1 bob Korreksion pedagogika va logopediya kursining maqqsadi va vazifalari. Korreksion pedagogika - fan sifatida.
Reja Maktabgacha tarbiya muassasining asosiy maqsadi vazifalari.
Bola huquqlari haqidagi konvensiya
Korreksion pedagogika fanining maqsadi va vazifalari.
Aloxida yordamga muxtoj bolalar
Aloxida yordamga muxtoj bolalar uchun diflrensial va integratsiyalashgan ta’Iimni tashkil etish.
«Uchinchi ming yillikning bolasi» kitobidagi tayanch dasturida «Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga ko‘yiladigan davlat talablari» asosida maktabgacha tarbiya muassasalaridagi ishlaming vazifasi, mazmuni yoritilgan. Dastuming VI boTimi “Maktabga tayyorlov davri”deb nomlangan. Ushbu bo‘limda 6-7 yoshli bolalarni jismonan rivojlantirish, nutqi va tafakkurini rivojlantirish va ularni ma’nan rivojlantirish bo‘yicha olib boriladigan ishlaming mazmuniga qo'yilgan talablar yoritilgan. Dastuming «Bolalarni ma’nan rivojlantirish» qismida: -savollarga javob berish, turli mavzularda fikr bayon qilish xamda atrofdagi odamlaming she’r, ertak va xikoyalarida bayon etilgan, rasm, multfilm, kinofilmlarda ifodalangan fikrni anglash, ularning mazmunini qayta so‘zlab bera olish ; -nutq tovushlarini to‘g‘ri talafFuz qilish. Fikrni grammatik jixatdan aniq bayon qila olish; -so‘zda tovushlaming ketma-ketligini farqlash, bo‘g‘in va so‘zIami to‘g‘ri tuzish, eshitgan nutq tovushlarini farqlay olish; -bosma harflarni o'zaro farqlay olish, nutq tovushi bilan harfni bir biridan farqlay olish; -ertak, xikoya, maqol va topishmoqlar obrazliligini xis eta olish; I -ifodali tarzda she’r ayta olish va boshqa talablar qo‘yilgan. Bolaning maktabga tayyorlash guruxiga o‘tishi uni alohida mavqega qo‘yadi : u I o‘zini yangi hayot -maktab xayoti bo‘sag‘asida turganligini anglaydi; u endi tarbiyachisini o‘qituvchi deb biladi. Bolaning mashg‘ulotlardan tashqari vaqtdagi jamoa faobyatlarida o‘zini-o‘zi tashkil etish va bir-birini nazorat qilish kuchayib boradi.