlantiradigan texnika taraqqiyoti ham raqo­batning zaiflashishiga olib keladi. Eng yangi texnologiya, odatda: a) juda katta miqdordagi real kapitaldan foydalanishni; b) yirik bozorlar bo‘lishini; v) kompleksli, markazlashgan va qat’iyan bir butun bo‘lib birlashgan bozorning tarkib topishini; g) boy va ishonchli xomashyo manbalarini talab qiladi. Bunday texnologiya bozorning hajmiga nis­batan keng miqyosdagi hisoblanuvchi ishlab chiqaruvchilar mavjud bo'lishi zarurligini bildiradi. Boshqacha aytganda, eng yangi texnologiyani qo’llash asosida ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish, aksariyat hollarda ko‘p miqdordagi mayda firmalar emas, uncha ko‘p bo‘lmagan yirik ishlab chiqamvchilar mavjud bo’lishini taqozo qiladi.

Bozor tizimi jamiyatning yuqori ehtiyoji tovarlar bilan ta’minlanishiga ham kafolat bermaydi. Raqobatning kuchsizlanib borishi iste’molchining erkinligiga ham putur etkazadi. Bozor tizimi o‘zining iste’molchining xohishiga ancha mos keluvchi resurslami taqsimlash layoqatini ham yo‘qotib borishi mumkin.
Bozor iqtisodiyotning navbatdagi ziddiyati jamiyat a’zolari da­romadlaridagi tengsizliknmg kuchayib borishi va aholining tabaqalanishi bilan bog‘liq. Bunday iqtisodiyot har qanday yuksak darajada rivojlanmasin daromadlar tengsizligini bartaraf qila olmaydi, faqat uni ma’lum darajada yumshatish mumkin.
Bozor iqtisodiyotining umumiy e’tirof qilingan kamchiliklaridan yana biri shundan iboratki, u ijtimoiy ne’matlar va xizmatlami ish­lab chiqarib, bozorga taklif qilishga qodir emas. Shu sababli jamiyat a’zolarini bunday ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlash davlat zimmasida bo‘Iadi.
Tovarlar hajmi bilan pul massasi ortasidagi ro'y berib turadigan nomuvofiqlikni bartaraf eta olmaslik ham bozor iqtisodiyotining zid­diyati hisoblanadi. Bu pulning qadrsizlanishi, ya’ni inflyatsiya jara­yoni orqali namoyon bo’ladi.
Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyatlari bilan bir qatorda quyi­dagi kamchilik yoki salbiy jihatlari ham mavjud:

  • atrof-muhitni ishlab chiqarish va boshqa faoliyat turlari ta’siridan muhofaza qilish mexanizmining mavjud emasligi;

  • resurslarning qayta tiklanmaydigan turlarini saqlash imkoniyatining yo‘qligi;

  • mehnat qilish bilan bog‘liq kafolatlarning mavjud emasligi;

  • fanda fundamental va amaliy tadqiqotlarning rivojlanishiga ko‘maklashuvning yo‘qligi;

rivojlanishning beqarorligi, inqirozli holatlaming bolib turishi hamda ijtimoiy ishlab chiqarishning pasayishi, ishsizlik darajasining oshishi kabi holatlarining mavjudligi.
Shuningdek, 2008-yilda AQSH ipoteka kreditlash tizimida vujudga kelgan hamda ko‘pIab rivojlangan mamlakatlarga tarqalib, avval iqti­sodiyotning moliyaviy sektorida, keyinchalik esa real sektor hamda ijtimoiy sohasida jiddiy talofatlarga olib kelgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ham ko‘p tomondan bozor iqtisodiyotining ziddiyatli jihatlari ta’siri bilan bog’liq. Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda bozorning o‘zini-o‘zi tartiblash mexanizmini mutlaqlashtirish va bunda davlatning nazorat qilish, tartibga solish vazifalariga umuman e’tibor qaratmaslik pirovardida inqiroz holatlarining ro‘y berishiga olib keldi. O‘zbekistonda davlat tomonidan bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni tartibga solish jarayonlariga doimiy e’tibor qaratilib, zarur bo‘lganda iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqaruv usul­lari qo’llandi va bunday yondashuv oxir-oqibatda o‘zini to‘la oqladi.



Yüklə 152,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin