12-mavzu Korreksion pedagogika va inklyuziv ta’lim asoslari
Reja:
Korreksion pedagogikaning predmeti va mazmuni.
Korreksion pedagogikaning asosiy vazifa va kategoriyalari.
Anomal bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlar yo‘nalishlari.
Korreksion pedagogikaning predmeti va mazmuni. Rivojlanishida turli nuqson (kamchilik)lar bo‘lgan o‘quvchilarni korreksion o‘qitish va tarbiyalash bilan korreksion pedagogika shug‘ullanadi.
Koreksion pedagogika rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o‘qitish metodlariga asoslangan, salomatlik imkoniyatlari cheklangan bola shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan sanaladi
Ilmiy tushuncha sifatida korreksion pedagogika pedagogika fanida rasman e’tirof etilganiga u qadar ko‘p vaqt bo‘lmadi. Uzoq vaqt davomida pedagogikada “defektologiya” tushunchasi qo‘llanib kelingan.
Korreksion pedagogika tarkibiga quyidagi sohalari kiradi:
Pedagogik lug‘atda “korreksiya” (yunoncha “correctiio” – “tuzatish”) tushunchasi pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki to‘liq) sifatida tushunilishi ta’kidlab o‘tiladi.
Коррекцион педагогиканинг асосий мақсади белгиланган (нормал) ва (мавжуд камчилик) фаолият ўртасидаги номувофиқликни йўқотиш ёки камайтиришдан иборат
Коррекцион-педагогик фаолият: 1) яхлит таълим жараёнини қамраб оладиган, мураккаб психофизиологик ва ижтимоий-педагогик чора-тадбирларнинг амалга оширилишини назарда тутадиган педагогик тизим; 2) махсус таълим дастурига мувофиқ мутахассислар ёрдамида аномал ўқувчиларни ўқитиш, тарбиялаш ва ривожлантиришга йўналтирилган яхлит жараён
Ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti tarixi anomal bolalarga bo‘lgan insonparvarlik munosabatining uzoq vaqt davomida evolyusion tarzda shakllanib kelganligini ko‘rsatadi.
Qadimgi Spartada rivojlanishi va hulqida nuqsoni bo‘lgan bolalar qatl qilingan. Qabilalarning boshliqlari bola tug‘ilganda uni sinchiklab ko‘rib, uning birorta nuqsonga ega yoki ega emasligini aniqlashardi. Nuqsonli bola Tayget jarligiga tashlab yuborilgan (er.av. IV-V asrlar).
O‘rta asrlarda Evropada bola rivojlanishidagi har qanday nuqson yovuz kuchlarning “namoyon bo‘lishi” sifatida qabul qilingan, ruhiy kasalliklarga ega kishilar inkvizitsiya gulxanida yondirilgan.
Uyg‘onish davridan XIX asrning o‘rtalarigacha Evropada defektologiya fani va amaliyoti aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ijobiy ijtimoiy munosabat shakllandi. Ularga nisbatan insonparvarlik yondashuvi ilk bor fransuz shifokori, ruhiy kasalliklar turlarining asoschisi Filipp Pinel (1745-1826 yillar) tomonidan ilgari surilgan. Aqli zaif bolalarni maxsus usullar yordamida o‘qitish va tarbiyalash g‘oyasini Iogan Genrix Pestalotssi (1746-1827 yillar) tomonidan asoslandi.
1918 yili Rossiyada birinchi maxsus ta’lim muassasasi (V.P.Kashenko uyi) tashkil etildi.
Dostları ilə paylaş: |