Korporativ boshqaruv



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə26/74
tarix16.01.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#79334
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   74
2-Korporativ-boshqaruv-Oquv-qollanma-B-Yu-Xodiyev-va-bosh-T2011

7'jadval


Integratsion rivojlanish strategiyalari turlari

l-bosqich
Tashkiliy byihalashtirish (integratsion rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish)

Kengaytirish strategiyasi (ishlab chiqarish yo'nalishlarini kengaytirish va rivojlantirish)

Ratsionallashtirish strategiyasi (faoliyat yo‘nalishlarini oqilona kuchaytirish)

Ichki o‘sish (o‘z resurslari yetarli bo‘lganda)

Strategik hamkorlik (loyihani birga amalga oshirish afzal bo‘lganda)

Tugatish (korxona doirasida loyihani amalga oshirishni to‘xtatish)

Alohida bo‘lib olish

2-bosqich
Loyihani amalga oshirish (tanlangan yo‘nalishda i ntegratsiya jarayon i ni amalga oshirish)

  • qo‘shilish

  • bi Hashish

  • tugatish

  • o‘zgartirish

—taqsimlanish
- ajratish

3-bosqich
Integratsion faoliyat monitoring! (integratsiya natijalarini kuzatish)

Miqyos samarasi o‘rtachalashtirish samarasi transaksiya xarajatlarida tejash samarasi sinergiya samarasi (samara olish raqobatda ustunlikni qo'lga kiritish bilan tenglashtiriladi)




Bunday alohida bo'lib olish biznesi munosib baholanmagan va uni sotish ayni paytda foydali bo‘lmagan hollarda maqsadga muvofiq. Yoki korporatsiya bunday biznes-loyiha bilan boshqa loyihalami yakunlagandan keyin shug'ullanish istagida bo'Iishi mumkin.
Alohida bo'lib olishning uchinchi sababi noqulay bozor kon’yunkturasi hisoblanadi, bunda biznes «zaxiraga» qolib ketadi. Loyihani amalga oshirish mos keluvchi jarayonlar bo'yicha qo­nunchilikda qat’iy belgilab qo'yilganiga muvofiq ro'y beradi.

  1. Korporatsiyalarmng integratsiya
    turlari va tiplari


Korporativ biznesning mavjud integratsiya shakllari xilma-xilligidan gorizontal integratsiyalashgan, vertikal integratsiyalashgan va konglo- me.rat tipdagi korporatsiyalami alohida ajratib ko'rsatish maqsadga muvofiq.
Gorizontal integratsiyalash natijasida vujudga keladigan korporativ tuzilmalar bitta tarmoq korxonalarining sa’y-harakatlarini birlashtirish tendensiyasini aks ettiradi. Axir dastlab kapital markazlashuvi biryerga jamlanishi xo'jalik subyektlarini, jumladan, bir xil turdagi strukturalami birlashtirish hisobiga qo'shimcha kapital jalb qilish yo'li bilan mustah- kamlashda o'z aksini topadi.
Gorizontal integratsiya bitta tarmoqdagi bir xil ishlab chiqarish tavsifnomasiga ega bo'lgan kapitallar birlashuvini aks ettiradi, u O'zbekistonning hozirgi kun sharoitlarida o'z ahamiyatini yo'qot- magan. Iqtisodiyotda gorizontal integratsiyaning imkoniyatlari hali batamom foydalanib bo'linmagan.
Bu ko'plab tarmoqlarda kapitalning bir yerda joylashuv darajasi yetarli emasligi, bir xil turdagi mahsulot ishlab chiqarish va sotish sohalarining rivojlanishi yakunlanmaganligi natijasidir. Gorizontal integratsiyalashgan strukturalarga umumiy boshqaruv asosida birlashish shakli xos. Gorizontal aloqalaming bu tizimida alohida korporativ tuzilmalar yirik bir tuzilmaning tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Rivojlanishning ma’lum bir bosqichida kapitalning jamlanish tendensiyasi bir-biri bilan texnologik jihatdan bog'liq ishlab chiqarish- larga tarqaladi. Bu holat vertikal integratsiyaning rivojlanishida o'z aksini topadi.
Vertikal integratsiya deganda keng ma’noda korporativ tuzilmalar xo'jalik subyektlarining o'zaro aloqalari tushuniladi, shu tariqa, bir


subyektning mahsulotlari boshqa subyekt uchun xomashyo hisob­lanadi.


Ya’ni, korporatsiyaning ishiab chiqarish funksiyalarini amalga oshirishi texnologik jihatdan murakkab tovar va xizmatlarni ishiab chiqish va bozorga samarali olib chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan, ketma- ketlikdagi tashkiliy usullar asosida ta’minlanadi.
. Vertikal integratsiyada o‘z mahsulotini bosh kompaniyaga yetkazib beruvchi turli pog'onadagi subpudratchilar iyerarxiyasidan tashkil topadi: tayyorlash (qazib chiqarish), qayta ishlash (ishlov berish), yakuniy mahsulot ishiab chiqarish, uni sotish. Ushbu turdagi integratsiyaning negizida ishiab chiqarish jarayoniarining bir-biri bilan texnologik bogVliqligi yotadi.
Vertikal integratsiyada tashkil etiladigan birlashmalarni mahsulotni ishiab chiqish va bozorga samarali chiqarishning tashkiliy-boshqaruv, moliya-xo‘jalik usullari sifatida tavsiflash mumkin. Vertikal integratsiya asosiy mahsulotlar ishiab chiqarish bilan uyg'unlikda xomashyo ishiab chiqarishni qamrab olish yo'nalishida rivojlanishi mumkin. Xo'jalik amaliyotida u Ьъ'тмЬя yuqoriga yo'nalgan integratsiya deb ham ataladi.
Masalan, aluminiy sanoatida: aluminiy oksidi va boksitlar qazib olish — metall ishiab chiqarish; shina ishiab chiqarishda: kauchuk plantatsiyasi — shina zavodi, neft sanoatida: neft qazib olish — neft mahsulotlari ishiab chiqarish va hokazo. Agar vertikal integratsiyaning rivojlanishi sotuv tizimini qamrab olish yo'nalishida bo‘lsa, pastga yo ‘nalgan integratsiya deyiladv. benzin ishiab chiqarish — avtomobil- larga yoqilg'i quyish stansiyalari.
Vertikal integratsiya uning asosida tashkil etiladigan korporativ strukturalarga sezilarli afzalliklar taqdim etadi: birinchidan, mahsulot- ning murakkab ishiab chiqarish sikllari bo'yicha harakatlanishida iqtisodiy yutuqqa erishiladi; ikkinchidan, butlovchi qismlarni taklif qilishdagi keyingi har bitta ishiab chiqarish siklida mos keluvchi axborot olish zarurati bilan bog'liq noaniqliklar kamayadi; uchinchidan, iqtiso- diyotning bir sektoridagi risklarni boshqa sektorlarga qayta taqsimlash imkoniyati paydo bodadi; to'rtinchidan, transaksiya xarajatlari kamaya­di; beshinchidan, ko'plab qo'shimcha natijalar olinadi (qo‘shimcha axborotga ega bo'lish, soliqlardan tejab qolish va hokazo). Vertikal integratsiya butun texnologik zanjir bo‘ylab risklarni qayta taqsimlash imkonini beradi.
Kongfomerat birlashmalar ham ancha keng tarqalgan bo‘lib, ular texnologik jihatdan bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan mahsulotlar ishiab


7~ Korporativ boshqaruv


97




chiqarish va sotish bo‘yicha tuzilmalar bilan ifodalanadl, ya’ni gap to‘ldiruvchi integratsiya yoki ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash haqida boradi.
Diversifikatsiyalangan korporativ tuzilmaning (konglomerat) iqti­sodiy yutug‘i, awalo, turli tarmoqlarning kapital aylanmasidagi farqdan iborat.
Shu tufayli mablag‘larning pasayish bosqichida turgan ishlab chiqarish tarmoqlaridan ko‘tarilish bosqichidagi ishlab chiqarish!arga yo‘naltirish imkoniyati paydo boladi.
Diversifikatsiya mavsumiy tebranishlarga bardosh berishga yordam- lashadi, foydalanilmagan ishlab chiqarish quwatlari hisobiga kuchli ekspansiya manbasi bo‘lib xizmat qiladi, o‘z resurslarini qayta yo‘na- Itirish yo‘li bilan kapitalni yangilashga imkon beradi, raqobat kurashi bilan bog'liq xarajatlarni kamaytiradi.
Bunday strategiyani amalga oshirar ekan, kompaniya yangi tovarlar chiqaradi, yangi bozorlar tomon yo^nalib, o‘z tarmog'i va uning uchun an’anaviy bo‘lgan biznes doirasidan chetga chiqadi.
Konglomerat kapital va mulkning birlashish jarayonini aks ettiradi; bu o‘ziga xos yopiq kapitallar bozori bo‘lib, diversifikatsiyalangan faoliyat turlaridan pul mablag‘lariningbir yerga jamlanishi ro’y beradi.
Eng samarali loyihalarga yo‘naltiriladigan pul mablag‘lari va diversifikatsiyalangan aktivlarni boshqarish bo‘yicha umumiy markaz tashkil etiladi.
Bu vaziyatda, xo‘jalik amaliyoti tajribasining ko'rsatishicha, mu- vofiqlashtiruvchi markaz konglomerat a’zolariga doim ham zaruriy ta’sir ko‘rsata olmaydi.
Ko‘proq tarkibiy bofiinmalarning o‘zida foydani qayta investi- tsiyalash jarayoni boradi, ya’ni yetakchi bo‘g‘inning alohida struk- turalarga ta’sir darajasi o‘z chegaralariga ega hisoblanadi. Konglomerat tashkiliy strukturasi doim ham resurslarni oqilona taqsimlashga imkon beravermaydi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin