Masalan, birgina Buyuk Britaniyaning 1 mlrd. funt sterling kapitalga ega bo‘lgan 800 dan ortiq korporatsiya va banklarida tashkil etilgan ushbu tizim turli korrupsiya xavflaridan himoya qiluvchi kompleks choralar sifatida baholandi va hozirda uning samarali jihatlaridan keng qo‘llanilib kelinmoqda.

Fransiyada 800 000 yevrodan oshiq kapitalga ega bo‘lgan barcha korporatsiya va banklar korrupsiyaga qarshi komplayens nazorat tizimlarini joriy etgan bo‘lishlari shart.
Komplayens nazorat tizimini joriy etish bo‘yicha samarali tajribaga ega mamlakatlar amaliyotiga muvofiq ushbu xizmat eng keng tarqalgan quyidagi ikkita modeli qo‘llaniladi:
Komplayens nazorat tizimini joriy etish bo‘yicha samarali tajribaga ega mamlakatlar amaliyotiga muvofiq ushbu xizmat eng keng tarqalgan quyidagi ikkita modeli qo‘llaniladi:
1. Kompaniya va tashkilot faoliyatini faqatgina mavjud o‘rnatilgan ichki qonun
va qoidalarga muvofiq tashkil etishga qaratiladi. Bunda komplayens xizmatini joriy etilishi minimal qoidalar bilan cheklanadi.
2. Komplayens nazorat tizimining tashkil etilishi korrupsiya xavflarni baholashda xalqaro tashkilotlarning (Bazel bank qo‘mitasining tavsiyalari, Xalqaro komplayens assotsiatsiyasi) tavsiyalariga asoslanadi va bu modelda komplayens xizmatning maqomi, vazifasi, faoliyat doirasi asosan xalqaro standart va tavsiyalarga asoslanadi.
Mazkur ikki modelning o‘zaro farqli jihati, birinchi modelda komplayens nazorat tizimini o‘zida tashkil etayotgan kompaniya yoki tashkilot mavjud qonunlik me'yorlari yoki o‘zi ishlab chiqqan ichki qoidalar bilan tartibga solinadi va joriy etishning minimal talablari bilan cheklanadi.

Ikkinchi modelda esa faoliyatni tashkil etish nafaqat milliy qonunchilik, balki xalqaro standartlar va tashkilotlarning tavsiyalari asosida joriy etiladi. Ushbu shaklda ichki qonunchilik normalarida ko‘zda tutilmagan korrupsiya xavflariga faoliyat mos keladigan qo‘shimcha profilaktik qoidalarni joriy etish mumkin bo‘ladi.
Mazkur tajriba samaradorligi bilan ajralib turadi va asosan yirik iqtisodiy salohiyatga ega AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy kabi davlatlar amaliyotiga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, aksariyat xorijiy davlatlarda komplayens nazorat tizimi alohida qonun hujjati tartibga solingani ahamiyatga egadir