Korreksion pedagogika va logopediya


bob 0‘zbekistonda aloxida yordamga muhtoj boMganlarga yordam tashkil etish



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə36/38
tarix20.12.2022
ölçüsü1,41 Mb.
#76855
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Korreksion pedagogika va logopediya

15 bob 0‘zbekistonda aloxida yordamga muhtoj boMganlarga yordam tashkil etish.
O'zbekiston Respublikasi ta’lim to'g'risidagi qonunning 23 moddasiga ko'ra rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchiliklarga ega bo'lgan anomal bolalar ta’lim olish huquqiga ega.
Bizning mamlakatimizda anomal bolalarga yordamni tashkil etish - inson haqida g'amxo'rlik ko'rsatilishining yorqin namunalaridan biridir.
O'zbekistonda anomal va nogiron bolalarga yordam uch vazirlik qoshidagi muassasalarda tashkil etilgan. Xalq ta’limi vazirligi qoshida ular uchun uzluksiz ta’lim tizimida maktabgacha tarbiya muassasalari, maktab , maktab-intematlari faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Maktabgacha tarbiya muassasalarida va maktabda aloxida yordamga muxtoj bolalar integratsiyalashgan ta’limga jalb etilmoqdalar. Differensial ta’limni tashkil etish ishlari maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida, jumladan nutqiy, yordamchi, ruxiy rivojlanishi sust, harakat tayanch a’zolari jaroxatlangan, zaif eshituvchi, zaif ko'ruvchi bolalar bog'chalarida amalga oshirilmoqda. Maktab yoshidagi aloxida yordamga muxtoj bolalar uchun barcha turdagi maxsus maktab intematlar, jumladan aqli zaif bolalar uchun mexnat ta’limi maktab-internatlari, zaif eshituvchi bolalar uchun maktab-intemat, harakat-tayanch a’zolarida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun, kar bolalar uchun, ko‘zi ojiz bolalar, og‘ir nutq nuqsonli bolalar uchun, ruxiy rivojlanishi sust bolalar uchun maktab intematlari; aqlan zaif bolalar uchun kuni uzaytirilgan maktablar faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Umumta’lim maktablarida bunday bolalar uchun sinflar xam tashkil etilgan. Boshlang'ich maktabda ruxiy rivojlanishi sust bolalar uchun tenglashtiruvchi sinflar, og‘ir nutqiy nuqsonli bolalar uchun nutqiy, aqli zaif bolalar uchun yordamchi sinflar tashkil etilgan. Uzliksiz ta’lim tizimida aloxida yordamga muxtoj bolalar uchun mexnat maktablari, kasb-xunar kolejlarida aloxida guruxlar faoliyat ko'rsatmoqda. Yengil darajadagi nutqiy nuqsonli bolalar uchun o'rta umumiy ta’lim maktablari qoshida logopedik punktlar ishlab turibdi.
Sog'liqni saqlash vazirligi qoshida anomal bolalarga tibbiy yordam ko'rsatadigan maxsus psixonevrologiya sanatoriylari, statsionarlar bor, poliklinikalarda surdologik, logopedik kabinetlarda mutaxassis-defektologlar tibbiy xodimlar bilan xamkorlikda tegishli ishlami olib bormoqdalar. Aqliy jixatdan og'ir nuqsonlari bor (imbetsil, idiot) bolalar tug'ilganidan to to‘rt yoshgacha sog'liqni saqlash vazirligi qoshidagi muassasalarda davolanadi vatarbiyalanadi.
Meyehnat va axolini muxofaza qilish vazirligiga qarashli muruvat uyida murakkab nuqsonli anomal bolalar tarbiyalanadilar. Bu uylarga maktabgacha yoshdagi bolalar (4 yoshdan to 7 yoshgacha), maktab yoshidagi bolalar (7 yoshdan 18 yoshgacha) va kattalar (18 yoshdan umrini oxirigacha) qabul qilinadi,
Uzliksiz ta’lim tizimida xamma yosh guruhlardagi aloxida yordamga muxtoj bolalaro'qishga jalb qilinadi. 4 yoshdan 7 yoshgacha boigan bolalar maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyalanadilar.
Maktab yoshidagi aloxida yordamga muxtoj bolalar, masalan Zaif ko'ruvchi bolalar ko‘zi ojiz bolalar maktabida 9 yillik umumiy ta’lim maktab dasturini ] 1 yilda o'zlashtiradilar. Har bir sinfda 12 tadan bola ta’lim oladi. Ko'rish qobiliyati zaiflashgan aqliy qoloq bolalar uchun maxsus maktab- intemat qoshida yordamchi sinflar tashkil etilgan. Ushbu turdagi muassasada tibbiy oftalmologik hamda korreksion pedagogik kompensansiya ishlari olib boriladi. Ko'rlar maktabida umumiy ta’lim maktablarining Brayl sistemasi bo'yicha nashr etilgan darsliklar ishlatiladi. Zaif ko'ruvchi bolalar maktablarida umumiy ta’lim maktablarining yirik harflar bilan nashr etilgan darsiiklari asosida ish olib boriladi, maxsus chiziqli daftarlar ishlatiladi.
Ko‘r bolalar uchun tashkil etilgan maktab intematda bolalar ] 1 yil ichida 9 yillik umumiy ta’lim

  1. maktab dasturini o‘zlashtirib, so‘ngra xoxlovchilar o'qishini kechki maxsus maktabda davom ettirishlari mumkin. 11 sinf o‘quvchilari davlat imtixonlarini topshirgach 9-yillik ma’lumot to‘g‘risida guvoxnoma oladilar. Ushbu maktablarda xalq xo‘jaligi uchun malakali ishchilar tayyorlash, kasbga yo‘naltirish ishlari xam olib boriladi. Mexnat ta’lim darslarida 5-7 o‘quvchi, umumiy ta’lim darslarida esa tahmman

  1. bola qatnashishi kerak. Debil darajasidagi kar bolalar maxsus tashkil etilgan yordamchi sinflarda t’lim oladilar. Bu sinflarda bolalar soni 7-8 kishidan ortmasligi kerak. Zaif eshituvchi bolalar uchun tashkil etilgan maktab internal ikki bo‘limdan iborat boiib, amaliy nutqga ega bo‘lgan bolalar, ya’ni gapira oladigan bolalar birinchi bo'limda, juda qiyinchiliklar bilan noaniq gapiradigan bolalar ikkinchi bo‘limda ta’lim-tarbiya oladilar. Birinchi bo‘limda o‘qish muddati 10 yil, ikkinchi bo‘limda esa-11,12 yil. Har bir sinfda 12 tadan bola o'qishi lozim. Aqlan zaif zaif eshituvchi bolalar 7-8 kishidan iborat bo‘lgan maxsus sinfda ta’lim oladilar.

Og‘ir nutq nuqsonlari bor bolalar uchun xalq ta’limi qoshida maktabgacha yoshdagi bolalarga mo'ljallab, nutqiy bog'chalar yoki bolalar bog‘chalari qoshida nutqiy guruxlar tashkil etilgan. Bu turdagi maktabgacha tarbiya muassasalarining asosiy vazifasi nutq kamchiliklarini iloji boricha barvaqt aniqlab bulami bartaraf etish va shu yo‘l bilan og'ir nutq nuqsonlarming odini olish, ikkilamch: asoratni bartaraf etish va bolani me’rda rivojlangan tengxo‘rlari orasida maktabda o'qishga tayyorlash.
Maktab yoshidagi logopat, ya’ni nutqida kamchiligi bo'lgan bolalar uchun ommaviy umumiy ta’lim maklablarida logopedik punktlar tashkil etilgan. Logopedik punktga rayondagi bir necha maktabdan taxminan 25 ta sinf biriktiriladi. Logoped biriktirilgan sinf o'quvchilarini tekshinb, logopedik yordamga muhtoj bolalarni saralab oladi. shuningdek, ulami poliklinika yo'llanmasi bilan yoki maktab o'qituvchilari, ota-onalar iltimosi asosida tekshirib qabul etadi. Nutq nuqsonlarining turiga qarab guruhli va individual mashg'ulotlar olib boriladi. Mashg'ulotlarga bolalar kunora, haftasiga 3 martadan, to nuqson to'liq bartarafetilmaguncha qatnayveradilar.
Og'ir turdagi nutqiy kamchiliklar tufayli matab dasturini o'zlashtira olmaydigan o'quvchilar maxsus nutqiy sinf yoki maktablarda ta’lim oladilar.
Bunday bolalar uchun tashkil etilgan maxsus maktab-intematlar ikki bo'limdan iborat bo'lib, biirinchi boiimda nutqning rivojlanishi keskin orqada qolgan alalik, afazik, dizartrik, rinolalik, aleksik, agrafik, tutilib gapiruvchi logopat bolalar, ikkinchi bo‘limda esa 9 yil o'qish muddatida nisbatsri nutqi у rivojlanishi me’yorda, biroq tutilib gapiruvchi bolalar ta’lim oladilar.
Ushbu maktab-intematga bolalar shifokor-mutaxassi diagnozi xamda tibbiy pedagogik maslaxat komissiyaning yo'llanmasi bilan qabul qilinadi. Maxsus bog‘sg‘chalarga qatnamagan, nutqi rivojlanmagan bolalar tayyorlov sinflariga qabul etiladilar.
Maxsus maktabda bolalarga umumta’lim 9 yillik maktab dasturi hajmidagi bilimlar beriladi. Har bir sirifda 12 kishi o‘qiydi. Pedagogik kengash qarori bilan nutqiy kamchiliklari bartaraf etilgan o‘quvchilar oddiy ommaviy maktabning tegishli sinflariga o‘tkaziladi.
Xalq ta’iimi vazirligi qoshida aqlan zaif bolalar uchun maxsus yordamchi maktabgacha tarbiya muassasi tashkil etilgan bo‘lib, bu yerga bolalar 4 yoshdan qabul etiladi va 7 yoshga to‘Iganlarida maxsus yordamchi mexnat ta’iimi maktablariga yuboriladi. Ushbu bog‘chalarni tashkil etishdan maqsad, aqli zaif bolalar bilan vaqliroq korreksion tarbiyaviy ishlarni boshlash va aqli zaiflik natijasida paydo bo'Iadigan ikkilamchi psixik qo‘shinmalarni oldini olish, bolalarni yordamchi maktab dasturini o‘zlashtirishga tayyorlashdir. Bunday chora-tadbirlar aloxida yordamga muxtoj bolalarni saralab, ommaviy maktablarda inklyuziv ta’limga jalb etishga ham yordam beradi.
O'quv kuni uzaytirilgan yordamchi mexnat ta’iimi maktablarida aqlan zaif bolalarga 9 yil ichida maxsus dastur va darsliklar asosida umumta’lim beriiadi hamda kasb-hunarlar o'rgatilib, ulami mustaqil hayotga xamda maxsus mexnat maktabiga tayyorlash ishlari oiib boriladi. Yordamchi maktablarda barcha ishlar korreksion yo‘nalishda amalga oshiriladi. Ushbu turdagi maktabning o‘quv rejasida mehnat darslariga eng ko‘p vaqt ajratilgan bo'lib, mehnatning sodda turlari buyicha o'quvchilarga malaka yeriladi. (duradgorlik, slesarlik, tikuvchilik, chorvadorchilik, kartonaj ishlar i bo'yicha mutaxasis va x.k..)
Mehnat darslarida 8-10 bola, boshqa darslarda esa bir sinfda 12- 16 boladan oshmasligi kerak. Maktabda barcha ishlar maxsus aqli zaif o'quvchilarning aqliy rivojlanish darajasini xisobga olgan xolda tuzilgan dastur va darsliklar asosida olib boriladi, Mexnat ta’iimi maktabida murakkab fanlar (flzika, ximiya, geometriya, trigonometriya, algebra va x.k.) o‘quv rejaga kiritilmagan.
Harakat tayanch a’zolari jaroxatlangan bolalar uchun ham maxsus maktab- intematlar tashkil etilgan. Bu turdagi maktablarda o‘qo‘uvchilar 11 yil ichida o‘rta maktab dasturini o‘zlashtirib, ma’lum kasb egasi bo‘lib chiqadilar. Ushbu maktablarda kompleks ta’sir etish prinsiplariga amal qilgan holda o‘qituvchi, shifokor, davolovchi fizkultura metodisti, logoped, uqalovchilar va boshqalar hamkorlikda ishlaydilar. Individual yordamga muxtoj bo‘lgan bolalar bilan qo‘shimcha yakka taitibda mashg'ulotlar o‘tkaziIadi. Mehnat darslariga 7-8, sinflarda 16 o‘quvchi ta’lim oladi. Harakat-tayanch organlari jaroxatlangan bolalaming rivojlanishidagi xususiyatlarni, tez charchab qolishini inobatga olib, ushbu maktablarda 40 minutlik darslar 20 minutga bo‘Iinib, orasida 5 mi nut fizminutlarga vaqt ajratiladi. Aqlan zaif harakt tayanch a’zolari jaroxatlangan bolalar uchun maktab qoshida yordamchi sinflar tashkil etilgan.
Kar-ko‘r-soqov bolalar uchun O'zbekistonda maxsus muassasa tashkil etilmagan. Moskva viloyati Zagorsk shaharchasida joylashgan maxsus maktab-internatda bu toifadagi aloxida yordamga muxtoj bolalar uchun ta’limtashkil etilgan.. Ta’lim tarbiya ishlari ushbu turdagi maktab-internatda defektologlardan I. A. Sokolyanskiy va A. I. Meheryakovlar tomonidan yaratilgan metodika buycha olib berilmoqda. Zaruriyat bo‘lsa, O'zbekistonda ushbu sinalgan usullari tizimi asosida maxsus siflarda ta’lim- tarbiya ishlarini tashkil etish mumkin.
Adabiyotlar
1.0‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» qonuni. Toshkent, 1997y.
2.O'zbekistonda «Kadrlami tayyorlash» milliy dasturi. T. 1997 y.

  1. «Saiamanka dekloratsiyasi». —Ispaniya. 1994 у

  2. Inklyuziv ta’lim. - Tuve Djonson Mejregionalnaya programma po obucheniyu invalidov (Opereyshin Mersi) Vsemimiy forum po obrozovaniyu Zaklyuchitelniy dokladNyu york, 1990

  3. Bola huquqlari to‘g‘risida konvensiya. - 0‘zbekiston bolalar jamg'armasi.

  4. K.K.Mamedov, Ъ.В Shoumarov, V.P.Podobed Ruhiy rivojlanishi sustalashgan bolalar haqida Т., 1993

  1. Pulatova F.M. C)ligofrenopedagogika.-T.,2006

  1. V.S.Raxmanova Maxsus pedagogika. Т., 2004

9.Shoumarov G‘.B. va boshqalar. 1001 savolga psixologning 1001 javobi. Т., “Mehnat” 2000.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

  1. O'zbekistonda maxsus yordamga muxtoj anomal bolalarga yordam qaysi vazirliklar tomonidan tashkil etilmoqda?

  2. Uzliksiz ta’lim tizimida aloxida yordamga muxtoj bolalar uchun qanday muassasalar faoliyat ko‘rsatmoqda?

  3. Analizatorldarida kamchiliklari bo‘lgan bolalar uchun qanday muassalar mavjud?

  4. Aqlan zaif bolalar uchun qanday muassalar mavjud?

  5. Nutq nuqsonlariga ega bo'lgan bolalarga qanday yordam tashkil etilmoqda?

Psixik rivojlanishi sustlashgan bolalar qayerda ta’lim olishlari mumkin?MUNDARIJA
Kirish


Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin