Korreksion pedagogika va logopediya


Afaziya, uning ta’rifi, kelib chiqish sabablari



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə32/38
tarix20.12.2022
ölçüsü1,41 Mb.
#76855
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38
Korreksion pedagogika va logopediya

Afaziya, uning ta’rifi, kelib chiqish sabablari

Reja

  1. Afaziya nuqsonini ta’riflab bering.

  2. Alaliya va afaziyalaming o'xshash tomonlari va farqlari uimada?

  3. Afaziyaning turlari

  4. Afaziyani bartaraf etish usul va yoilari

5.Sistemali nutq nuqsonlariga ega bo‘lgan qayerda каерда la’lim'olishlari kerak?
Afaziya (grekcha a-yo‘q, fazis-ovoz, nutq) - ovoz chiqmasligi, gapirma olmasdlikdan iborat nutq buzilishidir. Bu nuqson markaziy nerv sistemasi nutqini idora etuvchi zonalarining zararlanishi natijasida vujudga keladi.
Ko‘p hollarda afaziya keksa yoshdagi kishilarda, gipertoniklardan (qon bosimi baland kishilarda) miyaga qon куйилиши natijasida paydo булади. Biroq bu nuqson bolalarda ham kuzatilishi mumkin.
Psixolog A.R.Luriya va safdoshlarining асарларида miya мия yarim sharlari jaroxatlariishi, kasalikka uchrashi natijasida paydo bo‘ladigan nutq kamchiliklarining hammasi afaziya qatoriga kiritilgan. Ular afaziyaning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatadilar: 1) dinamik afaziya; 2) efferent motor afaziya; 3) efferent motor afaziyasi;

  1. semantik afaziya; 5) sensor afaziya.

Dinamik afaziya gaplar, iboralar bilan gapirish qobiliyatining buzilishi bilan bog'liqdir, bunda bemor alohida so‘zlarni aytishda, takrorlashda, atrofdagilar nutqini tushinishda ham qiynalmaydi. Dinamik afaziyani ikki turga ajratish mumkin; ulardan birida fikmi nutq vositasi bilan bayon qilishni rejalash mexanizmlari buzilgan bo‘lsa, boshqasida nutqning grammatik hamda sintaktik tuzilishi buzilgan bo'ladi.
E
-

fferent motor afaziyasi ham ayrim so‘zlar saqlangan holda, nutq vositasi bilan fikmi bayon qilishning grammatik tomoni buzilishi bilan harakterlanadi, lekin bundan tashqari, efferent harakat afaziyasida nutqning motor sxemasi ham buziladi; bemor ayrim tovushlarni talaffuz qilish o‘kuvini saqlab qolgan boisa ham lekin bu tovushlarni ma’lum izchillikda birlashtira olmaydi. Shunday qidib efferent harakat afaziyasida nutq hosil bo'lishining umuman suksessivlik (ya’ni izchillik) prinsipi buziladi.



Afferent motor afaziyasi — nutq artikulatsiyasi aniqlanganligining buzilishidir. Bemor o‘ziga kerakli bo‘lgan ma’lum tovushlarni topa olmay hamma vaqt boshqa ya’ni shu tovshga yaqin artikulatsiyaga o'tib ketaveradi. Bu yerda tovushlarni tanlash o'quvi buzilgan bo'ladi.
Semantik afaziya- so‘z topishdagi qiyinchiliklar va so‘zlar o‘rtasidagi semantik (mantiqiy-grammatik) munosabatlami tushunishning buzilishi bilan harkaterlanadi. Masalan,afizik «ota» va «aka-uka» degan so‘zlami tushunadi, biroq «otasining akasi» degan so‘z qanday ma’no bildirishini tushuna olmaydi. Demak, bunda biz so‘zlar ma’nosiga semantik sistemasining buzilishi bilan, ya’ni so‘zlarni ma’nosiga qarab tanlashning buzilishi bilan to‘qnash kfilamiz.
Sensor afaziyasi — bunda birinchi navbatda esbitilgan tovushlarni idrok buziladi, ya’ni so‘zning ma’nosi bilan uning tovush sostavi o‘trasidagi o‘zaro munosabatini anglash izdan chiqib, dastawal natqni idrok etiga ta’sir qiladi. Har holda afaziyaning bu formasida so‘zni tovush jaxatidan tahlil qilish buziladi. Natijada kishi mutlaqo xech narsani tushunmaydigan yoki qisman tushuna oladigan bo‘lib qolishi mumkin. Sensor afazik o‘zi ko‘p gapiradi lekin uning gapini tushunib bilmaydi, chunki so‘zlari sharoitga mos kelmaydi, ma’nosiz boMadi. Sensor afaziyada yozma nutq ya’ni o‘kish va yozish jarayonlari ham buziladi. Og‘zaki va yozma nutqda prafaziya (almashtirish)va аграмматизмлар ko‘p kuzatiladi. Kasalni o‘zi buni sezmaydi.
Hozirgi kunda logopediya fanida afaziyaning yuqorida ko'rib chiqilgan turlaridan tashqari yana amnestik va total afaziyalar tofovut qilinadi.
Amnestik afaziyada xotira chuqur darajada buziladi. Kishi so'zlami, ularning ma’nosini yoddan chiqarib qo'yadi, ularni eslay olmaydi. Bunday bemor buyumlarni taniy oladi, lekin ularning nomini eslay olmaydi. Agarda shu payt yordam berilsa, so‘zni eslab to‘g‘ri talaffuz etadi.
Total afaziya biror hil falokatdan yoki insultdan so‘ng darhol paydo boMadi. Bunda bemor gapirmaydi, boshqalar nutqini tushunmaydi, chunki markaziy nerv sistemasining bir necha zonalari birdaniga zararlangan boMadi. (total-keng tarqalgan degan so'zdan olingan). Bunday holat bir necha kundan to bir necha xaftagacha davom etishi mumkin.
Avaziyada nutqi har tomonlama yaxshi rivojlangan odam birdaniga yoki asta- sekin gapira olmaydigan bo‘lib qolishi mumkin. Afaziyaga uchragan kishi dastlab mutioqo gapirmaydi, yoki gapirsa ham, doim g‘uldirab so‘zlaydi va uning nutqini atrofdagilar xech tushunmaydi. Bunday bemor aksari hamma narsaga beparvo boiadi.Nutqdagi Нуткдаги o‘zgarish!arga kelganda uning hamma tomoni - grammatik tomoni ham, fonetik - semantik tomoni ham, ya’ni butun nutq sistemasi, buzilgan bo'ladi. Ayni vaqtda nutqning qaysi tomoni ko'proq izdan chiqqanligini aniq bilib bo'lmaydi. Lekin oradan ma’lum vaqt o'tgach, bu narsa oydinlashadi.
Ayrim hollarda, xususan, afaziya asabiv-ruhiy og'ir kechilmalar tufayli yuzaga keigan bo'lsa, u asta-sekin barham topib ketishi mumkin. Boshqa hollarda, ya’ni afaziya miyadagi tayinli bir kasallikdan paydo bo'lgan mahallarda bu nuqson juda sekinlik bilan, tegishli da’vo chora-tadbirlari ko'rib, logopedik mashg'ulotlarni uzoq davom ettirib borilganidan keyingina barham topadi.
Shunday qilib, avaliya va afaziya sistemali nutq kamchiliklaridir, bunday nuqsonli kishilarning butun nutq sistemasida ya’ni nutqning fonetik-fonematik, leksik va grammatik tomonlarida sezilarli ma’lum kamchiliklar kuzatiladi. Avalik va afaziklarning impressiv nutqdagi kamchiliklar markaziy nerv sistemasining organik kasalliklari natijasida vujudga keladi.
Alaliya va afaziyalaming farqi shundan iboratki, alaliyada nutq jarayonida ishtirok etadigan analizatorlaming markaziy qismidagi nerv xujayralaming norasologi nutqning kechikib rivojlanishiga olib borsa, afaziklarda markaziy nerv sistemasi ayrim qismlaming organik kasalliklari natijasida har tomonlama rivojlangan nutq yo'qoladi.
Alaliyani bartaraf etishda — nutqni shakillantirish, rivojlantirish, tarbiyalashni ko'zlab, afaziyani bartaraf etishda esa-yo'qolgan nutqni tiklashni ko'zlab choralar ko'riladi.
ADABIYOT

  1. Logopediya (Pod red. L. S. Volkovoy. М., Prosvesheniye, 1989).

  2. Logopediya Muminova.L.R.Ayupova M. YU.-T.Uqituvchi 1994

  3. Bein E.S.Burlakova.M.fC.Vizel T G .Vosstanovleniye rechi u bolnix s afaziyey.M.1982.

  4. Bekker K.P., Sovak M.logopediya М., 1984

  5. Kovshikov.V.A.Ekspressivnaya alaliya.-L.1985

  6. Sinyak V.A. Logopediya. М., 1985

  7. Nedorazvitiye i utrata rechi (Pod.L.l. Belyakova i dr. m., 1985)

  8. FilichevaT.B. ChevelyovaN.A. Chirkina G.V, Osnovi logopedii-M 1989

  9. Sobotovich YE.F.Formirovaniye pravilnoye rechi u detey s motomoy alaliyey.- Kiyev.1981.

  10. Svetkova L.S.Problemi afazii i vosstanovitelnogo obucheniya .M.1979.

  11. Shomaxmudova R.To‘g‘ri talaffuzga o'rgatish va nutq o‘stirish.- T.Uqituvchi 2001.

  12. Fayziyeva U YU Nutq ustirish .(Bog‘cha yoshidagi zaif eshituvchi bolalar uchun )T.Uqituvchi 2001.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR l.Sistemali nutq nuqsonlariga qaysilari kiradi?

  1. Afaziya nuqsonini ta’riflab bering.

  2. Alaliya va afaziyalarning o'xshash tomonlari vafarqlari nimada?

4.Sistemali nutq nuqsonlariga ega boMgan bolalar qayerda ta’lim olishlari kerak?

  1. bob Yozma nutqdagi kamchiliklar Reja

1 .Yozma nutq mexanizmlari

  1. Disgrafiya va agrafiya

  2. Disleksiya va aleksiya

  3. Yozma nutqdagi nuqsonlami kelib chiqish sabablari

  4. Yozma nutqdagi nuqsonlami oldini olish va bartaraf etish

Og‘zaki nutq atrofdagilar bilan bevosita aloqa qilishda ishlatilsa, yozma nutq boshqa vaziyatda boshqa bir joyda, davrda yashagan kishilar bilan muloqatda bo'lish, ularning fikrini anglash vositasidir. Yozma nutq fikrlarimizda ixtiyoriy ifodalab berishning eng qulay vositasidir. Yozma nutqni o'qish hamda yozish jarayonlari tashkil etadi. Yozma nutqni tushinish uchun maxsus tartibdagita’lini olmoq, ya’ni savodli bo‘lmoq zarur. Yozma nutq og'zaki nutq asosida shakillanadi.
Yozma nutq mexanizmlari murakkab bo‘lganligi tufayli uni shakillantirib borishda turli hil qiyinchiliklar kuzatilib turadi. Logopediyada yozma nutqdagi nuqsonlar disgrafiya (grekcha dis-buzilish, grafo-yozaman), agrofiya (a-inkor qilish, yo‘q grafo-yozaman), dileksiya (grekcha dis-buzilish, lego o‘qiyman), aleksiya (grekcha a-inkor qilish, yo‘q, lego-o‘qimoq) atamalari bilan yuritiladi.
Yozma nutqdagi kamchiliklar haqida korreksion pedagogika nomoyondalari qimmatli nazariyalami yaratib qoldirganlar. Kusmaul (1877), Berkan (1881) o‘zlarining ilomiy asarlarida o‘qish va yozishdagi kamchiliklar mustaqil nutq nuqsonlari ekanligini ko‘rsatib berdilar. Bunga qadar yozma nutqdagi kamchiliklar аклий aqliy asosiy blgilaridan biri deb hisoblab kelinar edi.
XIX asming ikkinchi yarmidan boshlab o‘qish yozishdagi kamchiliklar камчиликлар ko‘rib idrok etishning yuzaki, norizo bo‘lishidan kelib chiqadi deb, olimlar yozma nutqdagi kamchiliklarni legoseniya (o‘qishning sustligi) va grafosteniya (yozishning sustligi)atamalari bilan nomlashni tavsiya ettilar. 1907 yili rus olimi K.N.Monaxov yozma nutqdagi nuqsonlarni sezuvchanlikka aloqador afatik buzilishning sensor harakteri deb hisobladi. Mashxur klinisist-nevropotolog R.A.Tkachev, S.S.Mnuxinlar yozma nutqdagi kamchiliklar bo‘g‘in obrazlarini esda saqlay olmaslik, tovushlarni noto'g'ri talaffuz etish oqibatida sodir bo‘lgan nutq nuqsonlari deb, ulami aleksiya, agrafiya deb atashni taklif etdilar.
Yozma nutqdagi kamchiliklarni olimlardan Xvatsev M.YE., R.YE.Levina, F.A.Rau,R.T.Voskis, S.S.Lyapidevskiy, L.F.CnHpoBa, N.A. Nikashina, O.A.Tokareva,
O.V.Pravdina, V.G.Petrova, V.V. Voronkova, A.V.Yastrebova, G.A.Kashe va boshqalar har tomonlama o‘rganib bularni og'zaki nutq va fonematik eshitishdagi kamchiliklardan kelib chiqadigan нуксонлар deb xisobladilar.

Nutqni analiz va sintez, ya’ni tahlil va tarkib qilish qobiliyati bolada og'zaki nutqning shakillanishi bilan birga paydo bo'ladi. Og'zaki nutqdagi kamchiliklar yozma nutqni shakillantirib borishga to'sqinlik qiladi. Tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etish, ularnieShitib turib bir-biridan ajratib olishda qiynalgan bolalaming yozma nutqdagi bir qator nuqsonlar kuzatiladi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin