I Bolalaming jamoa fikrlari va umumiy oddiy talablari paydo bo‘ladi, Bu yoshdagi I bolalar o'rtasida mashg'ulotlar, shuningdek, didaktik o'yinlar ,qoidali o‘yinlar va harakatli o'yin- musobaqalar tobora ko'proq axamiyat qozonadi. Bola o‘yin bilan jiddiy ish o‘rtasidagi farqni tushunib oladi, qachon va qayerda o‘ynash, jiddiy ish bilan shug‘ullanish kerakligini bilib olgan bo‘!adi. U oilasida va bolalar bog'chasida o'ziga к topshirilgan muayyan vazifalarni bajaradi. Bunda katta yoshdagi kishilarning bolalar h I mexnati natijalariga, bu mexnatning tevarak-atrofdagi kishilar uchun boMgan ■axamiyatiga tegishli baxo berishlari, bolaning o‘z tashabbusi bilan biron ishni boshlab yuborish istagini maqullashlari muximdir. Bolaning bilish faoliyati murakkabroq tus ola boshlaydi, idrok qilishi muayan Imaqsadga yo'nala boshlaydi. Turli narsalar yoki ularning tasvirlari bilan muntazam iravishda tanishib borish natijasida bolaning muayyan vazifaga bo'ysundirilgan icuzatuvchangligi oshib boradi. Idrokning o'sishiga raxbarlik qilinsa, maktabgacha ■rbiya yoshi oxirida bolada muxim sensor qobiliyatlar: ko‘z bilan aniq chamalab bilish, proporsiyalarga ko‘rib turib baxo berish, fonematik uquvlari va musiqa tovushlarini to‘g‘ri idrok etish va ayta bilish qobiliyatlari paydo bo‘lib boradi. Bola kuyning Btfakatii i, tovushlaming pasayishi va yuqorilanishini, balandligi va uzunligi har xil lp‘lgan tovushlarni, ashula aytish va she’r o‘qish tempining o‘zgarib turishini farq qilish va buni o‘zi amalda ifodalab berishi mumkin. 1 Muayyan maqsadga qaratilgan ta’lim natijasida bolaning ixtiyoriy ravishda esda sjiqlab qolish va ifodalab berish qobiliyati o‘sadi. Bola esda saqlab qoiishning har xil ^sullarini qo'llay boshlaydi: materialni ma’nosiga qarab guruxlarga bo‘ladi, esda saqlab ®lmoqchi bo‘lgan narsasini ko‘p martda takrorlaydi va x.k. Bolalar eng oddiy mantiqiy fkrlashni o‘rgana boshlaydilar. Ular nutqning tovush tuzilishini taxlil qila oladigan ^‘lib qoladilar: bola so‘zdagi tovushlarni aloxida o‘zini talafFuz qilishi, so‘z qaysiyoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar talim tarbiyasi bilan sbug'ullanadigan fan sifatida o' rganilib kelmoqda. Xozirgi kunda bu fan «korreksion pedagogika» deb ham yuritilmoqda. Inson xuquqlari dekloratsiyasi, bolalar konvensiyasi talablaridan kelib chiqqan xolda jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor kishilami kamsitmaslik, xaqoratlamaslik uchun masalan, Moskva shaliridagi Defektologiya ilmiy-tadqiqot instituti “Korreksion pedogogika ilmiy tadqiqot instituti” deb nomlanmoqda. Defektologiya iani ko‘p mamlakatlarda korreksion pedagogika deb yuritilmoqda. Korreksion pedagogika farming predmeti - anomal bolalar, ya’ani jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar ( yunoncha anomalos - odatdan tashqari ), norasao degan ma’noni bildiruvchi so‘zi bilan yuritiladi. Xozirgi kunda 0‘zbekistonda Korreksion pedagogika —aloxida yordamga muxtoj jismoniy yoki ruhiy kamchiliklari bor bolalaming psixofiziologik rivojlanishidagi xususiyatlarini o‘rganadigan, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ul!anadigan fandir. Korreksion pedagogika so‘zi lotincha tuzatish-bartaraf etish, pedagogika- ta’lim-tarbiya, urganish degan suzlardan olingan. Ruhiy va jismoniy kamchiliklari bor bolalar anomal bolalar deyiladi (yunoncha odatdan tashqari, noraso degan ma’noni bildiruvchi anomalos suzidan olingan). Korreksion pedagogika fanining mavzu bahsi anomal, aloxida yordamga muxtoj bolalardir. Korreksion pedagogikaning vazifasi - anomaliyalaming kelib chiqish sabablari, turlarini, anomal bolalaming psixofiziologik rivojlanishdagi xususiyatlarini urganish, shular, asosida integratsiyalashgan, inklyuziv yoki differensial ta’limni tashkil etish, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanishdir. Korreksion pedagogika fanining maqsadi - anomal bolalarga integratsiyalashgan-inkiyuziv xamda differensial ta’limni tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlami urganish, ulardagi psixofiziologik kamchiliklami iloji boricha bartaraf etish, tuzatish yoki bilinmaydigan holga keltirish usullarini belgilash va amaliyotda tatbiq etish yullarini tarbiyachi hamda o'qituvchilarga ko‘rsatib berishdan iborat. Anomaliyalar har xil bo‘ladi, ularning ba’zilari batarnom bartaraf etiladi, ba’zilari bir qadar tuzatiladi, korreksiyalanadi, boshqalari esa bilinrnaydigan holga keltiriladi, ba’zilari esa kompensatsiyalanadi. Bola nutqida qo‘pol kamchiliklar boisa, to‘g‘ri tashkil etilgan logopedik choralami o‘z vaqtida ko‘rish yo'li bilan ulami to‘liq bartaraf etish mumkin. Boladagi nuqson organik kamchiliklar natijasida paydo boigan bo‘lsa (masalan, oligofreniya shunday nuqson jumlasiga kiradi). uni to‘liq bartaraf etib bo‘lmasa ham, biroq qisman tuzatish mumkin. Korreksion pedagogika amaliyotida yana shunday anomaliyalar uchraydiki, ularni tuzatib ham, korreksiyalab ham bo‘lmaydi, masalan, tug‘ma ko‘rlik yoki karlik shular jumlasidandir. Bunda ko‘rish analizatorining vazifasini sezgi organlariga, eshitish analizatorining vazifasini esa ko'rish analizatoriga yuklash, ya’ni kompensatsiyalash, o'rnini bosipsh mumkin. Ko‘rish qobiliyati zaif bolalar sezgi organlariga tayangan holda barmoqlari bilan Brayl shriftidan foydalanadilar. Bunda harf olti nuqta kombinatsiyasi bilan belgilanadi. Eshitish qobiliyati zaif bolalar esa imo-ishora, ya’ni daktil nutqdan, barmoqlar harakati bilan anglatiladigan nutqdan foydalanishlari mumkin. Korreksion pedagogika nisbatan yangi fan. U asosan 19 asming o'rtalarida rivojlana boshladi. 1925 yilda Moskva shaxrida Eksperimental defektologiya instituti tashkil etildi. Bu institutni buyuk psixolog professor Vigotskiy L. S. boshqardi. L.S. Vigotskiy anomal bolalar rivojlanishidagi xususiyatlami o‘rganib, nuqsonning murakkab tuzilishi haqidagi ta’limotni ishlab chiqdi. U “Korreksion pedagogikaning asosiy muammolari” kitobida anomal bolalar bilan rivojlantiruvchi ta’limni olib borish kerakligini, korreksiya, kompensatsiya usullari va bulami amalga oshirish yo‘llarini ko‘rsatib berdi.L.S.Vigotskiy anomal bolada nafaqat "salbiy" balki "ijobiy" tomonlarini ham o‘rganib, aniqlab, shularga tayangan holda va potensial qobiliyatni inobatga olib turib, ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish zarurligiga dikkatni jalb etdi. U defektologiya sohasida katta nazariy meros qoldirdi va haqli ravishda defektologiya fanining asoschisi sanaladi. Atoqli psixolog L. V. Zankov 1935 yildan L. S. Vigotskiy bilan hamkorlikda ishlay boshladi. Bu olimlaming sobiq sovet psixologiyasi va defektologiyaning nazariy jihatdan shakllanishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi!ar. Ular aqliy jihatdan qoloq bolalar psixikasi taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rganib, "rivojlanishning tuxtash nazariyasi", "chegara" degeneratsiya nazariyasi", "ma’naviy defektli" kabi g‘ayri ilmiy va reaksion nazariyalami fosh etdilar. Eksperimental psixologiya laboratoriyasida anomal bolalaming rivojlanishi maxsus ta’lim ta’siri ostida qanday o‘zgarib borishini o‘rganish, ulardagi mavjud nuqsonlami ham,ijobiy ham salbiy tomonlami aniqlash yuzasidan qiyosiy eksperimental tadqiqotlar o'tkazildi. Sog‘lom va anomal bolalarda bilish faoliyatining rivojlanishini I. M. Solovyev ham har tomonlama o‘rgandi. “Normal va anomal bolalarda bilish faoliyatining psixologiyasi" nomli knob shu ishning natijasi bo‘ldi. I. M. Solovyev bir guruh xodimlari bilan qiyoslashning murakkab shakllarini eksperimental tadqiqotlar yordamida o'rganishda chinakam novatorlik ko'rsatdi. Eksperimental defektologiya instituti 1943 yilda Russiya Pedagogika fanlari akademiyasining Defektologiya ilmiy-tekshirish institutiga aylantirildi. Hozirgi zamon korreksion pedagogika fanining rivojlanishida mazkur institut xodimlarining roli nihoyatda katta buldi. 1920 yilda Rusiyada anomal bolalarni tarbiyalash instituti ochilib, 1925 yilda bu institut 2-Moskva davlat universiteti pedagogika fakultetining defektologiya bo‘limiga aylantirildi, 1930 yili V. I. Lenin nomidagi Moskva davlat pedagogika instituti qoshida mustaqil defektologiya fakulteti tashkil etildi. Hozir Russiya mamlakatining deyarli barcha jumhuriyatlarida korreksion pedagogika qulliyotlari yoki bo‘limlarida oliy ma’lumotli defektologlar tayyorlash ishi yo‘lgaqo‘yilgan. 0‘zbekistonda korreksion pedagogika fanining rivojlanish 1967 yildan boshlab tezlashdi, chunki shu yili Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining Pedagogika va psixologiya fakulteti qoshida oligofrenopedagogika bo‘limi tashkil etildi. Bu bo‘limga 1976 yili surdopedagogika bo‘limi qo‘shildi. 1984 yili esa mustaqil defektologiya fakultetining bir necha bo‘limida ta’lim berila boshlandi. Hozirgi kunda TDPU BTU va defektologiya fakultetida Defektologiya kafedrasi faoliyat ko'rsatmoqda, defektolog bakalavr va magistrlar taxsil olmoqdalar.Tallinn kunduzgi va sirtqi bo‘limda uzbek va rus tilida tashkil etilgan. Defektologiya fanining rivojlanishi natijasida undan quyidagi tarmoqlar mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi: surdopedagogika(lotincha surdus — kar, gung so‘zidan olingan) — eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalaming ta’lim tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan; tiilopedagogika (yunoncha tiflos — ko‘r, so‘qir so‘zidan olingan) —ko‘zi ojiz bolalaming ta’lim-tarbiyasi bilan shug'ullanadigan fan; oligofrenopedagogika(yunoncha oligos - kam, fren — aql), so‘zlaridan olingan, — aqliy tomondan zaif bolalaming ta’lim- tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan; logopediya (yunoncha logos — so‘z, padeo — tarbiya so‘zIaridan olingan) — og‘ir nutq nuqsonlarini o‘rganish, oldini olish, bartaraf etish yo'llari, usullarini o'rganadigan fan.