Turan International University
Mustaqil ish mavzusi : “Korrupsiya - nihoyatda ijtimoiy-siyosiy vayronkor kuch”
Tayyorladi: ATDT-22-BU talabasi Turgunboyev Mansurbek
Reja:
Korrupsiya konturlari va oqibatlari.
Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi korrupsiya.
Korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida.
Korrupsiya – ijtimoiy fenomen sifatida, barcha sohalarga ta’siri.
Korrupsiyaga qarshi kurashda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ahamiyati.
Xulosa
Adabiyotlar
Korrupsiya konturlari va oqibatlari
Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq, “korroziya” so‘zi ya’ni “chirish” yoki “zanglash”) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi.
Ko‘p hollarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata ishlatiladi. Korrupsiya ko‘plab davlatlarning jinoyat va ma’muriy qonunchiligi bilan huquqqa qarshi harakat sifatida ta’qib qilinadi.
Qadimga yunon faylasufi Aristotel aytganki “Har qanday davlat tizimida - qonunlar va boshqa farmoyishlar orqali ishni shunday tashkil qilish kerakki, unda mansabdor shaxslarni noqonuniy yo‘l bilan boyishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim” degan. Fransuz mutafakkiri SHarl Monteske esa bu borada “Asrlar tajribasidan ma’lumki, har qanday hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan shaxs, uni suiste’mol qilishga moyil bo‘ladi va u ma’lum bir maqsadga erishmaguncha shu yo‘nalishda yuradi” degan fikrlarni bildirgan
Ushbu illatni tadqiq qilgan bir qator yirik mutaxassislar quyidagi faktorlarni korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar sifatida ko‘rsatadi. Ikki xil ma’noni anglatuvchi qonunlar Aholi huquqiy savodxonligining pastligi Mamlakatdagi siyosiy vaziyatning notinchligi Ijro hokimiyatining birligi tamoyilinining buzilishi
Korrupsiyani amal qilish darajalariga ko‘ra quyi va yuqori korrupsiyaga ajratiladi:
Quyi korrupsiya hokimiyat va boshqaruv organlarining o‘rta va quyi darajalarida eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, amaldorlar va fuqarolarning doimiy o‘zaro munosabati bilan (ro‘yxatdan o‘tish, jarimalar, litsenziya va turli ruxsatnomalar olish kabilar) bilan bog‘liq. YUqori korrupsiya hokimiyat organlarida ishlovchi siyosatchilar, oliy martabali amaldorlarni qamrab oladi hamda yuqori bahoga ega bo‘lgan qarorlar qabul qilish (qonunlarni, davlat buyurtmalarini lobbilash va qabul qilish, mulkchilik shakllarini o‘zgartirish va shu kabilar) bilan bog‘liq.
Korrupsiya – qanday muammolar sirasiga kiradi: - huquqiy – 64,0 %; - iqtisodiy – 51,0 %; - ijtimoiy – 46,3 %; - ahloqiy – 45,8 %:
Korrupsiyaga qarshi kurash siyosatining maqsadi – korrupsiya darajasini pasaytirish hamda fuqarolar, jamiyat va davlat huquqlari va qonuniy manfaatlarining korrupsiya bilan bog‘liq tahdidlardan himoyalanishini ta’minlashdan iborat. Bu siyosat davlatning korrupsiyaga qarshi qaratilgan, qabul qilingan turli qonunlari, qarorlari, dasturlarida o‘z ifodasini topadi. Korrupsiyaga qarshi kurash siyosati – bu davlating korrupsiyaning oldini olish, u paydo bo‘lganda uni tugatish va cheklash borasidagi sa’y-harakatlari va aniq chora-tadbirlar majmuidir.
Dostları ilə paylaş: |