korrupsiya - shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik - korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;
manfaatlar to‘qnashuvi - shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin boigan vaziyat.
Shuningdek, qonunda korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy prinsiplari sifatida qonuniylik; fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi; ochiqlik, shaffoflik va tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining o‘zaro hamkorligi; korrupsiyadan ogohlantirish vajavobgarlikning muqarrarligi bo‘yicha choralar ustuvorligi kabilar mustahkamlab qo‘yilgan.
Qonunda korrupsiyaga qarshi kurash sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilab qo‘yildi:
aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish;
davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish;
korrupsion huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning oqibatlari, sabablari va keltirib chiqargan sharoitlarni bartaraf etish hamda korrupsion huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun muqarrar jazolash tamoyilini tatbiq etish.
Dunyoda XXI asr boshlariga kelib ham korrupsiyaga barham berish masalalari hal etilgani yo‘q. BMT ma’lumotlariga ko‘ra dunyoda berilgan pora hajmi keyingi uch yil ichida yiliga o‘rtacha 1 trln. AQSh dollarini tashkil etmoqda. Rossiya Federatsiyasi adliya vazirligi hisobiga ko‘ra korrupsiya Rossiyani 20 foiz yalpi ichki mahsulotdan mahrum qilib, u yiliga 16 trln. rublni tashkil etmoqda. Rivojlangan davlatlarda ham korrupsiyani kamaytirishda hal etilmagan muammolar mavjud. O‘zbekistonda ham mustaqillik davrida korrupsiyaga berilgan mansabdorlar xatti-harakatiga toiiq barham berishning huquqiy va tashkiliy jihatlari o‘z takomiliga yetkazilmadi.
Prezident Sh.M.Mirziyoevning 2017-yil 7-fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashni samarali tashkil etish bo‘yicha vazifalar qo‘yildi. Uning 2-yo‘nalishi qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish vazifalarini o‘z ichiga olib, uning 4-bandida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish vazifalari qo‘yildi. Xususan, unda korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy- huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish tizimini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 24-iyulda qabul qilingan “Qonunchilik ijrosini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tarkibida Qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bosh boshqarmasi tashkil etilishi prokuratura organlarining korrupsiyaga qarshi kurash va nazorat faoliyati kuchayishining muhim omiliga aylandi. 2014-2017-yillarda qonunlar ijrosi bo‘yicha o‘tkazilgan 17 mingdan ortiq tekshiruv yakunlariga ko‘ra prokuratura organlari tomonidan 115228 ta prokuror nazorati hujjati qo‘llanildi, 87094 nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi. Davlat organlarining qonun hujjatlariga zid boigan 19578 ta hujjati ustidan arz qilindi. Natijada keyinchalik ushbu hujjatlar bekor qilindi yoki qonun hujjatlariga muvofiq holga keltirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-mayda qabul qilingan “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yoiidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining qoidalarini so‘zsiz ijro etishga prokuratura organlari tomonidan alohida e’tibor qaratildi. Mazkur farmon, unga muvofiq qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik siibektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivoj lantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni so‘nggi yillarda mazkur sohada qabul qilingan eng muhim normativ hujjatlar boiib qolmoqda. Ushbu qonun hujjatlari tadbirkorlik subektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. biznes olib borishni tashkil etish, nazorat qiluvchi, huqUqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qilish bilan bog‘liq mazkur subektlar faoliyatining deyarli barcha jihatlariga taalluqlidir.
Ushbu qonun hujjatlarining qoidalarini amalga oshirish maqsadida prokuratura organlari tomonidan tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining so‘zsiz ijro etilishi ustidan nazoratni kuchaytirishga, tadbirkorlik subektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini buzganlik uchun nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi va vakolatli davlat organlari mansabdor shaxslari javobgarligining muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan kompleks, tizimli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda hamda ro‘yobga chiqarilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15- mayda qabul qilingan farmonini ijro etish maqsadida Bosh prokuratura huzurida fuqarolarning, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining murojaatlarini kechayu kunduz qabul qiladigan elektron tizim yaratildi va samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Murojaatlarni ko‘rib chiqish tezligini ta’minlash maqsadida ushbu tizimga 34 ta idora, prokuratura organlarining viloyat va tuman boiinmalari ulandi. Har bir murojaatning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi oniayn rejimda nazorat qilinmoqda.
Bosh prokuraturaning murojaatlarni kechayu kunduz qabul qiluvchi markazi tashkil etilganidan buyon (2015-yil 1-iyul) markaz telefonlariga 19 mingdan ziyod murojaat kelib tushdi. Ular bo‘yicha prokuror tomonidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rildi. Hisobot davrida prokuratura organlari tomonidan deyarli 16 ming nafar tadbirkorlik subektining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan ularga amaliy yordam ko‘rsatildi. Tadbirkorlarni himoya qilishga qaratilgan nazorat tadbirlari natijasida ularning foydasiga 13 milliard so‘m undirish to‘g‘risida sudlarga 764 ta ariza kiritildi, 6220 nafar tadbirkoming huquqlari tiklandi. Muhokama chog‘ida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning mehnat, ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash, taiim sohasidagi huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha prokuratura organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirishga doir taklif hamda tavsiyalar bildirildi.
2016 yilning so‘nggi choragidan boshlab mamlakatda korrupsiyaga barham berish sohasida katta ishlar amalga oshirildi. 2017-yil 2-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2752- sonli qarori mamlakatda korrupsiyaga barham berish va unga qarshi kurashda muhim ahamiyat kasb etdi. Qarorga asosan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarining samarali ijrosini ta’minlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida “2017-2018-yillarga moijallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturi tasdiqlandi, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tashkil etildi. Bu koinissiyaning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
kormpsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini ta’minlash;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek qo‘yishga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini ta’minlash;
korrupsiyaning holati va tendensiyalari to‘g‘risidagi axborotni yiG‘ish hamda tahlil etish;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarning samaradorligini baholash;
korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish.
Prezident qarori bilan tasdiqlangan “2017-2018-yillarga moijallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi”cla korrupsiyani yo‘qotish va unga qarshi kurashish uchun quyidagi huquqiy asoslar loyihalarini ishlab chiqish topshirildi:
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinishi munosabati bilan amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgaxtish v.i qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Davlat xizmati tizimini yaratish va uning faoliyati asosiy tamoyillarini, davlat xizmatining kadrlar tarkibini shakllantirishgn, davlat xizmatiga ishga kirishga boigan talablarni, uni o‘tashni va yakunlashni tartibga soluvchi “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi qoium loyihasini ishlab chiqish.
Davlat va xususiy tadbirkorlik subektlari o‘rtasida o‘zaro manfaat keltiruvchi hamkorlikning qonuniy asoslarini nazarda tutuvclii “Davlat va xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish,
Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish:
davlat xaridlarini raqobat asosida amalga oshirishning shaffof va ochiq mexanizmi, ushbu sohada korrupsiyaning oldini olish choralari;
davlat xaridlariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarini keng j alb qilish;
davlat xaridlari ishtirokchilari uchun shikoyat qilishning mustaqil va samarali tizimi hamda tartibini yaratish;
elektron xaridlarni yanada rivoj lantirish va boshqalar.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatishning ta’sirchan tashkiliy- huquqiy mexanizmlarini, shuningdek, konsepsiyalarni va ularga tushuntirish xatlarini chop etishni, qabul qilingan qonun va qonunosti hujjatlariga sharhlar tayyorlash va chop etish amaliyotini keng joriy etish;
aholiga normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni va maqsadlarini tushuntirish va ulardan keng xabardor qilish bo‘yicha choralar;
Oliy Majlis palatalarining, Vazirlar Mahkamasining, boshqa davlat organlarining aholi va ijrochilarga qonun va qonunosti hujjatlarini yetkazish bo‘yicha aniq vakolatlarini belgilash.
Davlat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyati ustidan jamoat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha munosabatlarini tartibga soluvchi “Jamoat nazorati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarining, shu jumladan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida ma’lumot beruvchi shaxslarning jismoniy va ijtimoiy himoyasining davlat tomonidan kafolatlarini nazarda tutiivchi “Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish:
davlat organlarining boshqaruv faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish;
asosli va tezkor qarorlarni qabul qilish yo‘li bilan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning samarasini ta’minlash;
jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishning zamonaviy tartib-taomillarini joriy etish.
Mamlakatda huquqiy ta’lim va ma’rifatni tubdan yaxshilashga, huquqiy bilimlarni jamiyatda targ‘ib etishga qaratilgan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturining loyihasini tayyorlash.
Prezident Sh.M.Mirziyoev tomonidan 2016-yilning oxiridan boshlab davlat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashining tizimli faoliyati yo‘lga qo‘yilishi, uning tashabbusi bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinishi, prokuratura va sud-huquq tizimini isloh etilishi, Prezident va Xalq qabulxonalariga keiib tushayotgan murojaatlarni tahlil etib borish qoidalarining o‘matilishi, mansabdorlar xizmatini oxirgi natijalariga qarab baholanishi qoidalarini o‘matilishi kabi chora-tadbirlar o‘z natijasini bera boshladi. Yuqori davlat organlari bilan chatishib ketgan bir necha uyushgan jinoiy ishlar fosh etildi.
2017 yilning birinchi yarmida 1566 ta mansabdor shaxsga nisbatan 1130 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilib, ulardan 954 tasi (84,4 foizi) sudga oshirilgan. Lekin bu davrda 2016-yilning birinchi yarmiga nisbatan sudga oshirilgan jinoiy ishlar 22 foizga kamaydi. Korrupsiyaviy faoliyat tufayli keltirilgan zaraming 77 foizi undirildi. 374 ta guruhlar tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar ochib tashlandi, 1330 ta korrupsiyaviy jinoyatlar aniqlandi.
Mamlakatda har payshanba kuni “Huquqbuzarliklarni oldini olish kuni” deb e’lon qilinib, bu kunlari mehnat jamoalari va yashash joylarida huquqni himoya qilish organlari vakillari aholini ro‘y berayotgan jinoyatlardan ogoh etib borish, aholini huquqiy madaniyatini oshirish tadbirlarini o‘tkazish an’anaga aylandi. Shuningdek, payshanba kunlari ichki ishlar tayanch punktlarida “ochiq eshiklar kuni” o‘tkazish, fuqarolarni qabul qilish ishlari olib borish qoidasi o‘matildi.
2018 yil 19-fevralda O‘zbekiston ichki ishlar vazirining bergan ma’lumotlariga binoan 2017-yilda 1426 ta korrupsiyaviy jinoyatlar fosh etilib, undan 171 tasi poraxo‘rlik, 109 tasi tovlamachilik, 517 tasi flribgarlik, 125 tasi noqonuniy valyuta aylanmasini amalga oshirish, 19 tasi soxta pullarni ishlab chiqish, 190 tasi davlat mulkini o‘g‘irlash va unga kamomad keitirish kabi jinoyat turlarini tashkil etdi. 2017-yilda jinoiy harakat qilganligi uchun 230 ta ichki ishlar organlari xodimlari ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, 8000 ta xodim intizomiy javobgarlikka tortildi. Lekin 2017-yilda 73.692 ta jinoiy ishlar fosh etilib, bu 2016- yilga nisbatan 15,7 foizga kamaygani ham qayd etildi.
Shuningdek, prokuratura, davlat milliy xavfsizligi, soliq idoralari kabi mamlakatdagi barcha davlat organlari faoliyati tahlil etilganida 2017-yilga kelib korrupsiyaviy jinoyatlarning ancha kamayganligi sezildi. Bu haqda Prezident Sh.Mirziyoevning 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majiisga Murojaatnomasida alohida e’tibor qaratilib, mamlakatda korrupsiyaning 2016-yilga nisbatan 33%ga kamayganligini ko‘rsatib o‘tdi.
2017 yil 29-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 2017-2018-yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlarining ijrosi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi. Shuningdek, yig‘ilishda Komissiya tomonidan o‘tgan davrda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘plab tashkiliy- huquqiy ishlar va amaliy tadbirlar bajarilganligi ta’kidlab o‘tildi. Xususan, mamlakatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi.
Xulosa qilib aytganda, o‘tgan salkam ikki yil ichida O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning zamonaviy huquqiy asoslari ishlab chiqildi, ular amaliyotda qo‘liana boshlandi. Muhimi, aholining Prezident va Xalq qabulxonalari vositasida yuz berayotgan korrupsiyaviy jinoyatlarni davlat hokimiyati organlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazish imkoniyati yaratildi. Korrupsiyaga barham berish uchun maxsus davlat hokimiyati organlari tuzilmalari shakllandi, ularning xalq oldidagi mas’ulligi oshirildi. Qisqa davr ichida korrupsiyaviy jinoyatlar ancha kamaydi. Mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashning fuqarolik jamiyatiga xos bo‘lgan shakllari va targ‘ibotlari shakllantirildi, bu sohadagi muhim vazifa sifatida aholi huquqiy madaniyatini rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.