Korporativ boshqaruv



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə32/74
tarix16.01.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#79334
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   74
2-Korporativ-boshqaruv-Oquv-qollanma-B-Yu-Xodiyev-va-bosh-T2011

L=Q/(p-v) (1)
bunda Q — shartli doimiy xarajatlar hajmi;
p mahsulot birligi narxi;
v — chiqarilayotgan mahsulot birligining o'zgaruvchan xarajatlar qiymati.




Ko'rinib turibdiki, yalpi foydaning o'sishi chiqarilayotgan mahsulot hajmining o'sish qiymatidan ancha katta bo'Iishi lozim. Turli korxona­larni ishlab chiqarish vositasi hajmi bo'yicha taqqoslashni ularda mahsulot chiqarish hajmi bir xil bo'lgan hollardagina amalga oshirish mumkin.
Moliyaviy vosita Lf sof foyda o'sishining yalpi foyda o'sishiga nisbati sifatida hisob-kitob qilinadi. Bu yerda ham chiziqsiz bog'liqlik yaqqol ko'zga tashlanib turadi va hisob-kitoblar o'ziga xosligini belgilab beradi. Moliyaviy vosita hajmini quyidagi tarzda aniqlash mumkin:
Z==CP/(CA7) (2)
bunda CP — sof foyda hajmi;
/ — kreditlar bo'yicha to'lanadigan foizlar hajmi.
Korxona qarzga olingan mablag'larni qanchalik ko'p jalb etsa, moliyaviy vosita qiymati shunchalik katta bo'ladi. Korxonalarni ular­ning moliyaviy vositasi hajmi bo'yicha taqqoslash uchun ularning bir xil yalpi daromad hajmiga ega bo'Iishi zarur.
Moliyaviy vosita mavjudligida foydaning foizdagi o'sishi yalpi daromadning mos keluvchi o'sishiga to'g'ri kelmaydi. Shu bois ba’zida yangi ko'rsatkich — o'z mablag'larining rentabelligi kiritiladi. U sof foyda hajmining o'z mablag'lari hajmiga nisbati sifatida aniqlanadi. Ko'rinib turibdiki, foyda mavjudligida qarzga olingan kapitaldan foydalanish ushbu ko'rsatkichni oshiradi.
Iqtisodiy vositalarni aniqlash mahsulot chiqarishning o'sishi va sof foydani bir-biri bilan bog'laydigan uchinchi ko'rsatkichni kiritish haqidagi fikrning tug'ilishiga olib keladi.
Yalpi daromad /Mahsulot chiqarish hajmi / Sof foyda /Yalpi daromad =
$7/foyda /Mahsulot chiqarish hajmi.

Mazkur koeffitsient korxonaning yakuniy faoliyat natijasini mahsulot chiqarish hajmi bilan bog'laydi. Shu bilan bir paytda u yoki bu natija vujudga kelishining sabablarini aniq ajratish yo'qoladi.
Shunday qilib, struktura koeffitsientlari hissadorlik jamiyati kapi- talini tavsiflaydigan statik tasvirni ifodalaydi. Shu bilan bir paytda ishlab chiqarish vositasi va moliyaviy vosita kapitalning «dinamik» xususiyatlari, u yoki bu omillar harakatiga javobi haqida axborot beradi. Ba’zida moliyaviy vosita harakati o'z mablag'larining rentabel­ligi orqali ko'rib chiqiladi. Bu holatda biri faqat o'z mablag'Iaridan foydalanadigan, ikkinchisi esa ham o'z mablag'lari, ham qarzga olingan




mablag'lar hisobiga rivojlanadigan korxonalarning o‘z mablag'lari rentabelligi o'rtasidagi farqni ifodalaydigan «moliyaviy vosita samarasi» ko'rsatkichi kiritiladi. Bunda samaraning o'zi ikki multiplikativ omilga ajratiladi: diflerensial va moliyaviy vosita «yelka»si. Differensial — bu korxona ishining rentabelligi va qarzga olingan mablag'lar o'rtacha hisob-kitob foiz stavkasi o'rtasidagi 1 koeffitsientga (soliq stavkasi) ko'paytirilgan farqdir. Shu bilan bir paytda vosita «yelka»si bu — qarzga olingan mablag'laming o'z mablag'lariga nisbatidir.
Keltirilgan dinamik tavsiflar bo'yicha risk hajmining miqdoriy tavsifini kiritish mumkin. Ko'rinib turibdiki, ishlab chiqarish (moliyaviy) vositasi qiymati qanchalik katta bo'lsa, ishlab chiqarish (moliyaviy) xarakteriga ega yo'qotishlar bilan bog‘liq risk shunchalik katta bo'ladi. Olinadigan koeffitsientlar hajmsiz ekanligi sababli ularni tahlil qilish qiyinchilik tug'dirmaydi. Masalan, bitta tarmoqqa mansub korxonalar uchun ushbu koeffitsientlarni hisob-kitob qilish maqsadga muvofiq. Bu holatda koeffitsient hajmi bo'yicha kapitalni quyidagilarga struk- turalash imkoniyati paydo bo'ladi:

  • past riskli;

  • o'rtacha riskli;

  • yuqori riskli.

Bunda ishlab chiqarish yoki moliyaviy tarkibiy qism albatta kelishib olinishi lozim. Shuni e’tiborga olish kerakki, risklar potensial xarakterga ega bo'ladi .va quyidagi hollarda paydo bo'ladi:

  • korxona chiqarilayotgan mahsulot hajmini turli usullar bilan ko'paytirishga harakat qilsa;

  • iqtisodiy vaziyat beqaror bo'lib, korxonaning bozordagi ahvoliga salbiy ta’sir ko'rsata oladigan omillar harakat qiladigan bo'lsa.

Moliyaviy vositani ko'rib chiqishda shuningdek, uning korxona qimmatli qog'ozlari bozor tavsifi bilan aloqani ko'rib chiqmaslik noto'g'ri bo'lardi.
Bu hech bo'lmasa, kapitalning fundamental va texnik tahlili ma’lumotlarining tahliliy bog'liqligini olishga imkon berishi nuqtayi nazaridan qiziqish uyg'otadi. Shunisi qiziqarliki, kapital tavsifini aniqlash uchun fond bozori tahlilining kuchli vositasi sifatida ma’lum bo'lgan SARM nazariyasidan foydalanish mumkin. U haqida o'tkazi- ladigan baholashlarni yaxshiroq tushunish uchun zarur bo'lgan asosiy ma’lumotlar 3-ilovada keltirilgan.
Korxonaning qimmatli qog'ozlari xususiyatini tavsiflaydigan eng muhim tavsiflardan biri p (beta) koeffitsienti hisoblanadi. Ma’lum




bo‘lishicha, ushbu koeffitsient korxonaning moliyaviy vositasi, demak, kapital tarkibi bilan bevosita bog‘liq ekan. Masalan, aniqlanishicha, ‘ aksiyalar uchun talab qilinadigan zaruriy foyda me’yori quyidagi ko‘rinishda ifodalanishi mumkin:

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin