Bola dunyoga kelgan kunlaridan boshlaboq ko‘radi, eshitadi, biror narsa tekkanini, og'riq, issiq, hid va ta’mni xis etadi. Tevarak atrofdagi borliqni bilish — sezish va idrok qilishdan, ya’ni voqelikdagi narsa va hodisalaming bola ongida aks etishidan boshlanadi. Bolaning idroki hayotining dastlabki yillaridayoq ancha takomillashadi va ‘kki yoshida u buyumlaming rangi, shakli, katta-kichikligiga qarab bir-biridan farq qila boshlaydi, tanish ohangni ajratadi va hokazo. Unda xilma-xil sensor qobiliyatlar: ko‘rish va ko‘zdan kechirish, tinglash va eshitish, buyumlarni tashqi belgilariga qarab ajratish, kuzi kurayotgan va eshitayotgan narsaga taqlid qilish qobiliyati rivojlanib boradi. Boia turli taassurotlar olib turishi - buyumlarni ko‘rishi, ushlab bilishi, kattalarning ishlarini kuzatishi, xilma-xil tovushlarni eshitishi kerak.Bu bolalaming sensor rivojlanishlari uchun zarur shartdir. Sensor qobiliyatlaming uz vaqtida rivojlanishi esa bolalaming aqliy tarbiyasi uchun zamin yaratadi. Diqqat, xotira, intilish, qiziqish va boshqa shu singari ruhiy jarayonlar bolaning aqliy rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Boia nutqining uz vaqtida va tug'ri rivojlanishi aqliy rivojlanishining asosidir. Nutq ruxiy jarayon: idrok, xotira va boshqalaming rivojlanishiga, bolalaming faoliyatiga katta ta’sir kursatadi. Bolalar nutqi rivojlanishga boshlashi bilan kattalar suzlarining tarbiyaviy vosita sifatidagi roli ortib boradi. Bola shaxsining tarkib topishi hayotining birinchi kunlaridanoq boshlanadi. Bola har kuni ko‘rgan va eshitganlari asosida borliqqa va tevarak-atrofdagi kishilarga uz munosabatini bildiradi, kattalarning xatti-harakatlari, ishlariga, sodir bo'layotgan voqealarga bolaning beradigan bahosi, kishilarga bo'lgan munosabati — bulaming hammasi bola ma’naviy qiyofasining shakllanishiga ta’sir etadi. Bolaning xoh ona qomida, hoh tug'ilganidan keyin rivojlanib borishi uchun zarur bo‘lgan ma’lum shart-sharoitlaming buzilishi turli xil anomaliyalarga, ya’ni jismoniy yoki ruxiy nuqsonlar, kamchiliklarga olib kelishi mumkin. Korreksion pedagogika fanida aloxida yordamga muxtoj - anomal bolalaming turii xil toifalari ustida ish olib boriladi: Ular quyidagilardir: eshitish kamchiliklariga ega boMgan bolalar (kar, zaif eshituvchi bolalar’, kech kar bo'Iib qoigan bolalar);
ko‘rish qobiliyati zaif(kur, zaifko'ruvchi bolalar);
harakat-tayanch a’zolarida kamchiliklari bulgan bolalar;
ruxiy rivojlanishi orqada qoigan bolalar.
kompleks nuqsonli kur-kar-soqov bolalar;
Anomal bolalar soglom tengdoshlari orasida inklyuziv ta’limda yoki maxsus ta’lin, tarbiya muassasalarida tarbiyalanishi va o'qitilishi kerak. Bolaning umumiy rivojlanishiga har tomonlama kuchii ta’sir etgan nuqsonlargina uni anomal bola deb hisoblashga asos bo‘lishi mumkin. Masalan, bolaning faqat chap qulog'i eshitsa-yu, bu nuqson uning har tomonlama rivojlanishiga ta’sir etmaydigan, u umumiy maktab sog‘lom tengdoshlari katori uzlashtiradigan bulsa, u anomal bolalar toifasiga kirmaydi. Katta yoshdagi kishilarda ma’Ium sabablarga ko‘ra paydo bo'lgan nuqsonlar ham ularning umumiy rivojlanishiga ta’sir etrnasa, bu kishini anomal deb hisoblash mumkin emas. Maxsus yordamga muhtoj anomal bolalaming jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida kuzatiladigan og‘ir, keskin o'zgarishlar bola shaxsining tarkib topishiga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Shuning uchun bunday bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish uchun maxsus sharoit yaratalishi kerak, ya’ni ular maxsus bog'cha va maktablarda yoki me’yorda rivojlangan tengdoshlari orasida xamma qatori va agarda kerak bo‘lsa, maxsus dastur va darsliklar asosida o'qitilishi va tarbiyalanishi zarur, ular aloxida yordamga muhtoj. Har qanday anomal rivojlanish markaziy yoki periferik nerv sistemasidagi organik yoki funksional o'zgarishlarga aloqador bo'lishi mumkin. Bola rivojlanishidagi turli xil kamchiliklar noqulay muhit, notug‘ri tarbiya, ta’lim natijasida ham paydo bulishi mumkin. Masalan, noqulay oilaviy sharoit, pedagogik qarovsizlik, o'qituvchining bolaga noto‘g‘ri munosabati va boshqa kupgina sabablar bola rivojlanishiga salbiy ta’sir kursatib, uning dastur materiallarini yaxshi uzlashtira olmasligiga, ulgurmovchi uquvchilar orasiga qo'shilib qolishiga sabab buladi. Shunday bulsada, biz bunday bolani anomal bolalar toifasiga kiritmaymiz, chunki uning rivojlanishidagi kamchiliklar organizmdagi qanday bulmasin biror organik yoki funksional patologik o'zgarishlarga bog‘liq bolmay, balki boshqa sabablardan kelib chiqqan Tarbiyachi va o'qituvchilar bunday bolalarni anomal bolalardan farqlay oladigan bo'lishlari kerak. Kelib chiqish sabablariga ko‘ra har qanday anomal rivojlanish tug‘ma У0^1turmushdaorttirilgan bo‘lishi mumkin. Tug'ma anomaliyalar ko‘p jihatdan xomilador onaning sog‘lig‘i va yashash sharoitig® bogiiq. Ona qomidagi xomilaning rivojlanishiga infeksiya, intoksikatsiya, shikastlanish va Iboshqa omillar ta’sir etishi mumkin. Onaning xomiladorlik davrida turli xil kasalliklar bilan og'rishi o‘zboshimchalik bilan turli dori darmonlarni bilar-bilmas iste’mol qilishi, bolaning anomal bo‘lib tugMlishiga sabab bo‘lishi |mumkin. Tug‘ma anomaliyalar genetik, ya’ni irsiy omillar ta’siriga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masalan eshitish, ko‘rish analizatori faoliyatining buzilishi, aqliy zaifliklming nasldan bolaga o‘tishi ham kuzatiladi (fenilketonuriya, Daun kasalligi, rezus faktoming mos kelmasligi va boshqalar). Ota-onalaming alkogolizmi, narkomaniyasi, toksikomaniyalari ham bolaning anomal bo‘Iib tug‘ilishiga olib kelishi mumkin. Turmushda orttirilgan anomaliyalar bola organizmiga tug‘ilish vaqtida va undan keyingi davrlarda zararli omillar ta’sir etishi natijasida vujudga keladi. To‘g‘ruq vaqtida miya shikastlanishi, bolaning tug‘ruq yo‘llaridan uzoq o‘tishi, vakuum-ekstraktor yoki ombur solinishi, bolaning kindigi o'ralib, bo‘g‘ilib qolishi (asfiksiya) va boshqalar,ba’zan uning anomal rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bolaning ilk yoshligida (uch yoshgacha) turli kasalliklar bilan og'rishi, masalan, meningit, meningoensefalit, otit, markaziy nerv sisternasining shikastlanishi va boshqa shu singari dardlami boshidan kechirishi ham anomal rivojlanishiga sabab bo lishi mumkin. Mamlakatimizda bolalar anomaliyasining oldini olish yuzasidan ,ko‘pgiria choralar ko‘rilmoqda, bu sohada anchagina yutuqlarga ham erishildi. 0‘zbekistonda aholini davolash-profilaktikasi kengaygani hamda meditsina sohasidagi katta yutuqlar munosabati bilan anomal bolalr soni nisbatan kamaydi. Bolalaming chechak, o‘lat, tif, vabo, traxoma, qizamiq va bolalarga xos boshqa yuqumli kasalliklar orqasida anomal bo‘lib qolish hodisalari uchrab turadi. Irsiy omillar hamda intoksikatsiya va organizm shaklianayotgan paytda bosh miya, analizatorlaming zararlanishiga olib boradigan boshqa sabablar tufayli bolaning anomal bo‘lib qolish hollari hali ham uchrab turadi. SAVOL VATOPSHIRIKLAR 1 . Yosh go‘daklar rivojlanishining xususiyatlarini ta’riflab bering. Anomal bolalar deb kimlami aytamiz?
Anomal bolalaming qanday toifalarilari mavjud?Anomal bolalar qayerda ta’lim olishlari kerak va nima uchun?
A nomaliyalaming kelib chiqish sabablari nima?
Maxsus yordamga muxtoj bolalar deb kimlami aytamiz?