Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) doirasida korrupsiyaga qarshi kurashga doir quyidagi huquqiy normalar qabul qilindi: Jinoyatchilikka qarshi kurashda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga ishtirokchi davlatlarning hamkorligi to‘G‘risidagi Kelishuvi (Moskva, 1998-yil 25-noyabr);
“Korrupsiyaga qarshi siyosatning qonunchilik asoslari to‘G‘risida”gi Namunaviy qonuni (MDH Parlamentlararo assambleyasining XXII plenar yig‘ilishida qabul qilingan 2003-yil 15- noyabr);
“Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Namunaviy qonuni (MDH Parlamentlararo assambleyasining XIII plenar yig‘ilishida qabul qilingan 1999-yil 3-aprel);
“G‘ayriqonuniy yo‘ldan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshilik qilish to‘g‘risida”gi Namunaviy qonuni (MDH Parlamentlararo assambleyasining XII plenar yiG‘ilishida qabul qilingan 1998-yil 8- dekabr);
“Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risida”gi tavsiyaviy qonunchilik akti (MDH Parlamentlararo assambleyasining qarori bilan qabul qilingan 1996-yil 2-noyabr);
Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevrosiyo gumhi to‘g‘risidagi Bitim (Moskva, 2011-yil 16-iyun).
Barcha xalqaro tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi kurashga doir huquqiy normalari BMTning “Korrupsiyaga qarshi konvensiya”si tomonidan muvofiqlashtiriladi. Korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi eng asosiy xalqaro hujjat bu - shubhasiz, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro hujjatni ratifikatsiya qilgan: O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan “BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi”ga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi Qonuni 2008-yil 24-iyunda qabul qilindi va 2008-yil 27-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati tomonidan ma’quilandi va 2008-yil 28-avgustdan e’tiboran kuchga kirdi.
O‘zbekiston Respublikasi mazkur konvensiyaga bir nechta bildirishlar, bayonotlar va shartlar bilan qo‘shildi. Jumladan, Qonunning 1-bandiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Konvensiya 6-moddasining 3-bandi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Adliya vazirligi korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab-chiqish va ularni amalga oshirishda boshqa ishtirokchi davlatlarga yordam ko‘rsatishi mumkin boigan organlar sifatida belgilanganligi keltirildi. Bu qoida Konvensiyaning 6-moddasi 3-bandidagi har bir ishtirokchi Davlat BMTning Bosh kotibiga korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq chora- tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda boshqa ishtirokchi Davlatlarga yordam berishi mumkin boigan organ yoki organlarning nomi va manzilini xabar qiladi, degan talablariga toia javob beradi.
Qonun mazmuniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Konvensiyaning “Noqonuniy tarzda boylik orttirilishi”ni jinoyat deb baholagan 20- moddasi va “Yuridik shaxslarning javobgarligi”ni nazarda tutuvchi 26- moddasiga qo‘shilmagan.
Qonunning 3-bandiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Konvensiya 44-moddasi 6-bandining “a” kichik bandiga muvofiq, ushbu Konvensiyadan korrupsiya jinoyatlari sodir etgan shaxslarni tutib topshirish masalalarida ushbu Konvensiyaning boshqa ishtirokchi davlatlari bilan o‘zarolik asosida hamkorlik qilish uchun huquqiy asos sifatida foydalanishligini bildirgan.
Uzoq yillar tajribasidan kelib chiqib korrupsiyani bir nechta asosiy turlarga ajratish mumkin: