KORRELYATSION VA REGRESSION TAHLIL.
Reja:
Kirish
1. O`zaro bog’lanishlar haqida tushuncha va ularning turlari
2. Regression va korrelyatsion tahlil vazifalari va bosqichlari
3. Boshlang’ich ma`lumotlar asosida hisoblanadigan regressiya tenglamasi va korrelyatsiya koeffitsienti.
4. Ranglar korrelyatsiya koeffitsienti
5. Guruhlangan ma`lumotlar asosida to`g’ri chiziqli regressiya tenglamasini aniqlash.
Qisqacha xulosalar
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
O’zaro bog’lanishlarni o’rganishda eng keng qo’llaniladigan metodlardan
biri korrelyatsion-regression tahlildir. Ko’pchilikning ta’kidlashicha, korrelyatsionregresion tahlilni qo’llash uchun quyidagi talablarni bajargan ma’qul:
o’rganilayotgan to’plam iloji boricha katta bo’lishi; o’rtalashtirilayotgan belgi
miqdori ob’ektiv bo’lishi; taqsimot qatorlari normal taqsimot qonuniga bo’ysunishi
va iloji boricha unga yaqin bo’lishi kerak va h.k. Yana shu ham ma’lumki, korrelyatsion-regression tahlil asosida quyidagi vazifalar hal qilinadi: omil belgi
bilan natijaviy belgi o’rtasidagi bog’liqlik aniqlash va bog’liqlik turini belgilash;
belgilar o’rtasidagi bog’lanishni ifodalovchi regressiya tenglamasini aniqlash va
uning parametrlarini hisoblash; bog’lanish zichligi va kuchini o’lchash.
Korrelyatsion tahlil o’rganilayotgan belgilarni tanlashdan boshlanadi. Bu
erda omil belgidan ko’ra natijaviy belgini tanlash muhimroqdir. Chunki regressiya
tenglamasi shaklini tanlash natijaviy belgiga bog’liq.
Korrelyatsion bog’lanishlarni o`rganishda ikki toifadagi masalalar ko`ndalang bo`ladi. Ulardan biri o`rganilayotgan hodisalar (belgilar) orasida qanchalik zich (ya`ni kuchli yoki kuchsiz) bog’lanish mavjudligini baholashdan iborat. Bu korrelyatsion tahlil deb ataluvchi usulning vazifasi hisoblanadi.
Korrelyatsion tahlil korrelyatsiya koeffitsientlarini aniqlash va ularning muhimligini, ishonchliligini baholashga asoslanadi.
Korrelyatsiya koeffitsientlari ikkiyoqlama xarakterga ega. Ularni hisoblash natijasida olingan qiymatlarni X bilan Y belgilar yoki, aksincha, Y bilan X belgilar orasidagi bog’lanish me`yori deb qarash mumkin.
Korrelyatsiya koeffitsienti (r) -1 dan 1 chegarasida yotadi, agar r=0 – bog’lanish yo`q, bo`lsa, to`g’ri bog’lanish mavjud - teskari bog’lanish mavjud funktsional bog’lanish mavjud.
Bog’lanish zichlik darajasi odatda quyidagicha talqin etiladi. Agar ±0,3 bog’lanish deyarlik yo`q
±0,3 ±0,5 bog’lanish kuchsiz.
±0,5 ±0,8 bog’lanish o`rta miyon.
±0,8 ±1 bog’lanish kuchli.
Korrelyatsion bog’lanishni tekshirishda ko`zlanadigan ikkinchi vazifa bir hodisaning o`zgarishiga qarab, ikkinchi hodisa qancha miqdorda o`zgarishini aniqlashdan iborat. Afsuski, korrelyatsion tahlil usuli - korrelyatsiya koeffitsientlari bu haqida fikr yuritish imkonini bermaydi. Regression tahlil deb nomlanuvchi boshqa usul mazkur maqsad uchun xizmat qiladi.
Regressiya so`zi lotincha regressio so`zidan olingan bo`lib, orqaga harakatlanish degan luaviy ma`noga ega. Bu atamani statistikaga kirib kelishi ham korrelyatsion tahlil asoschilari F.Galton va K.Pirson nomlari bilan bog’liqdir.
Regression tahlil amaliy masalalarni echishda muhim ahamiyat kasb etadi. U natijaviy belgiga ta`sir etuvchi belgilarning samaradorligini amaliy jihatdan etarli darajada aniqlik bilan baholash imkonini beradi. SHu bilan birga regression tahlil yordamida iqtisodiy hodisalarning kelajak davrlar uchun istiqbol miqdorlarini baholash va ularning ehtimol chegaralarini aniqlash mumkin.
Regression va korrelyatsion tahlilda bog’lanishning regressiya tenglamasi aniqlanadi va u ma`lum ehtimol (ishonch darajasi) bilan baholanadi, so`ngra iqtisodiy-statistik tahlil qilinadi.
SHu sababli ham Tenglama tipini aniqlash uchun bog’lanish haqidagi ma`lumotlarni grafiklar orqali tasvirlab, ularni sinchiklab tekshirish zarur. Ammo bu yo`ldan foydalanmasdan, birmuncha regression va korrelyatsion tahlil quyidagi 4 bosqichdan iborat bo`ladi:
masala qo`yilishi va dastlabki tahlil;
ma`lumotlarni to`plash va ularni o`rganib chiqish;
bog’lanish shakli va regressiya tenglamasini aniqlash;
regressiya tenglamasini baholash va tahlil qilish.
Tayanch iboralar: O’zaro bog’liqlik (aloqa), balansli aloqa, komponentli aloqa, omilli aloqa, funktsional bog’lanish, korrelyatsion bog’lanish, to’g’ri aloqa, teskari aloqa, to’g’ri chiziqli aloqa, egri chiziqli aloqa, ko’p belgilar aloqadorligi, juft belgilar aloqadorligi,korrelyatsiya, korrelyatsiya indeksi, koeffitsienti, ko’p sonli korrelyatsiya, regressiya, omil belgi, natijaviy belgi, regressiya koeffitsienti,fexner koeffitsienti.
Dostları ilə paylaş: |