Korporativ boshqaruvning yapon modeli Urushdan keyingi davrda moliyaviy-sanoat guruhlari (keiretsu) negizida shakllangan va butunlay yopiq, bank nazoratiga asoslangan holda xarakterlanadi, bu esa boshqaruv nazorati muammosini kamaytirish imkonini beradi.
Korporativ boshqaruvning oilaviy modeli dunyoning barcha mamlakatlarida keng tarqaldi. Korporatsiyalarni boshqarish bir oila a'zolari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda korporativ boshqaruvning milliy modelining shakllanish bosqichida turganligi, tarqoq holda turli modellaming ayrim jihatlarini o‘zida mujassamlashtirganligi ko‘plab tadqiqotchi-olimlar tomonidan ta’kidlanadi. O‘zbekistonda korporativ boshqaruvning milliy modeli o‘ziga xos jihatlariga ega bo‘lgan milliy modeldir. Albatta, boshqaruv modellari o‘zgarishsiz qotib qolmaydi, shaklan va mazmunan o‘zgarib, ichki va tashqi mexanizmlari o‘zgaruvchan muhitga moslashib borishi mumkin, globallashuv oqibatida korporativ boshqaruv sohasidagi qoidalar ham barchaga birdek o‘rnatilishi, modellardagi o‘xshashliklar ortishi mumkin. Bu o‘rinda albatta milliy xususiyat va shart-sharoitlami hisobga olgan holda, turli korporativ boshqaruv modellarining eng yaxshi jihatlari va mexanizmlarini o‘zida mujassamlashtirgan va eng muhimi yuqori samarani ta’minlaydigan milliy modelni shakllantirish juda dolzarb masaladir. Respublika korxonalarida korporativ munosabatlami rivojlantirish orqali mazkur boshqaruvni takomillashtirishda quyidagi vazifalami amalga oshirish belgilangan:
Kuzatuv kengashi a’zolari va boshqaruvchilar tomonidan hamda aksiyadorlaming o‘zi tomonidan ham korporativ huquqning mazmun-mohiyati va imkoniyatlarini chuqur anglab etishi;
Bevosita aksiyadorlik korxonalari boshqamv faoliyatini tartibga soluvchi to'liq me’yoriy hujjatlar paketini ishlab chiqishi va qabul qilishi;
Aksiyadorlik jamiyatlari ishini ongli boshqarishga aksiyadorlaming keng doirasini eng yuqori darajada jalb qilish;
Korxonalar faoliyatining aksiyadorlar va investorlar uchun maksimal ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash;
Aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruvining yuqori va ijro organlari o'rtasidagi o‘zaro ta’sir darajasini oshirish.
O‘zbekistonning korporativ boshqaruv tizimi shaklan nemis modeliga o‘xshashdir. Bu o‘xshashlik ikki pog‘onali kengash, moliyalashtirishda bank tizimining yetakchiligi kabilarda namoyon boLadi. Shu bilan birga, milliy korporativ boshqaruv tizimining o‘ziga xos jihatlari ham mavjud.
O‘zbekistonda aksiyadorlik jamiyatlari Kuzatuv kengashlarining mustaqil a’zosi bo‘lishi, uning miqdoriga nisbatan talab - ya’ni har bir Kuzatuv kengashida kamida bitta (lekin jamiyat ustavida belgilangan Kuzatuv kengashi a’zolari sonining 15 foizidan kam bo‘lmagan) mustaqil a’zo bolishi Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalari qatoridan joy olgan. Bu, o‘z navbatida, korporativ boshqaruvda shaffoflik, axborot ochiqligi va obyektivligini ta’minlashda muhim omil vazifasini o‘taydi.
O'zbekistonda aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv amaliyotini takomillashtirish maqsadida quyidagilami amalga oshirilishi maqsadga muvofiq:
1. Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ boshqaruvida xorijdan yuqori malakali, tajribali mutaxassislami ishga jalb etish, ulaming korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirishga doir takliflari, tajribalaridan amaliyotda foydalanish asosida mamlakatimizda xalqaro standartlarga muvofiq korporativ boshqaruv tizimini joriy etishda mutaxassislar professional saviyasini oshirish, korporativ boshqaruv madaniyati, etikasi, psixologiyasi va ko’nikmalarini shakllantirish lozim.
2. Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ boshqaruvida moliyaviy siyosatni puxta ishlab chiqish va uni amalga oshirishning moliyaviy asoslarini ta’minlashda kapital qiymati, kapital tarkibi, pulning vaqt birligidagi qiymati hamda daromadlilik va risk darajasining o‘zaro bog‘liqligi konsepsiyalariga to‘liq va muntazam amal qilinishini ta’minlash zarur.
3. Mamlakatimiz aksiyadorlik jamiyatlarining xorijiy nufuzli fond biijalariga (IPO) chiqishini ta’minlash orqali ulaming xorijiy kapital bozoriga chiqishini ta’minlash asosida xalqaro bozordagi erkin raqobat ko‘rashiga chidamliligini oshirishga erishish, bunda zamonaviy korporativ boshqaruv tamoyillari va standartlarini joriy etishning tashkiliy-huquqiy, texnik-iqtisodiy, axborot va kadrlar ta’minoti bo‘yicha asoslari hamda mexanizmini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Shunday tizimni tanlash kerakki, mazkur tizim aynan O‘zbekiston uchun o‘ziga xos yechimni ifodalashi va boshqa davlatlarda ishlatilayotgan modellaming shunchaki nusxasi bo‘lmasligi kerak. Boshqaruvga nozik yondashuvni qo‘llab - quvvatlash kerak bo‘lib, mos ravishdagi boshqaruv modeli nafaqat har bir kompaniyada turlicha boladi, balki ayni bir kompaniyaning turli yashash davrlarida ham o‘zgartirib boriladi. Ushbu fikr yangi texnologiyalar rivoji va iqtisodiyotning globallashuvini kompaniyalaming qayta tashkil qilinish sur’atlari o‘sishiga va korporativ tuzilmalaming tubdan o‘zgarishlariga ta’sirini inobatga olganda yanada to‘g‘riroq boladi. Kompaniyalar o‘z holatiga eng mos keladigan, biroq investorlar tomonidan samarali qaror qabul qilinishiga olib boradigan va axborotlaming muvofiq oshkora qilinishini ta’minlaydigan samarali tamoyillar asosida qurilgan korporativ amaliyotni qabul qilish mas’uliyatini o‘z zimmalariga olishlari kerak.