Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi korrupsiya
Korrupsiya keng qamrovli tushuncha bo‘lib, u jamiyatning ayrim qatlamlari, toifalari, guruhlarikundalik faoliyatiga aylanib, o‘zaro bir-biriga bog‘lanib, chirmashib ketganligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. “Nozik”, “chigalroq” ushbu masalada davlatning huquq-tartibot idoralari birmuncha hushyor, ziyrak bo‘lishi, shuningdek, nodavlat tashkilotlari, turli komissiyalar, jurnalistlar, mustaqil sudlar tizimi faolroq ishlashi haqida tadqiqotchilar anchadan beri yozib keladi. Siyosatchilar, sotsiologlar, psixologlar, tarixchilar, davlat hamda jamoat organlari, siyosiy partiyalar, eng muhimi, amaliyotchilar masalani tahlil etish va echimini topish ustida bosh qotirishi lozim.
Keyingi yillarda xorij, jumladan, MDH mamlakatlari matbuotida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘llari haqida maqolalar paydo bo‘la boshladi. MDHga a’zo mamlakatlarda olib borilgan tadqiqotlar tahlili shundan dalolat beradiki, biz sho‘rolar tuzumidan qutulganimizga o‘ttiz yilbo‘lganiga qaramay, sud-huquq organlari hamon davlat hokimiyatining itoatkor organiga aylanganicha turibdi. Bu jamiyat kushandasi, yaramas illat haqida davlatimiz rahbari deyarli har bir chiqishida ta’kidlab o‘tadi. Biz viloyatlar sessiyalarida tashkiliy masala ko‘rilganda, birinchi navbatda, mazkur masalaga ro‘baro‘ kelmoqdamiz.
Poraxo‘rlik va korrupsiya o‘zbek jamiyatining rivojlanishiga, xususan, demokratik yangilanish hamda modernizatsiyalash jarayoniga har jihatdan xalaqit bermoqda. Garchi bu masala uzoq yillardan beri ta’kidlanib, “qo‘lga tushgan” amaldorlar televidenie va matbuotda namoyish etilganiga qaramasdan, sud, prokuratura, idora rahbarlari hamda oddiy fuqarolarning qon-qoniga singib ketgan feodalizm sarqitlari, tamagirlik, byurokratiya jamiyatimiz hayotidan yo‘qolib ketmayapti.
Korrupsiya, birinchidan, jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib keladi, bu esa barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir etmay qolmaydi; ikkinchidan, fuqarolarimizda huquqiy ong hamda huquqiy madaniyatning etarli darajada emasligi, o‘z haq-huquqini himoya qila olmasligi jamiyatda adolat mezonining buzilishini ko‘paytiradi; uchinchidan, siyosiy institutlar, jamoat tashkilotlari shaklan demokratik mezon, o‘arb andozasiga o‘xshasa-da, mazmun-mohiyatiga ko‘ra, zamon talabidan orqada qolmoqda, bu kamchilik esa oldinga siljishimizga xalaqit beradi.
Bu borada bitta tashkilot — adliya organlari roli kuchayib, imtiyozlari ko‘payib borishi kerak. YAngi tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ham Adliya vazirligi bilan qonun ustuvorligini to‘liq ta’minlagan holda, barcha ishni birga olib borishi davr talabi.
Davlat va jamiyatda inson ongi, dunyoqarashi bilan bog‘liq muammolar tahlilidan kelib chiqsak, sobiq ittifoqdan meros qolgan korrupsiya illatiga qarshi kurashda hali ancha aziyat chekishga to‘g‘ri keladi. Sababi Xitoy va Singapurnikiga o‘xshagan yuqoridan quyigacha qat’iy ishlaydigan ierarxiya tizimi hali to‘liq ishga tushmagan.
Lekin bu tabiiy jarayonni sun’iy ravishda sekinlashtirmaslik yoki ayrim kuchlarning tazyiqi ostida “to‘xtatmaslik” lozim. Bu borada rivojlangan davlatlar boy tajribasidan unumli foydalanish zarur. Masalan, AQSHda reportyor-jurnalistlar korrupsiyaga qarshi kurashda eng samarali jamoat nazoratini o‘rnatgan. MDHda, jumladan, O‘zbekistonda surishtiruv jurnalistikasi sayoz holatda bo‘lib, bugungi davr ehtiyojidan orqada qolmoqda.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, jinoyatchilar “kirdikor”larini fosh etishga urinib, mustaqil surishtiruv olib boradigan fidoyi jurnalistlar himoyasi ishlamaydi. Bundan ham achinarlisi, hozirgi kunda biron-bir rahbarning yashirin boylik orttirishini isbotlagan maqola matbuotda chop qilinsa-da, unga qat’iy choralar ko‘rilmaydi, ahvol ham o‘zgarmaydi. Masalan, bir vaqtlar rahbar haqida feleton chiqsa, partiyadan o‘chirilar, qamalar, shuning uchun amaldorlar “to‘rtinchi hokimiyat”dan hayiqardi.
Demak, “Mushtum”ga o‘xshagan ikki-uchta kuchli vaqtli matbuot nashri faoliyati qo‘llab-quvvatlansa va televidenieda maxsus ko‘rsatuvlar deyarli har kuni (xoh katta, xoh kichik tamagirlik holati bo‘lsin) berib borilsa, ko‘pchilik hushyor tortishi aniq. Tanqidsiz taraqqiyot bo‘lmasligi fuqarolar ongiga singdirib borilishi -kerak, deb hisoblaymiz.
Jamiyatda ustuvor soha — ta’lim tizimida tahsil oladigan o‘smirlar, yoshlar ongida tolerantlikni uyg‘otish muammosi oldimizda ko‘ndalang turibdi. “Jamiyatda poraxo‘rlik illatini engib bo‘lmaydi”, degan fikr yoshlar ongida shakllanib qolgani (YAponiya yoki Xitoy fuqarosi ongida nega u shakllanmaganligi alohida mavzu) eng katta kamchiligimiz.
Bu borada o‘nglanish, siljish qilmasak, millatimiz obro‘siga korrupsiya illati soya solib turaveradi. Toki, biz oilada, bog‘chada, maktabda o‘g‘il-qizlarimiz ongiga, ruhiyatiga tamagirlik, poraxo‘rlik yomon illatgina emas, balki u jamiyatimiz tanazzuli, iqtisodiyotimiz orqaga ketishi sababi ekanligi haqida ko‘proq tarbiyaviy va targ‘ibot ishlarini olib bormasak, maqsad-muddaoga erisha olishimiz qiyin.
So‘nggi yillarda YUrtboshimiz tomonidan ilgari surilgan davlat xalqqa xizmat qilishi kerak, degan ulkan g‘oya fuqarolik jamiyati institutlariga tizim va dasturlarni ishlab chiqish imkoniyatini bergan edi. Ammo nodavlat notijorat tashkilotlari, siyosiy partiyalar bu borada tashabbus hamda tashkiliy ishlarni amalga oshirishni negadir paysalga solmoqda.
To‘g‘ri, keyingi vaqtlarda, xususan, 2017 yildan boshlab, mamlakatimizda “parlament nazorati”, “jamoatchilik nazorati”, degan atamalar taomilga kiritildi, bu borada ilk qonunlar qabul qilindi. Demak, biz mazkur sohada ishlaydigan tizimni tezlikda yaratishimiz, milliy mentalitetni hisobga olgan holda, Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari ilg‘or tajribasini qo‘llashga o‘tishimiz lozim. Jamoatchilik nazoratisiz O‘zbekistonda siyosiy tizim islohotlarini amalga oshirib bo‘lmaydi.
Ayniqsa, modernizatsiya, yangilanish, islohotlar bilan korrupsiyaning bir-biriga “qoni qo‘shilmaydi”, yangilik bilan eskilik tarafdorlari, fan, innovatsiya, kreativ fikrlovchilar bilan eski byurokratiya avlodi o‘rtasida muttasil kurash davom etadi.
Aholi tabaqalari daromadlarining farqlanish miqdori keskin o‘zgargani iqtisodchilarni tashvishga solmoqda. Misol uchun, sobiq ittifoq statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bu 1956 yilda 3,28, 1986 yilda 3,38 ga etgan — qariyb teng bo‘lsa, mustaqillik yillarida boy va kambag‘allar daromadidagi farq ancha ko‘paygan. Rasmiy ma’lumotlarda 10 foiz eng badavlat kishilar daromadi eng kambag‘al fuqarolarning daromadlaridan 10 — 15 marta oshib ketganligi ma’lum bo‘lmoqda.
Ko‘plab ekspertlar “yashirin iqtisodiyot” hisobga olinganda, o‘rtadagi haqiqiy tafovut 25 — 40 marotaba ekanligini qayd etmoqda. Hozirgi kunda yashash minimumidan past darajada kun kechirayotgan kambag‘al aholi 15 foizdir. Bu masalada 2019 yildan boshlab katta siljish kuzatilgan, hatto butun bir vazirlik ishlayotgan bo‘lsa-da, o‘rtadagi farqning kuchayib borishi jamiyat qatlamlarida turli fikrlarni paydo qilishi mumkin.
2020-2021 yillarda barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi (“komplaens-nazorat”)ni bosqichma-bosqich joriy etish choralari ko‘rilishi sohada tub o‘zgarishlarga turtki berishiga ishonamiz. Agentlikka xalqaro konvensiya talablarini bajarish maqsadida ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy koordinatori vazifa va vakolatlari yuklatilishi, mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilishi idoraning maqom hamda nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Demak, milliy taraqqiyotga to‘siq bo‘lib kelayotgan korrupsiyani bartaraf etish yo‘lida dadil qadamlar tashlanmoqda. Eng asosiysi, korrupsiyaga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar qanchalik harakat qilmasin, xalqimiz bu jirkanch illatga murosasiz bo‘lmas ekan, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatmas ekan, bu baloga qarshi samarali kurashni tashkil eta olmaymiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 27 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida ta’lim sohasini “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish g‘oyat dolzarb vazifa etib belgilandi. Farmonga ko‘ra, 2019 yil 1 avgustdan boshlab eksperiment tariqasida aynan oliy ta’lim sohasida “korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish belgilab qo‘yilganida chuqur ma’no bor. CHunki, mamlakatda kechayotgan har qanday islohotning muvaffaqiyati birinchi navbatda ta’limga bog‘liq. SHu bois, Prezidentimizning joriy yil 24 va 28 may kunlari oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar va ilm-fan sohasi vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvlari chog‘ida o‘quv dargohlarida uchrab turgan tamagirlik bilan bog‘liq holatlar chuqur tahlil qilinib, bu illat tanqid qilindi. Korrupsiya ta’lim-tarbiya tizimi uchun eng katta xavf sifatida e’tirof etildi.
Oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlar 7 ta bo‘limdan iborat «Yo‘l xaritasi», ya’ni umumiy tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar, qabul jarayoni, ta’lim berish va talabalar bilimini baholash, o‘qishni ko‘chirish, o‘qishga tiklash va nostrifikatsiya, OTMlar faoliyatini takomillashtirish, professor-o‘qituvchilarning ijtimoiy himoyasi, byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanishdan iborat va uning asosidagi 42 ta band ijrosiga vazirlik mas’ul etib belgilangan.
Mamlakatimizda barcha jabhalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ta’lim sifatini tubdan takomillashtirish, bilim maskanlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yoshlarni oliy ta’limga keng jalb qilish kabi ishlarda o‘zining yorqin ifodasini topmoqda. Hududlarda yangi oliy ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, kadrlar tayyorlashning zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklari hamda sirtqi va kechki bo‘limlarning ochilishi, oliy ta’lim muassasalariga qabul ko‘rsatkichlarining oshirilishi mazkur yo‘nalishdagi muhim islohotlar hisoblanadi. Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari soni 77 tadan 110 taga etdi, ulardan 19 tasi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining filiallari. So‘nggi ikki yilda 12 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasi filiallari tashkil etildi (AQSH – 1, Rossiya – 5, Janubiy Koreya – 3, Latviya – 1, Hindiston – 2).
Birgina 2018/2019 o‘quv yilida 20 ta oliy ta’lim muassasasida 10 ta xorijiy davlatning etakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda 33 ta ta’lim yo‘nalishi va 14 ta mutaxassislik bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi asosida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Iqtisodiyotning real sektorlarida mavjud ehtiyojdan kelib chiqqan holda joriy o‘quv yilidan boshlab 66 ta zamonaviy ta’lim yo‘nalishi va 48 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilishi farzandlarimiz uchun keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Oliy ta’limga davlat byudjetidan 2018 yilda 875,9 mlrd. so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2019 yilda bu ko‘rsatkich 1 trln. 288,4 mlrd. so‘mga etdi yoki qariyb 1,5 baravarga ko‘paydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish, sohada davlat boshqaruvi samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan Farmoni va Qarori oliy ta’lim sohasi uchun tarixiy voqea bo‘ldi.
Ularda oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish, shuningdek rektorlarga talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini belgilash, yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochish kabi vakolatlarni berish nazarda tutilgan. Bu o‘z navbatida oliy ta’lim muassasalari rahbarlarining mustaqilligini oshirish bilan birga, rektorlarga juda katta mas’uliyat yuklaydi. Ammo, tan olishimiz kerak, guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, tizimda mas’ul xodimlar o‘rtasida korrupsiya bilan bog‘liq holatlar yo‘qolmagan. Ana shu kabi holatlarni ham bartaraf etib, tizimni korrupsiyadan xoli sohaga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, taqdim etildi.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimining barcha rahbar va xodimlari “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ijrosini samarali ta’minlashda oliy ta’lim sohasidagi islohotlarning o‘ta muhim ahamiyatini va dolzarbligini to‘liq anglagan holda:
birinchidan, oliy ta’lim muassasalarini tajribali, halol va pok vijdonli, mas’uliyatli professor-o‘qituvchi va xodimlardan shakllantirib, ularning vazifalarini aniq belgilab berish;
ikkinchidan, abiturientlarning oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish jarayoniga, kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazishga, talabalar bilimini baholashga hamda o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklashga, o‘qishlarini boshlashi uchun turli xil sun’iy to‘siqlarga, fuqarolardan har xil noqonuniy to‘lov undirilishiga yo‘l qo‘yilmasligiga ko‘maklashadigan “Jamoatchilik kengashi”ni tashkil etib, adolat va shaffoflikni ta’minlash;
uchinchidan, talabalarning o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash to‘g‘risidagi murojaatlarini rad etish, ortiqcha hujjatlar talab qilish holatlarining oldi olinishini, shuningdek, fuqarolarning arizalarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi hamda ortiqcha ovoragarchiliklarga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash;
to‘rtinchidan, professor-o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi byurokratik to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rib, ularning faoliyatini doimiy tahlil qilib borishni, baholash mezonlaridagi shaffoflikni kuchaytirib, adolat ularning bilimini baholashda asosiy faktor bo‘lishini belgilovchi choralarni ko‘rish;
beshinchidan, oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirishning (davlat byudjeti, shu jumladan, markazlashtirilgan mablag‘lar hisobidan, o‘qitishning to‘lov kontrakt shakli, rivojlantirish jamg‘armasi va grant mablag‘lari hisobidan) amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlariga rioya qilinishini, xarajatlar ko‘rsatkichlarini shakllantirish tartibiga amal qilish va ichki moliyaviy taftish ishlarini takomillashtirishni, ushbu jarayonda korrupsiyaga oid holatlarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etilishini qat’iy nazoratini щrnatish;
oltinchidan, kadrlarni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini tayyorlash va tatbiq etish, xodimlarni ishga qabul qilish va lavozimga tayinlash, ta’lim muassasalarini maqsadli o‘rganish kabi masalalar bilan bog‘liq barcha ishlarda korrupsiyaning oldini olish va shaffoflikni ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratish;
ettinchidan, tizimda korrupsiyaning oldini olish va barcha jarayonlarda shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot, tushuntirish ishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy tadbirlarni (o‘rganishlar, ijtimoiy so‘rovlar, tanlovlar va boshqalar) yuqori saviyaga ko‘tarish vazifalari bajarilmoqda.
Taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘yayotgan O‘zbekiston uchun korrupsiyaning har qanday shakldagi ko‘rinishi islohotlar shiddatini susaytirishi bilan xavfli. 2017 yil 4 yanvardan kuchga kirgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida korrupsiyaga shunday ta’rif berilgan: «korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish». Soddaroq aytganda, korrupsiya davlat idoralarida ishlovchi shaxslarning o‘z amalidan foydalanib, shaxsiy manfaatlarini hamma narsadan ustun qo‘yishlari, pora evaziga sotilishlari yoki sotib olinishlari, noqonuniy moddiy yoki nomoddiy boylik orttirishlaridir.
Korrupsiya iqtisodiyot rivoji, chinakam qulay tadbirkorlik va investitsiya muhiti uchun eng asosiy to‘siqlardan biridir. Tahlillarga ko‘ra, bu illat jahon iqtisodiyotiga har yili o‘rtacha 2,6 trillion dollar zarar keltiradi.
Mamlakatimiz ham muammodan xalos bo‘lmagan. Dunyodagi korrupsiya darajasini o‘rganuvchi Transparency International xalqaro tashkiloti indeksida O‘zbekiston oxirgi uch yilda 12 pog‘onaga ko‘tarilgan bo‘lsa-da, hali bu illat barham topmagan.
Yurtdoshlarimizning fikricha, sog‘liqni saqlash, ta’lim, bank, bojxona, sud, prokuratura, ichki ishlar, kommunal xizmat sohalarida, shuningdek, fuqarolarni ishga qabul qilishda korrupsiya keng tarqalgan.
Misol uchun, tahlillarga ko‘ra, sog‘liqni saqlash tizimidagi xarajatlarning 25-30 foizi samarasiz sarflanmoqda. Ko‘plab sohalarda davlat xaridlarini amalga oshirish tizimi ochiq-oshkora emas.
O‘zbekiston Resublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni 2017 yil 3 yanvarda qabul qilingan.
Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari qonuniylik, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik va shaffoflik, tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi,, javobgarlikning muqarrarligidan iborat.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati davlat dasturlari va boshqa dasturlar asosida amalga oshirilishi mumkin.
Ushbu qonun me’yorlarining samarali ijrosini ta’minlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida Prezidentning 2017 yil 2 fevraldagi qarori bilan “2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturi” qabul qilindi. Dastur doirasida bir qator qonun loyihalari ishlab chiqildi, mavjudlari inventarizatsiyadan o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi «Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF-5618-sonli Farmoni va so‘nggi yillarda qilingan ishlar tahlili aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rilganini ko‘rsatib turibdi.
Prezidentimiz tomonidan 2019 yil 27 may kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon ham ayni shu maqsadni ko‘zlagani bilan ahamiyatli hisoblanadi.
Korrupsiya shunday illatki, uni bir yoki ikki idoraning sa’y-harakati bilan yo‘q qilib bo‘lmaydi. Qachonki, barcha fuqarolarimiz, jamiyat unga qarshi birgalikda kurashib, uning ildizlarini yo‘q qilishga kirishilsagina ijobiy natijaga erishish mumkin.
Farmonning tub mohiyatiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, korrupsiyaga qarshi nafaqat huquqni muhoza qiluvchi idoralar va davlat tashkilotlari, balki jamoatchilik nazorati instituti imkoniyatidan ham keng foydalanish belgilab qo‘yilganini ko‘rishimiz mumkin.
Birinchidan, farmonda jamoatchilik nazoratini olib borishda muhim o‘rin tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish alohida belgilangan.
Ikkinchidan, joylarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ishlarning holatini kompleks o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlab borish uchun xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalarini tashkil etish tavsiya qilinmoqda.
Uchinchidan, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish, ushbu sohadagi qonunbuzilish holatlari yuzasidan xabar bergan shaxslarni himoya qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish ta’kidlangan.
To‘rtinchidan, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari faoliyatining chinakam erkinligini ta’minlash va ularni korrupsiyaga qarshi choralarni tayyorlash, o‘tkazishda va ijrosini monitoring qilishda ishtirok etishga jalb qilish nazarda tutilmoqda.
Bundan tashqari, farmonda davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirib borish, ularda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish vazifasi belgilab berildi. Bu norma, albatta, har bir mansabdor shaxsdan xulosa chiqarishni talab etadi.
Vaholanki, bugun har bir davlat xizmatchisi va huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari xodimlarining fe’l-atvoriga O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga bo‘ysunish va ularni hurmat qilish odobini singdirib borish o‘ta muhim vazifadir. Farmonda nazarda tutilganidek, jamiyatimizda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib borilayotgan hozirgi davrda mansabdor shaxslarning huquqiy bilimi va madaniyati darajasiga nisbatan alohida talablar ishlab chiqish, qonunlarga hurmatsizlik qilgan mansabdor shaxslar to‘g‘risida asoslantirilgan ko‘rsatuvlar, eshittirishlar tashkil qilish, maqolalar chop etib borish, ularning qilmishi noto‘g‘ri ekanligini ta’sirchan vositalar orqali ko‘rsatib berish, albatta, o‘z samarasini beradi.
Qo‘qon shahar xalq depututlari Kengashi “Qonuniylikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurash” masalari bo‘yicha doimy kengash jamiyatda adolatni ta’minlashda korrupsiyaga qarshi kurashni o‘zining ustuvor maqsadlaridan deb biladi. Korrupsiyaga qarshi kurashning ustuvor vositasi sifatida davlat organlari va tashkilotlarining hisobdorligi hamda faoliyatining shaffofligini oshirish ko‘zda tutilgan. Prezidentimiz tomonidan imzolangan mazkur farmon bilan doimiy komissiyamiz ish faoliyati bir yo‘nalishda bo‘lib, ayni vaqtda farmonda belgilangan vazifalarni hayotga samarali tatbiq etish bo‘yicha mas’uliyat ham yuklaydi.
Xulosa qilib aytganda, mazkur farmon jamiyatda adolatlilik g‘oyasi, barchaning qonun oldida tengligi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim hujjat hisoblanadi. Adolat ustuvor bo‘lgan mamlakatda esa taraqqiyot, xalq farovonligi, islohotlar samarasi ta’minlanadi. Ayni paytda bizning doimiy komissiyamiz ish faoliyatni belgilovchi rejamiz ham shu sohadagi yo‘nalishimizni belgilab bergan.
Ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya belgilangan davlat ta’lim standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat ta’limni boshqarish organlari va ta’lim muassasalari korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini inobatga olgan holda ta’lim muassasalarida huquqiy ta’lim va tarbiyaga, mutaxassislarni kasbiy tayyorlashning sifatini oshirishga, ta’lim dasturlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi. Davlat organlarining xodimlari ularni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga ko‘ndirish maqsadida biror-bir shaxs o‘zlariga murojaat etganligiga doir barcha hollar to‘g‘risida, shuningdek davlat organlarining boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan shunga o‘xshash huquqbuzarliklarning o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan har qanday faktlari haqida o‘z rahbarini yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor etishi shart.Ushbu majburiyatning davlat organlarining xodimlari tomonidan bajarilmaganligi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatida korrupsiyaning illatlari haqida gapirib shunday dedi: “Afsuski, jamiyatimizda korrupsiya illati o‘zining turli ko‘rinishlari bilan taraqqiyotimizga g‘ov bo‘lmoqda.
Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bo‘lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog‘i rivojlanmaydi.
Tadbirkorlar hanuzgacha er ajratish, kadastr, qurilish, litsenziya, bojxona, bank, davlat xaridlari kabi sohalarda korrupsiyaga duch kelayotganini Prezident nomiga kelib tushayotgan ko‘plab murojaatlar ham, matbuot va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlar ham yaqqol ko‘rsatib turibdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a’zolari, ta’bir joiz bo‘lsa, “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o‘tishimiz kerak.
Ana shu vazifalar ijrosini tizimli tashkil etish maqsadida parlament va Prezidentga hisob beradigan, korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul bo‘ladigan alohida organ tashkil etishni taklif etaman.”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 11 fevral kuni korrupsiyaga qarshi kurashish hamda jamoatchilik nazorati tizimlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Davlatimiz rahbari yaqinda Oliy Majlisga yo‘llangan Murojaatnomada korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan ko‘ra barvaqt oldini olishga o‘tish kerakligini ta’kidlab, unga qarshi kurashishga mas’ul bo‘ladigan alohida organ tuzishni taklif qilgan edi.
Bugungi yig‘ilishda ushbu yangi tuzilmani tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Korrupsiya darajasi yuqori bo‘lgan sohalarda bu illatdan qutulish bo‘yicha dastur ishlab chiqib, ijrosini tashkil etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishning eng asosiy yo‘li davlat organlari faoliyati va ish jarayonlarini shaffof qilishdir. Bunda eng asosiy e’tiborni ishga olish, davlat xaridlari, ruxsatnoma va litsenziyalar berish kabi jarayonlarda ochiq-oshkoralikni ta’minlashga qaratish lozimligi belgilandi.
Adliya vazirligi va Bosh prokuraturaga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda vazirlik, kompaniya va hokimliklarda ichki korrupsiyaga qarshi choralarni ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi “komplaens nazorat” tizimini joriy etish vazifasi qo‘yildi.
Xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, davlat xizmatchilari mol-mulki va daromadlarini deklaratsiya qilish tiziminining barcha tashkiliy-huquqiy asoslarini ishlab chiqib, amaliyotga kiritish shartligi ta’kidlandi.
Mutasaddilarga xorijiy tajriba asosida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tuzilmani tashkil etishga doir hujjatlarni ishlab chiqish yuzasidan topshiriqlar berildi. Mazkur tuzilma nafaqat bu borada davlat siyosatini amalga oshirishi va muvofiqlashtirishi, balki korrupsiyaga qarshi kurashishda barcha kuch va vositalarga ega bo‘lishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Ushbu illatga qarshi kurashishdagi yana bir muhim vositalardan biri – jamoatchilik nazorati.
Bugungi kunda yurtimizda 10 mingdan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. Lekin ularning o‘rni va faolligi sezilmayapti. CHunki bu tashkilotlar manfaatlarini ifoda etuvchi, davlat bilan ko‘prik vazifasini bajaruvchi yaxlit tizim yo‘q.
Hozirda jamoatchilik bilan ishlash tizimi joylarda va sohalarda xalqimizni qiynayotgan masalalarni davlat miqyosiga olib chiqib, hal qilishda natija ko‘rsata olmayapti. Ko‘p nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati rasmiyatchilikdan iborat bo‘lib qolmoqda.
“Mahalla”, “Nuroniy”, Xotin-qizlar qo‘mitasi kabi yirik birlashmalardan xalqimiz qanday naf ko‘ryapti, ular hayotimizdagi qaysi o‘tkir masalani ko‘tarib, hal qilishga erishdi, degan savolga, afsuski, ijobiy javob yo‘q.
Davlat organlari zimmasidagi vazifa va funksiyalarni bajarishda yuzaga keladigan korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash tizimini takomillashtirish hamda davlat xizmatiga halollik standartlarini joriy etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatda byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va "yashirin iqtisodiyot"ni qisqartirish choralari ko‘rilmoqda hamda "Korrupsiyasiz soha" loyihalari amalga oshirilmoqda.
SHu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini tubdan oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar korrupsiya holatlarining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning ta’sirchan tiziminn yaratishni taqozo etmoqda. Ushbu ishlarga fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat sektorning boshqa vakillarini ham keng jalb etish zarurati tug‘ilmoqda.
Bu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-son Farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra agentlik mamlakatda korrupsiya holatini tizimli tahlil qilishni ta’minlash, shuningdek, korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan sohalar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;
korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini, shuningdek, korrupsiyaga oid xuquqbuzarliklarning tizimli sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va boshqa dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish;
fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalariga oid axborotlarni tarqatish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish orqali jamiyatda korrupsiyaning barcha ko‘rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish;
vazirlik va idoralarning korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa nodavlat sektor vakillarining ushbu masalalar bo‘yicha birgalikdagi samarali faoliyatini tashkil etish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar, shu jumladan banklarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi ("komplaens-nazorat") hamda korrupsiyaga qarshi kurashishning boshqa xalqaro vositalarini joriy etish va samarali faoliyat ko‘rsatishini tashkillashtirish, zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish, shuningdek, ularning mazkur sohadagi faoliyati bo‘yicha reytingini tuzish kabi vazifalarni bajaradi.
Bugungi kunda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishda quyidagi masalalarni e’tiborga olish lozim deb hisoblaymiz:
· korrupsiya va uning oqibatlari jamiyat rivojlanishiga to‘siq bo‘layotganligi, uning ijtimoiy xavflilik darajasi sodda va tushunarli tilda huquqiy jihatidan sharhlangan holda jamoatchilikni xabador qilish;
· Korrupsiyaga qarshi tarbiyani oiladan boshlash va ta’limning barcha bosqichlarida uzuluksiz olib borish;
· har bir sohada korrupsiyaning kelib chiqish sabablarini ilmiy va amaliy jihatdan tahlil qilish orqali qonunchilikni hamda ichki tartib qoidalarni takomillashtirish bo‘yicha asosli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
· har bir davlat organida o‘z xodimlarini korrupsiya holatlaridan ogohlantirish va korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan samarali mexanizmni ishlab chiqish va uni real hayotga tadbiq qilish chora-tadbirlarini belgilash;
· har bir sohada korrupsiyani oldini olishga qaratilgan davlat siyosatini ta’minlash orqali korrupsiyaga sabab bo‘luvchi holatlarga barham berishga erishish;
· jamiyatda korrupsiya jinoyatini sodir etgan shaxslarga nisbatan ya’ni korrupsionerlarga nisbatan jazo muqarrarligi mamlakatimizda qonun ustuvorligi asosida ta’minlanyotganligi xususida ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda keng yoritib borishni yo‘lga qo‘yish;
· har bir sohada korrupsiyani oldini olish ishlarini tashkil etishga keng jamoatchilikni, shu jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlarini jalb qilish va ular faoliyatini rag‘batlantirish korrupsiyaga qarshi ishlarni samaradorligini oshirish;
· ijtimoiy-iqtisodiy sohada faoliyat yuritayotgan davlat organlari tizimida ma’muriy-byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, ro‘yxatga olish, ruxsat etish va litsenziyaga doir tartib-taomillarni yanada soddalashtirish;
-davlatning vakolatli organlarining nazorat-tekshiruv vazifalarini maqbullashtirish, tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirish tizimini takomillashtirish, ularning faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini yanada takomillashtirilgan holda mustahkamlash;
· davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning nazorat qilishning masofaviy shakllari-ni keng joriy etish asosida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida taklif va tavsiyalar berish;
· Har bir sohada o‘zining xususiyatidan kelib chiqib, “Axloq-odob qoidalari”ni tasdiqlash, mazkur qoidalarning alohida bo‘limida korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalarni belgilab qo‘yish;
· Har bir sohada korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarni tashkil etish xodimlarning bu sohadagi javobgarliklarini ichki lokal hujjatlarda aniq belgilab qo‘yishda yuridik xizmat rolini oshirish korrupsiyani oldini olish ishlarini samarali bo‘lishiga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |