Korporativ boshqaruv



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə38/74
tarix16.01.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#79334
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74
2-Korporativ-boshqaruv-Oquv-qollanma-B-Yu-Xodiyev-va-bosh-T2011

t = KD/Oni (13)
bunda K~ kredit qoldig'i hajmi,
On ~ qaytarish bo'yicha kredit aylanmasi, Z> — davr mobaynida kalendar kunlari soni. Kreditning aylanmalar soni
n = On/K. (14)
Shunga o'xshash ko'rsatkichlami kreditlar berish bo'yicha ham chiqarish mumkin. Bu holatda kredit berish bo'yicha aylanuvchanlik tavsifxni olamiz. Ko'rinib turibdiki, qarz kapitalini aniqlashning ikkita o'xshash tizimlari o'zaro birmuncha farq qiladi.
To'lash muddati turli xil bo'lgan barcha kredit zaxiralari tahlilini o'tkazish uchun mavjud vositalar aylanmalari va tarkibining o'zgarishini tavsiflaydigan indekslar tizimini kiritish mumkin. Moliya resurslarining har bir tarkibiy qismi har xil narxga ega bo'ladi va demak, xarajatlar ham turlicha bo'ladi. Har bir turdagi kredit amal qilishining o'rtacha muddati, uning narxi, qarz mablag'lari umumiy hajmidagi ulushi aniqlanadi. Agar biron-bir vaqt ko'rsatkichini bazaviy deb oladigan bo'lsak, har bir turdagi kreditdan foydalanish o'rtacha muddatining o'sishi kabi ko'rsatkichni ham hisoblab chiqish mumkin.


  1. KapitaHaming optimal tarkibini
    shakllantirish

Moliyaviy menejmentning tarkibiy elementi sifatida kapitallami optimallashtirish bo'yicha qaror qabul qilish uchun unga xos sifat ко‘rsatkicManning qandaydir maksimal yoki minimal miqdorlarini aniqlash talab etiladi. Bu o‘z navbatida har bir aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy xizmat tizimining bosh maqsadi va vazifalari bilan uyg‘unlashuvini ta’minlashga va pirovard natijada aksiyadorlik ja­miyatlari istiqboldagi taraqqiyotining moliyaviy omiliga aylanishi darkor.
Aksiyadorlik jamiyatlarida kapitallami optimal tarkibini shakllan- tirishda biznes narxi shunday hisoblanadiki, har qanday korxona va uning hamkorlari, kreditorlari, shuningdek, potensial va real investorlar korxonaning bozor qiymatini imkon qadar maksimallashuvidan manfaatdor bo‘ladi. Tom ma’noda aksiyalarning real kursini ortishi aksiyadorlik jamiyatlari bozor qiymatini ortishini anglatadi. Bunday holat o‘z navbatida moliyalashtirishni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan qarz mablag‘lari olishdan tashqari aksiyadorlik jamiyati investitsion jozibadorligini ortishi hisobiga qimmatli qog‘ozlari yangi emissiyasi prospektini amalga oshirishlari va ulami muvaffaqiyat bilan joylashtirish imkonini beradi.
Aksiyadorlik jamiyatlari kapitallari optimal tarkibiga xos sifat ko‘rsatkichlarming qandaydir maksimal yoki minimal miqdorlarini aniqlash jarayonini amalga oshirishni boshlashdan oldin unga xos mezonning ifodalangan tavsifini shakllantirish zarur. Buning uchun aksiyadorlik jamiyatining iqtisodiy rentabelligi orqali ifodalanadigan o‘z faoliyati natijalari bo‘yicha daromad olish jarayonini ko‘rib chiqish taqozo etiladi. Lekin, shuni ta’kidlash joizki, aksariyat holatlarda moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining samaradorligini iqtisodiy rentabellik ko'rsatkichi bilan emas balki xususiy kapital rentabelligi orqali baholash zarurligi e’tirof etiladi. Bu o‘z navbatida aksiyadorlik jamiyatlari mu- vaffaqiyatining garovi yuqori daromadli investitsiyalargagina bog‘liq emas balki, ushbu investitsiyalar bo‘yicha shakllantirilgan kapitallar tarkibi va ular bo*yicha xarajatlami oqilona boshqarish tizimiga ham bog‘liqdir — degan xulosa chiqarishga asos bo‘ladi.
Faraz qilaylik, korxona o‘z mahsulotlarini sotish hisobiga ma’lum miqdorda yalpi daromad olgan. Bundan mahsulot ishiab chiqarish bilan bog‘Uq xarajatlami qoplash uchun ma’lum miqdomi chiqarib tashlaymiz, so‘ngra toManishi lozim bofigan soliqlami ayiramiz. Shunda




korxona va uning aksiyadorlari manfaatlar! uchun foydalanish mumkin bo'lgan sof foyda qoladi. Sof foyda aksiyadorlar, kreditorlar va fondlar o'rtasida taqsimlanadigan kapital uchun to'lovni ifodalaydi,
Shu bilan birga sof foyda har qanday korxona moliyaviy-xo‘- jalik faoliyatining haqiqiy samaradorligini ko'rsatuvchi natija hisob­lanadi.
Bundan tashqari, sof foydaning bir qismi ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo'naltiriladt Kapitalning barcha tarkibiy qismlari to'la- nishi yaqqol ko'zga tashlanadi. Demak, sof foyda daromadning mutlaq qiymatdagi foizlar hajmiga mos keladigan qismini ifodalaydi. Shunda biznes narxi (C) quyidagi formula bo'yicha aniqlanishi mumkin:

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin