Shuningdek, 2020 yil 15 martida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Transport vazirligi, Maktabgacha ta'lim vazirligi, Energetika vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qishlok xo‘jaligi vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi kabi 9 davlat idoralari bilan hamkorlikda ushbu sohalarda korrupsiyaga qarshi samaradorlikni yanada takomillashtirish maqsadida bosqichma-bosqich komplayens nazorat tizimini joriy etish tartibi kelishildi va «Korrupsiyaga qarshi kurashishni yanada takomillashtirish bo‘yicha 2020 yilga mo‘ljallangan Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.

bugungi kunda komplayens nazorat tizimini bosqichma-bosqich davlat va xususiy sektorda joriy etilishi ushbu sohaning o‘rganilishi har jihatdan dolzarbligini ko‘rsatadi.
Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, davlat va xususiy sektor faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish «komplayens nazorat» tizimini joriy etishning qator samarali omillarga xizmat qiladi.

Jumladan, mazkur tizim korrupsiya xavf-xatarlarini o‘z vaqtida aniqlash va chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda ularni minimum darajaga tushirishga xizmat qiladi.
Davlat organlari va tashkilotlarning hisobdorligi va faoliyatining shaffofligini oshirish, xodimlar tomonidan kasbiy odob-axloq qoidalariga qat'iy rioya etish va xizmat vazifalarini bajarishda manfaatlar to‘qnashuvi haqida xabar berish va ularni hal qilish masalalarini tartibga solish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida umum e'tirof etilgan xalqaro standartlar va chet el ijobiy tajribasini joriy etish va boshqa ustuvor natijalar hisoblanadi.