Korporativ boshqaruv


II-bob. Aholining bo`sh turgan mablag`larini tijorat banklariga jalb etish masalalari



Yüklə 61,59 Kb.
səhifə6/7
tarix28.10.2022
ölçüsü61,59 Kb.
#66635
1   2   3   4   5   6   7
Aholining bo`sh turgan mablag`larini

II-bob. Aholining bo`sh turgan mablag`larini tijorat banklariga jalb etish masalalari

2.1. Banklarda omonat operatsiyalarini rasmiylashtirish jarayonlari takomillashtirildi.


O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015 yil 22 iyuldagi 19/11-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O'zbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to'g'risida”gi Yo'riqnoma 2015 yil 26 avgustda 2711-son bilan Adliya vazirligidan ro'yxatdan o'tdi.
Mazkur Yo'riqnoma “O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi qonunlar va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2015 yil 6 maydagi PQ-2344-sonli qaroriga muvofiq banklar tomonidan milliy va chet el valyutasida depozitlarni jalb qilish, qaytarish, foizlar hisoblash va to'lash bilan bog'liq operatsiyalarni bajarish va nazorat qilishni takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Yo'riqnomada tijorat banklar uchun omonatni qabul qilish jumladan, talab qilib olinguncha saqlanadigan hamda muddatli omonat turlariga kengroq sharh berilgan, omonatni qabul qilishdagi bir qator hujjatlashtirish ishlari takomillashtirilgan.
Ushbu Yo'riqnomaning yangi tahriri quyidagi asosiy va muhim o'zgartirishlarni o'z ichiga oladi:
- Omonat bo'linmasi va omonat kassalari kunlik hujjatlarining to'g'ri rasmiylashtirilishini qo'shimcha ravishda tekshiruvdan o'tkazish maqsadida Yakuniy nazorat xizmatini joriy etish;
- Uzoq vaqt mobaynida talab qilinmayotgan omonatlar bo'yicha nazoratni kuchaytirish va ular bilan ishlashni soddalashtirish maqsadida omonatlarga “harakatsiz omonatlar” maqomini berish muddatini 3 yildan 1 yilgacha tushirish;
- Xavfsizlik va qulaylik nuqtai nazaridan “xarakatsiz omonatlar” hisobvaraqlari bo'yicha operatsiyalar bajarilmasligi uchun omonatchi kelgunga qadar dasturda omonat bo'linmasi tomonidan ularga ta'qiq qo'yish;
- Banklardagi mavjud noaniqliklarni kamaytirish, shu jumladan buxgalteriya hisobvaraqlari rejasiga amal qilinishini ta'minlash maqsadida omonat mablag'larini bank balansiga kirim qilishda 29801-“Mijozlar bilan hisob-kitoblar” va 29896-“Boshqa majburiyatlar” hisobraqamlaridan tranzit sifatida foydalanishni qat'iyan ta'qiqlash;
- Omonatchilarning banklarga bo'lgan ishonchini yanada oshirish, muddatli va jamg'arma omonat hisobvaraqlarida omonat mablag'larining but saqlanishini ta'minlash maqsadida har bir tijorat banki veb-saytida “Shaxsiy kabinet” xizmatini tashkil etish. Agar tashkil etilgan bo'lsa, uning ishlashini talab darajasiga etkazish;
- Omonat operatsiyalarini takomillashtirish va omonatchilarga qulaylik yaratish maqsadida banklar tomonidan elektron omonat plastik kartalarini joriy etilishiga ruxsat berish;
- “Bank siri to'g'risida”gi Qonun talablariga rioya etgan holda bankdagi aholi omonatlari qoldiqlari inventarizatsiyasini “SMS-banking” dasturidan foydalanib o'tkazishga ruxsat berish;
Bunda banklar Markaziy bankka tekshiruv o'tkazilganligini lozim darajada tasdiqlovchi ma'lumotlarni taqdim etishlari shart bo'ladi.
- “O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risida”gi Nizomning (ro'yxat raqami 2465, 03.06.2013y.) 25-bandida banklar tomonidan jismoniy shaxslarning mablag'larini naqd pulsiz shaklda o'tkazishda memorial orderlardan foydalanilishi belgilangan.
Shu boisdan, ish jarayonida rasmiylashtiriladigan hujjatlarni kamaytirish maqsadida Naqd pulsiz kirim orderini (Yo'riqnomaning 8-ilovasi) va Naqd pulsiz chiqim orderini (Yo'riqnomaning 9-ilovasi) amaliyotdan chiqarish;
- Kun davomida ishlatilgan qat'iy hisobda turuvchi blankalar ishlatilishini nazoratga olish maqsadida “Kun davomida ishlatilgan qat'iy hisobda turuvchi blankalarning ishlatilishini nazoratga olish daftari”ni joriy qilish.
-. Omonat amaliyotlarini takomillashtirish maqsadida Omonat daftarchalarini ham unda ko'rsatilgan shaxslar shaxsan imzo qo'yishi sharti bilan kompьyuterning tegishli dasturi orqali to'ldirilishiga ruxsat berish. Ilgari omonat daftarchasi bundan mustasno edi;
- Omonat amaliyotlarini takomillashtirish maqsadida muddatli va jamg'arma omonatlar muddati tugaganidan so'ng, ularning muddati uzaytirilgan hollarda, mazkur omonatlar uchun yangi hisobvaraqlar ochmasdan omonat hisobini avval ochilgan hisobvaraqda davom ettirilishiga ruxsat berish;
- Omonat amaliyotlarini takomillashtirish maqsadida shartnomada ko'rsatilgan muddat tugaganidan keyin yoki shartnoma shartlarida boshqa shartlar ko'zda tutilmagan bo'lsa, muddatli va jamg'arma omonat mablag'larini boshqa omonat hisobvaralariga omonatchi yoki uning ishonchli vakilining ishtirokisiz o'tkazishni ta'qiqlash;
- Omonat amaliyotlarini takomillashtirish va xavfsizlik nuqtai nazaridan shaxsiy hisobvaraq varaqchasida omonat va foizlarning harakati bo'yicha barcha yozuvlarni nazoratchi va omonatchi imzosi bilan tasdiqlash shartini joriy qilish;
- Omonat amaliyotlarini takomillashtirish maqsadida omonatchi muddati tugagan, muddatli omonatini aynan shu omonatga qaytadan qo'yish (muddatini uzaytirish) istagini bildirsa, bank kassasida chiqim va qayta kirim amallari bajarilmasdan, omonat summasi va unga hisoblangan foizlari (omonatchi foizlarni ham omonat summasiga qo'shmoqchi bo'lsa) bilan birga aynan shu yoki boshqa turdagi omonatga yangi omonat daftarchasi rasmiylashtirilmasdan va yangi hisobvaraq ochilmasdan rasmiylashtirilishiga ruxsat berish;
- Omonatchilarga qulaylik yaratish maqsadida yangi omonat daftarchasi “omonat daftarchasi yo'qolganligi haqida” ariza taqdim etilgandan so'ng, besh ish kuni o'rniga uch bank ish kuni mobaynida berilishini kiritish;
Shu bilan birga, yuridik shaxslar bank bilan tuzilgan umumiy shartnomalar asosida bir yoki bir nechta jismoniy shaxslarning shaxsiy hisobvaraqlariga qonunda belgilangan to'lovlarni (ish haqi, unga tenglashtirilgan to'lovlar va boshqalar) o'tkazishi mumkinligi belgilangan.
Xulosa
Mamlakatimiz bank tizimi o‘ziga xos tarzda isloh qilinib,banklar uchun barcha zarur shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgan.Shu sababli ular respublikamizning barcha mintaqalarida, qishloq joylarda hatto chekka-chekka joylarda ham faoliyat yuritmoqda. Banklar mijozlarinig moliyaviy ahvoli ham yildan-yilga yuksalib bormoqda.
Bunga esa hukumatimiz tomonidan bank tizimi rivojlanishi uchun barcha,huquqiy asoslar yaratilayotganligi sabab bo’lmoqda. Deyarli har yili ushbu sohani rivojlantirish, aholini banklarga bo‘lgan ishonchini yanda rivojlantirish, maqsadida bir qator qonun, farmon va qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosi mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan banklar tomonidan izchil ta’minlanib kelmoqda.
Odamlarning ishonchi ularni bank tizimidagi ishtirokida ko‘rinadi. Bunda mijozlarning mablag‘lari banklar uchun asosiy moliyaviyy manbalardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Hozirgi kunda muddatli omonatlarining bank uchun resurs sifatida afzalliklari quyidagilardan iborat: .
Muddatli omonatlarga foiz to‘lash bilan bog‘lik harajatlar banklararo kreditlar, bank veksellari va boshqa moliyaviy instrumentlar bo‘yicha xarajatlardansezilarli darajada kamdir. Bu jamg‘armaning bosh maqsadi omonatlarga pul qo‘yayotgan aholining to‘la ishonchini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish, bank omonatchilarini himoya qilish, bank tizimiga bo‘lgan ishonchini oshirish va respublika bank tizimiga aholii omonatlarini jalb qilishni rag‘batlantirishdan iborat.
Ushbu jamg‘armaga mamlatimizda faoliyat yuritayotgan barcha tijorat banklari a’zo bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasida depozitlarni jahonda yuz berayotgan moliyaviy inqirozning salbiy oqibatlaridan himoyalashning ishonchli kafolatlarini ta’minlash, mamlakat bank tizimiga aholining ishonchini tobora mustaxkamlash, aholi tijorat banklariga jalb qilish uchun ko‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida juda ko’plab chora tadbirlar ko’rilmoqda.
Depozitlarni banklarga keng ko‘lamda jalb qilishni ta’minlash maqsadida banklarning joriy likvidligining barqaror darajasini ta’minlash lozim. Bunda muddati kelgan omonatlarining va ularga hisoblangan foizlarning naqd pulda o‘z vaqtida va to’liq berilishini ta’minlashga e’tibor qaratish lozim.
Depozitlarning o‘z vaqtida mijozlarga qaytarilishini ta’minlash maqsadida tijorat banklarining likvidliligi va to‘lovga qobilligi ustidan amalga oshiriladigan nazorat va taxlilni kuchaytirish lozim.
Biz bitiruv malakaviy ishimizni bajarish jarayonida quyidagi xulosa va takliflarni shakllantirdik:
• Banklar tomonidan omonatlar bo‘yicha beriladigan reklamalar uchun imtiyozlar berish yoki bunday reklamalari tekin qilish,shuningdek ommaviy axborot vositalari orqali aholining bo‘sh pul mablag‘larini banklarda saqlashning afzalliklari tug‘risida keng ko‘lamda tashviqot ishlarini olib borish;
• O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha banklarning depozit va ularning shartlari bo‘yicha ma’lumot beradigan markazlarini joriy qilish;
• Banklar o‘rtasida depozitlarni jalb qilish bo‘yicha raqobatni kuchaytirish
• Depozit ishlari bo‘yicha tushuntiruv ishlarini olib boruvchi maxsus maslahatchi menejerlar lavozimini joriy qilish
• Tijorat banklari o‘z resurs bazasini oshirish uchun mijozlar bilan munosabatlarini takomillashtirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish va ularning talablarini qondirish bilan bog‘lik bo‘lgan operatsiyalarni erkinlashtirishlari asosida aholi ishonchini qozonishi, ularning bo‘sh pul mablag‘lari va jamg‘armalarini bankka jalb qilish bo‘yicha yangi xizmatlar qo‘llashni ishlab chiqishlari lozim;
• Depozitlarni jalb qilish bo‘yicha chet el tajribasidan foydalanish, ya’ni rag‘batlantiruvchi foiz stavkalarini taklif qilish kerak
• Internet, uyali aloqa vositalari yordamida depozit turlari foizlari va boshqa ma’lumotlar yetkazib turilishini hamma banklarda joriy qilish;
Agar har bir shaxs bankka qo’ygan mablag‘larini but saqlanishiga, o‘z vaqtida qaytarilishiga va ularga to‘lanadigan foizlaring barqaror bo‘lishiga, bankdagi pul mablag‘lari bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ma’lumotlar sir saqlanishiga qanchalik ko‘p ishonch xosil qilsa o‘zining vaqtinchalik bo‘sh turgan mablag‘larini bankka saqlashga va shuning evaziga qo‘shimcha daromad olishga moyilligi shuncha darajada ko‘payishiga olib keladi. Shu bois, banklar uchun birinchi galda, o‘z mijozlarining ishonchini qozonish, ularga sifatli xizmat ko‘rsatish muhim vazifa bo‘lib qolmoqda. Ana shu vazifalar va me’yorlar qaror topgan joyda mijoz manfaati, bank muassasasiga murojaat etuvchi har bir shaxs hohish istagi to‘la qanoatlantiradi, demak bankka tashrif buyuruvchilar va bo‘sh mablag‘larin hech shubhasiz ishonib topshiradiganlar ko‘payadi.

__________________________


Sh.Z.Abdullayeva “Pul va banklar”. O’quv qo’llanma. TOSHKENT “IQTISOD-MOLIYA”, 2018.



Yüklə 61,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin