Korporativ boshqaruv


Daromad bilan bir qatorda banklarning yetarli xarajatlari mavjud



Yüklə 61,59 Kb.
səhifə4/7
tarix28.10.2022
ölçüsü61,59 Kb.
#66635
1   2   3   4   5   6   7
Aholining bo`sh turgan mablag`larini

Daromad bilan bir qatorda banklarning yetarli xarajatlari mavjud:


  • foizlar bo‘yicha xarajatlar: talab qilib olingungacha bo‘lgan depozitlar hisobvaraqlari, muddatli omonatlar, Markaziy bank va boshqa tijorat banklariga to‘lovlar, to‘lanadigan kreditlar bo‘yicha;

  • foizsiz xarajatlar: komission xarajatlar va xizmatlar uchun xarajatlar (masalan, bank reklamasi yoki tadbirlarni o‘tkazish), xorijiy valyuta kursining salbiy o‘zgarishlaridan yo‘qotishlar, investitsiyalar va boshqalar;

  • operatsion xarajatlar: ish haqi xarajatlari, bank binolarini ijarasi va boshqa xarajatlari, xizmat safarlari, amortizatsiya, sug‘urta, soliqlar va boshqalar;

  • birlashmalarga a'zolik badallari uchun to‘lovlar va fuqarolar omonatini kafolatlash fondiga mablag‘lar to‘lovlari.

Tijorat banklarini tashkil etish va tugatishning huquqiy asoslari "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi qonunda ifodalangan:
1.Banklar respublika hududida o‘z faoliyatlarini Markaziy bank tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradilar. Banklarga litsenziya berish O‘zbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida", "O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki to‘g‘risida", "Aksionerlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunlar va boshqa qonunlari, hamda bankka me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi. Tijorat banklarini tashkil qilish 630 - sonli Nizom asosida olib boriladi.
2. Ushbu nizomda O‘zbekiston Respublikasi hududida banklarni ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi hamda shartlari belgilab qo‘yilgan bo‘lib, tijorat banklari ochiq yoki yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlari shaklida tashkil etilishi mumkin.
Bank tashkil etish jarayoni bir necha bosqichlarga bo‘linishi mumkin:
1. Tayyorgarlik bosqichi.
2. Bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bosqichi. Bank ochish haqidagi ariza bilan o‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojat qilish. Bunda arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinmog‘i kerak:
 yangi tashkil etilayotgan bankni ta’sis etish bo‘yicha hujjat.
 muassislar tomonidan imzolangan va ularning muhrlari bilan hamda notarial tartibda tasdiqlangan ta’sis shartnomasi. Ta’sis etuvchilar jismoniy shaxs bo‘lganlarida ularning imzolari notarial tasdiqlanadi.
 muassis aksiyadorlar yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan va muassislar tomonidan uch nusxada imzolangan bank ustavi.
 bank tashkil etish haqidagi qaror, ustav kapitalining miqdori va ustavni tasdiqlash, bank kengashi, taftish komissiyasi va boshqaruvini saylash haqidagi qarorlarni o‘z ichiga olgan bank kengashi raisi tomonidan tadiqlangan ta’sis yig‘ilishining bayonnomasi.
Qayd etib o‘tilgan hujjatlarning loyihalari Markaziy bankning banklarni litsenziyalash departamenti ma’qullaganidan keyingina imzolanadi va tasdiqlanadi. Tijorat banki filialini tashkil etish paytida ham ushbu hujjatlar (ta’sis hujjatlaridan tashqari) taqdim etilishi kerak bo‘ladi. Markaziy bank bank faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun dastlabki ruxsatnoma berish masalasini hal etish jarayonida tashkil etilayotgan bank muassislarining moliyaviy imkoniyatlari va nufuziga, bank rahbarligiga taklif etilayotgan shaxslarning kasbiy mahoratiga, biznes va moliyaviy reja ko‘rsatkichlariga, tashkil etilayotgan bankning binolar va uskunalar bilan ta’minlanlangik darajasiga ham e’tibor qaratadi. Muassislar bank tashkil etish uchun dastlabki ruxsatnomani olganlaridan keyin litsenziya olish hamda bankni davlat ruyxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy - texnikaviy talablarni bajaradilar. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan dastlabki ruxsatnoma bir yil davomida yuridik kuchga ega bo‘lib, muassislar ushbu vaqt ichida barcha tashkiliy tayyorgarlik ishlarini amalga oshirishlari va bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni yakunlashlari lozim bo‘ladi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda bank operatsiyalarini amalga oshirishga litsenziya olish uchun muassislar oldiga quyidagi talablar qo‘yiladi:
 litsenziya berish va bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida vakolatlari muassislar tomonidan yozma ravishda tasdiqlangan vakil shaxs tomonidan imzolangan arizani taqdim etilishi;
 davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya olish uchun berilgan barcha talablarni bajarish;
 barcha tashkiliy - texnikaviy tadbirlarni amalga oshirishlari, binolar va uskunalarni tayyorlashlari, bank operatsiyalarini avtomatik amalga oshirish maqsadida dasturiy - texnikaviy vositalarni tayyorlashlari, kassa uzelini Markaziy bank talablariga muvofiq tayyor holda keltirishlari;
 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan eng kam miqdordan kam bo‘lmagan miqdorda ustav kapitalini to‘lashlari va ustav kapitali to‘lanlanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishlari; Bankni ro‘yxatdan o‘tkazish va bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya berish masalasi Markaziy bank talab qilgan barcha hujjatlar to‘liq taqdim etilgan kundan boshlab bir oy ichida hal etilishi kerak.
Bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilishda quyidagi asosiy omillarga e’tibor beriladi:
 bank biznes rejasining maqbulligi;
 bank kapitalining adekvatligi;
 daromadlikning kelgusidagi istiqbollari;
 ko‘zda tutilayotgan rahbarning malakasi va obro‘ e’tibori;
 bankni ochish uchun taqdim etilgan hujjatlarning amaldagi qonunchilikka muvofiqligi;
 monopoliyaga qarshi choralar. Bank operatsiyalarini litsenziyalashga bo‘lgan zarurat bankni mamlakat iqtisodiy to‘lov qobiliyatiga ta’sir etishi bilan bog‘liq.
Bank operatsiyalarini o‘tkazuvchi amalga oshirishi va ro‘yxatga olinishi lozim. Tijorat bankni tashkil etilishida unga litsenziya berilgandan keyin u litsenziya asosida bank operatsiyalarini o‘tkazish xuquqiga ega bo‘ladi. Agar, bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank tomonidan belgilangan bank operatsiyalarini litsenziya olish uchun ro‘yxatdan o‘tmay faoliyat ko‘rsatsa bu operatsiyalar qonunga xilof deb topiladi va javobgarlikka tortiladi. Tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankida davlat ro‘yxatidan o‘tgandagina tashkil etilgan deb hisoblanadi va yuridik shaxs statusini oladi. Yuridik va jismoniy shaxslar tijorat bankni ta’sis etuvchilari hisoblanadi va ular bank va uning ustav kapitalini shakllantirishda ishtirok etadilar. O‘zbekiston Respublikasi "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi" qonunga asosan bank ustav kapitalini shakllantirishga davlat xokimiyat organlari, jamoa birlashmalari, jamoa fondlar mablag‘lari, shuningdek kreditga olingan mablag‘lar va garovga olingan mablag‘lar foydalanish man etiladi. Har qanday yuridik shaxs singari banklar ustaviga ega bo‘lishlari va o‘z ustavlari asosida faoliyat ko‘rsatishlari kerak.
Bank ustavida quyidagi moddalar o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak:
 bankning (to‘la va qisqartirilgan) nomi va joylashgan (pochta) manzili;
 bank ko‘rsatadigan operatsiyalari ro‘yxati;
 ustav kapitalining miqdori, muassislar ro‘yxati va ularning ustav kapitalidagi ulushlarning taqsimlanishi;
 bankning boshqaruv organlari, ularni tashkil etish tartibi, ularning vakolatlari hamda vazifalari haqidagi ma’lumotlar;
bank auditi tartibi, shuningdek, buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq belgilangan hisobotlar va auditorlik dasturlarining maqsadlari ko‘rsatmalari.
Bank tashkil etilguncha, ya’ni u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgunicha qadar uning nomidan amalga oshirilgan bank operatsiyalari haqiqiy hisoblanmaydi. Bank faoliyatini to‘xtatish va banklarni tugatish "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi qonunda hamda Markaziy bankning 240 - sonli "Banklarni tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizom"da ko‘satib o‘tilgan. Jumladan bank quyidagi xollarda o‘z faoliyatini to‘xtatadi: aksiyadorlar yig‘ilishining qaroriga ko‘ra, Markaziy bank litsenziyani qaytarib olganda, bankrot deb e’lon qilinganda. O‘z faoliyatini to‘xtatgan bank Markaziy bank tomonidan banklarni Davlat ro‘yxatiga olish daftaridan chiqariladi. Uni faoliyati to‘xtatilganligi matbuotda e’lon qilinadi.
Tijorat banklarining mohiyati va ularning faoliyat ko‘rsatish asoslari ular faoliyatini tashkil qilishning asosiy tamoyillarida o‘z ifodasini topadi:
1. Tijorat banklarinig kredit resurslarini yaratishda chetdan jalb qilingan resurslarga tayanib ishlash tamoyili;
2. Tijorat banklarining haqiqatda mavjud mablag‘lar chegarasida xizmat ko‘rsatish tamoyili;
3. Bank faoliyatining to‘la iqtisodiy mustaqilligi tamoyili;
4. Banklar faoliyatining tijorat tavsifi tamoyili;
5. Mijozlar manfaatini himoya qilish tamoyili;
6. Banklarning daromadligi va ular faoliyatining universallashuvi tamoyili; Tijorat banklarining jalb qilingan mablag‘lar doirasida kredit resurslarni tashkil qilish va ishlash tamoyili bank faoliyatining poydevori hisoblanib, uning depozit va omonatlar jalb qilishga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi, passivlarni jalb qilish bo‘yicha raqobat muhitining yuzaga kelishiga asos bo‘ladi. Undan tashqari chetdan jalb qilingan va qo‘yilgan mablag‘lar mutanosibligi banklarda depozitlarni jalb etishga qiziqishni kuchaytiradi va bu mablag‘lardan unumli foydalanishga asos yaratadi.
Tijorat bankning ikkinchi va asosiy tamoyillaridan biri bu haqiqatda mavjud bo‘lgan mablag‘lar chegarasida xizmat ko‘rsatishdir. Tijorat banki boshqa bank vakillik hisob raqamiga naqd pulsiz to‘lovni amalga oshirish, boshqalarga kredit xizmatini ko‘rsatish va vakillik hisob varag‘ida qolgan qoldiq chegarasida naqd pullik operatsiyalarni bajarishi mumkin. Tijorat banklarining haqiqatda mavjud mablag‘lar chegarasida faoliyat ko‘rsatishi deganda, bankning nafaqat o‘z resurs va kredit qo‘yilmalarining mutanosibligi, balki bankning aktivlari bilan uning jalb qilingan mablag‘lari o‘rtasidagi mutanosibligini ta’minlashi tushuniladi. Bunda avvalambor, passivlar va aktivlar muddatlarining bir xilligi inobatga olinishi lozim. Binobarin, agar bank mablag‘larni qisqa muddatga jalb etgan bo‘lsa va bu mablag‘larni uzoq muddatli ssudalarga joylashtirsa, bankning majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtda amalga oshira olishi bir muncha muammolar bilan bog‘liq bo‘lishi, bu esa o‘z navbatida bankning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Undan tashqari jalb etilgan va qo‘yilgan mablag‘larning mutanosibligi tamoyili banklarda depozitlarni jalb etishga qiziqishini kuchaytirish va bu mablag‘lardan unumliroq foydalanishga qaratilgan. Bu tamoyil asosida ishlash tijorat banklarni likvidligini oshirishga yordam beradi. Uchinchi tamoyil bu bankning to‘la iqtisodiy mustaqilligidir. Bu tamoyilga asosan bank o‘z va jalb etilgan mablag‘lardan mustaqil foydalanishi, mijozlar va omonatchilarni o‘zi mustaqil ravishda tanlashi, kredit siyosatini mustaqil tuzishi va amalga oshirishi, foiz stavkalarini mustaqil o‘rnatishi va o‘zgartirishi,daromadlarni mustaqil ravishda taqsimlashi va boshqa faoliyat turlarini mustaqil bajarishi mumkinligi ko‘zda tutiladi. Banklar faoliyati to‘g‘risidagi amaldagi huquqiy - 1 SH.Abdullayeva. Bank ishi. Toshkent “IQTISOD MOLIYA”32- bet 2010-yil 12 me’yorlarga asosan barcha tijorat banklari o‘z fond va daromadlaridan iqtisodiy jihatdan mustaqil foydalanishlari mumkin. Tijorat bank faoliyatini olib borishning to‘rtinchi tamoyili bank faoliyatining tijoratlashuvi bo‘lib, bunda banklarning tijorat ob’ekti vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘lari hisoblanadi. Bu pul mablag‘lari bankka tegishli bo‘lmagan bo‘lsada, faoliyati davomida bank ularni o‘z nomidan joylashtiradi. Bank tijorati kam investitsiya qilib ko‘proq daromad olish tamoyiliga asoslangani uchun, uning majburiyatlarining passivlaridagi ulushi kam bo‘lishi kerak. Tijorat banki kredit berish va investitsiyalarni moliyalashtirish jarayonida iloji boricha ko‘p daromad olishni mo‘ljallaydi. Undan tashqari bank faoliyatining xavfsizligi ham bank tijoratining asosidan biri hisoblanadi. Bank har doim risk bilan bog‘liq faoliyat ko‘rsatadi. Bank faoliyatida risk darajasi qancha kam bo‘lsa va xavfsizligi yuqori bo‘lsa, bankning daromadi ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar faoliyatining yana bir muhim tamoyili shundaki, bank iqtisodiy tashkilot sifatida o‘zining kapitali, daromadi bilan risk qilishi mumkin, lekin u mijozning daromadi yoki kapitali bilan risk qilishi mumkin emas. O‘isqacha qilib aytganda, bank faoliyati "hamma narsa mijoz uchun" degan tamoyilga asoslangan bo‘lishi kerak. Bu tamoyil bank mijoz uchun to‘laligicha javob berish zarurligini bildiradi, uning daromadini ta’minlaydi. Mijozlar tomonidan qaraganda bank har doim sherik tashkilot hisoblanadi. Sheriklik munosabatlari ikki tomonning o‘zaro qiziqishlariga va roziliklariga asoslangan holda amalga oshirilishi lozimligi tufayli bank mijozlar manfaatini ta’minlashni birinchi o‘ringa qo‘yishi lozim. Tijorat banklari faoliyatining keyingi tamoyili bu banklar ko‘rsatadigan xizmatlar va operatsiyalarning universallashuvi va diversifikatsiyasi bo‘lib, banklar foliyatining turli tarmoq va sohalarni qamrab olishini kam risklilik asosida yuqori daromad olishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
Banklar qaysi mulk shakliga asoslanganligidan qat’iy nazar ularning faoliyati yuqoridagi tamoyillarga asoslanadi. Tijorat banklarining iqtisodiy roli uning faoliyat doirasining keng bo‘lishiga olib keladi. Bu sababli tijorat banklari quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish;

  • korxona, tashkilotlar va aholini kreditlash;

  • iqtisodiyotda hisob - kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish;

  • moliya - valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish;

  • iqtisodiy - moliyaviy axborotlar berish va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish va boshqalar.

Banklar bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish funksiyasini bajara turib mavjud bo‘sh pul daromadlari va jamg‘armalarini yig‘adi. Jamg‘aruvchi (bo‘sh pul mablag‘ egasi) o‘z mablag‘larini bankka ishonib topshirgani uchun va bank bu mablag‘lardan foydalangani uchun ma’lum foiz hisobida daromad oladilar. Bo‘sh pul mablag‘lari hisobidan ssuda kapitali fondi vujudga keladi va bu fond io‘tisodiyot tarmoqlarni kreditlash uchun ishlatiladi. 13 Tijorat bankining bo‘sh turgan mablag‘larni jalb etish ularni kapitalga aylantirish funksiyasi asosiy funksiyalardan hisoblanib, jalb etilgan mablag‘lardan daromad qarz mablag‘lariga bo‘lgan talab va taklif asosida shakllanadi. Bankning vositachilik operatsiyalari bozor iqtisodiyoti tizimini rivojlantirish borasida bank o‘z faoliyatida risk va noaniqlikning oldini olishga sharoit yaratadi. Pul mablag‘lari bank vositachiligisiz ham kreditor va qarz oluvchi orasida muomalada bo‘lishi mumkin, ammo bu bilan mablag‘larni yo‘qotish bilan bog‘liq risk darajasi oshadi va mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarib berish muammolari yuzaga keladi. Bu muammolarning yuzaga kelishi shundan iboratki, kreditor va qarz oluvchi bir - birovi haqida yetarli darajada ma’lumotga ega emasligi, mablag‘larga bo‘lgan talabning taklif bilan doimo miqdoran va bir vaqtda teng emasligidadir.
Tijorat banklari mablag‘larni depozitga jalb etishi, ssuda berishi mumkin. Bank o‘z aktivlari bo‘yicha keng diversifikatsiya usulini qo‘llab omonatlarni qaytara olmaslik riski darajasini kamaytirishi mumkin. Iqtisodiy tizimni qayta qurish uchun asosan va birinchi galda ichki xo‘jalik jamg‘armalariga tayanish lozim. Tijorat bank moliya bozoriga kredit resurslariga talab bilan kirar ekan, nafaqat iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan barcha jamg‘armalarni maksimal darajada yig‘ishga, balki joriy iste’molni chegaralash bilan jamg‘armani shakllantirishga samarali ta’sir ko‘rsatmog‘i lozim. Jamg‘arma mablag‘larni shakllantirishda tijorat banklarni depozit siyosatining ta’siri katta. Omonatchilarga yuqori foizlardan tashqari, bank kreditlariga yuqori kafolat va ishonchlilik kerak. Omonatlarni qo‘yishda xavfsizlik bilan bir qatorda mijoz tijorat bank faoliyati yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lishi va bu bilan u bankni moliyaviy ahvoliga baho bera olishi mumkin. Tijorat banklar faoliyatida asosiy o‘rinni korxona, tashkilotlarni, aholini va turli sub’ektlarni kredilash egallaydi.
Kreditlash jarayonini tashkil qilishda bank moliyaviy vositachi rolini o‘ynaydi. U bo‘sh turgan mablag‘larni jalb qiladi va o‘z nomidan mijozlarga vaqtincha foylanishiga beradi. Bank krediti hisobidan io‘tisodiyotning muhim tarmoqlari - sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va boshqalar moliyalashtiriladi va ishlab chiqarishni kengaytirishga asos bo‘ladi. Tijorat banklari shartnoma asosida bir - birlarining mablag‘larini depozit, kredit shaklida jalb etishlari, joylashtirishlari, o‘z ustavlarida ko‘rsatilgan boshqa o‘zaro operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin. Mijozlarga kredit berish va o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish uchun mablag‘ yetishmay qolgan taqdirda tijorat banklari kredit resurslari olish uchun Markaziy bankka murojat qilishlari mumkin.
Tijorat banklari operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari ularning o‘zlari tomonidan mustaqil belgilanadi. Ammo bu stavkalar davlat pul - kredit siyosatining bosh yo‘nalishlarida belgilab beriladigan foiz stavkalari siyosatiga asoslangan bo‘lishi lozim. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida qimmatli qog‘ozlar bozorining yaxshi taraqqiy etmagan boso‘ichlarida io‘tisodiyotda mavjud bo‘lgan asosiy moliyaviy resurslar banklarga omonatlarni jalb qilish orqali amalga oshiriladi. Banklarning keyingi funksiyasi bu mustaqil sub’ektlararo to‘lov operatsiyalarini amalga oshirish funksiyasidir. Rejali iqtisodiyot davrida barcha to‘lovlar bir davlat 14 banki orqali amalga oshirilgan, hisob - kitoblarni bunday tizimida to‘lovlarni amalga oshirishda davlat o‘zi kafil bo‘lardi. Mustaqil tijorat bank tizimini shakllantirish hisob - kitob tizimini ajralishiga olib keladi va banklar o‘z zimmalariga oladigan risk darajasini ko‘paytirdi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan barcha mamlakatlarda tijorat banklar iqtisodiyotining to‘lov mexanizmida yetakchi o‘rin tutadi. Mamlakatimiz iqtisodiyot to‘lovlarni amalga oshirishni isloh qilish va rivojlantirish orqali mamlakatimiz to‘lov tizimida tijorat banklarning o‘rni kengaymoqda. Undan tashqari tijorat banklar moliya - valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish, ya’ni qimmatli qog‘ozlar chiqarish va ularni joylashtirish, sotib olish bilan shug‘ullanishi, mijozlarga har xil axborotlar, maslahatlar berish bilan shug‘ullanishi mumkin.
Tijorat banklari yuqorida kelitirilgan funksiyalari asosida quyidagi operatsiyalarni bajaradi:

  • passiv operatsiyalar;

  • aktiv operatsiyalar;

  • bank xizmatlari va vositachilik operatsiyalari;

  • bankning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradigan operatsiyalari va boshqa turdagi operatsiyalarni bajaradilar.



3Tijorat banklarining kredit va depozitlari to’g’risidagi 2021-yil 1-noyabr holatidagi ma’lumot























Yüklə 61,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin