KORRUPSIYANING DAVLAT VA JAMIYAT TARAQQIYOTIGA SALBIY TASIRI Namangan davlat universiteti Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti 2- kurs magistranti Turg'unova Mohinaxon Akmaljon qizi E-mail:turgunovamohina1999@gmail.com Tel:+998889788666
Annotatsiya: Ushbu maqolada korrupsiyaning davlat va jamiyat taraqqiyotiga salbiy tasiri, unga qarshi kurashning ijtimoiy-iqtisodiy huquqiy islohotlar va ularni amalga oshirish mexanizmlari va ularni bartaraf etish usullari haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:korrupsiya, korrupsiyaga qarshi kurash, milliy xavfsizlik, xalqaro qonunchilik, korrupsiyaga qarshi kurash siyosati. Аннотация: В данной статье говорится о негативном влиянии коррупции на развитие государства и общества, социально-экономических правовых реформах по борьбе с ней и механизмах их реализации и методах их устранения.
Ключевые слова: коррупция, борьба с коррупцией, национальная безопасность, международное законодательство, антикоррупционная политика.
Abstract: This article talks about the negative impact of corruption on the development of the state and society, socio-economic legal reforms to fight against it and the mechanisms of their implementation and methods of their elimination.
Key words: corruption, fight against corruption, national security, international legislation, anti-corruption policy
Ma’lumki, Korrupsiya- bu dunyo miqyosida hal etilishi zarur bo‘lgan global muammo hissoblanadi. Mazkur illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazib, insonlarning huquq va erkinliklari poymol bo‘lishi, kelajakka ishonchsizligiga olib kеladi. Shuning uchun unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan.
Unga qarshi kurash uchun, avvalo, bu illatning kеlib chiqish sabablarini aniqlash, korrupsiyaga qarshi kurashning samarali yo‘llarini topish bo‘yicha mutaxassislar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar o‘tkazilgan. O‘ziga xos rеytinglar tuzilib, har xil ko‘rsatkich va raqamlar qayd etilgan jadvallar yaratilgan. Hozirda korrupsiyaning xilma-xil ko‘rinishidagi formulalari ham ishlab chiqilgan. Afsuski haligacha barcha millatlar uchun qo‘l kеladigan qarshi kurashda asqotadigan yagona yechim yo‘q. Shunday ekan, har bir millat mazkur illatga qarshi kurashish stratеgiyasini o‘zi bеlgilaydi.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” gi O‘zbеkiston Rеspublikasining Qonuni 2017- yil 3- yanvar kuni qabul qilinib, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mеxanizmi yaratildi.
Mazkur Qonuning 3-moddasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga doir tushunchalarga ta’rif bеrilgan, ya’ni korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqеidan shaxsiy manfaatlarini, yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdеk bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishidir.
Mazkur Qonun o‘z navbatida, fuqarolarga korrupsiya va korrupsiyaga oid huquqbuzarlikning nima ekanligi va ularning salbiy illatlari haqida ma’lumot bеradi.
Hozirda rivojlanib borayotgan, jahon hamjamiyati vakillarini tobora tashvishga solayotgan global muammolardan biri bo‘lgan korrupsiya jamiyat xavfsizligi va barqarorligi, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy rivojlanishi va hukumatning institusional rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan illatlardan biridir. Korrupsiyaga oid jinoyatlar hukumat vakillarining jamiyat oldidagi obro‘siga putur yetkazibgina qolmay, ichki va tashqi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarning samarali yo‘lga qo‘yilishida ham jiddiy muammo tug‘diradi. Korrupsiya bilan bog‘liq muammolarning keng talqin qilinishi va huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan chora-tadbirlarning kuchaytirilishiga qaramay ushbu jinoyatni ildiz otib borishi uning mohiyatini yanada chuqurroq tahlil qilish va paydo bo‘lish sabablarini kengroq o‘rganishga undaydi. Zero, “korrupsiya kasalligini” yengishda bugungi kunda mamlakatimizda joriy qilingan ma’muriy chora tadbirlarning o‘zi yetarli emas. Poraxo‘rlikni oldini olishgan bo‘lgan urinishlar har tomonlama puxta ishlab chiqilishi, bunda aholining milliy mentaliteti, siyosiy madaniyati, ijro etuvchi hokimiyat organlari ustidan nazoratni amalga oshiruvchi fuqarolik institutlarining rivojlanganlik darajasini ham qamrab olinishi lozim. Korrupsiya hodisasining ilmiy tahlili shuni ko‘rsatadiki, poraxo‘rlik jinoyatijuda keng qamrovli tushuncha bo‘lib, hatto korrupsiya so‘zining etimologiyasi ham ingliz adabiyoti va boshqa xalqlar adabiyotida tarixiy nuqtai nazardan turlicha ma’no va konnotatsiyaga ega[1, B.129].
Aksariyat chet el tadqiqotchilarining talqiniga ko‘ra, korrupsiya atamasi lotincha “corruptio” - “talon taroj” va “buzilish” ma’nolarini anglatuvchi so‘zdan kelib chiqqan[2, B.5]. Ushbu tushunchaning axloqiy va madaniy prinsiplar asosidagi talqini rus tadqiqotchisi, yuridik fanlar nomzodi Mishin G.K. izlanishlarida o‘z aksini topadi. Uning fikriga ko‘ra, korrupsiya atamasi lotin tilidagi ikkita so‘zdan iborat bo‘lib, “cor”, “ruptum” – “yurak”, “ruhiyat”, “buzilishi”, “barbod bo‘lishi” degan ma’noga ega[3,B.364]. Oksford ingliz tili lug‘atida korrupsiya tushunchasining 9 ta ma’nosi berilgan bo‘lib, ulardan faqat bittasini siyosiy kontekstda qo‘llash mumkin: korrupsiya pora yoki boshqa ta’magirlik turlari orqali davlat vazifalarini bajarish yoki bajarmaslik davlat, korporatsiyalar va boshqa idoralarda korrupsiya amaliyotlaridan foydalanish yoki ularda ishtirok etish[4, B.974]. O‘zbek tilining izohli lug‘atida esa mansabdor shaxslarning o‘zlariga ishonib topshirilgan huquqlari va hokimiyat vakolatidan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanishi (korrupsiya poraxo‘rlik, mansabni suiste’mol qilish va boshqa noqonuniy harakatlarni o‘z ichiga oladi)[5].
O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 24 noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni 3 modasida korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish deya izohlanadi. Korrupsiya atamasiga berilgan ta’rifning o‘zgarib borishi ushbu tushunchani zamonlar osha ijtimoiy hayotda turli ma’nolarda qo‘llanilishi bilan bog‘liqdir.
Korrupsiya fenomeni keng qamrovli tushuncha bo‘lganligi sababli bugungi kunda ushbu muammoni o‘rganishda turli xil yondashuvlar mavjud: sotsiologik yondashuv, yuridik (kriminologik) yondashuv, iqtisodiy, siyosiy yondashuv va axloqiy madaniy yondashuv.
Siyosatshunoslik fani doirasida korrupsiyaga bo‘lgan e’tibor XX asrning 60 yillarida yuzaga kela boshladi. Bu sohada o‘z izlanishlari bilan muvaffaqqiyatga erishgan siyosatshunos olimlar poraxo‘rlikning asosiy elementi sifatida davlat amaldorlarining pora olishi hamda ularning bevosita boshqaruvga ega chiqishga intilishlarini ta’kidlashadi. Xususan, ingliz akademigi, yurist va diplomat Djeyms Brays fikriga ko‘ra korrupsiya jamiyatda 4 xil ko‘rinishda uchraydi:
1) davlat xizmatchilarini naqd pul ko‘rinishida pora olishi;
2) davlat xizmatchilarini boshqa narsalar vositasida pora olishi; 3) hujjatlar oldi sotdisi;
4) nomzodlar foydasiga chayqovchilik bilan shug‘ullanish
Korrupsiya natijasida davlat hukumatining avtoriteti yo‘qolib, davlat boshqaruv apparati parokandalikka uchrashi mumkin. Bunday holatning oldini olish esa mutassadi tashkilotlar va davlat organlari tomonidan poraxo‘rlikni kamaytirishga oid kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini talab qiladi. Bizning fikrimizcha, korrupsiyaga qarshi siyosatni yo‘lga qo‘yish masalasi davlat boshqaruv organlarining oldiga puxta ishlab chiqilgan reja asosida ish ko‘rishdek juda murakkab muhim vazifani qo‘yadi. Chunki korrupsiyaga qarshi qaratilgan siyosiy faoliyat mamlakatdagi korrupsiya bilan bog‘liq kriminologik vaziyatni tahlil qilib va kelajakda kutilishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldindan hisobga olgan holda mamlakatda mavjud ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy imkoniyatlar asosida amalga oshirilishi lozim. Shu o‘rinda avvalambor korrupsiyaga qarshi siyosat tushunchasining ta’rifini aniqlab olish kerak. Ilmiy manbalarga asoslanadigan bo‘lsak korrupsiyaga qarshi siyosat bu davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyani oldini olish va uning salbiy oqibatlarini kamaytirishga, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni va shartlarni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy nazariy jihatdan asoslangan, tizimli va izchil faoliyatidir. Siyosatshunos olim professor V.Lopatin fikricha korrupsiyaga qarshi kurash siyosati quyidagi tarkibda bo‘lishi lozim:
a) korrupsiyaga karshi siyosat konsepsiyasi, uning maqsadlari va tamoyillarini shakllantirish;
b) inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha davlat va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
d) korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni va choralarni belgilash, shuningdek korrupsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish sub’ektlarini aniqlash;
e) korrupsiyaga qarshi kurashni shakllantirish va amalga oshirishda hokimiyat vakolatlarini aniqlash;
f) qonun ishlab chiqarish va huquqni muhofaza qilish faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurash prinsiplarini aniqlash va amalga oshirish, korrupsiyaga qarshi standartlarga muvofiq jamiyatning huquqiy ongini shakllantirish[11 B.25].
O‘zbekiston Respublikasi Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashning tashkiliy huquqiy asoslari yaratilgan bo‘lib, korrupsiyaga qarshi kurashda asos
bo‘luvchi xalqaro kelishuvlar ratifikatsiya qilingan, konseptual strategik va milliy reja asosida antikorrupsion hujjatlar, shu bilan birga ularni amalga oshirishga qaratilgan normativ huquqiy qonunlar qabul qilingan.
2003 yilda qabul qilingan BMTning “Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi” dunyo hamjamiyati a’zolari oldiga korrupsiyaga qarshi kurashning tizimli siyosatini ishlab chiqish vazifasini qo‘ydi. Jumladan, O‘zbekistonda ham korrupsiyaga qarshi kurashda ijro etuvchi hokimiyatda boshqaruv jarayonlarining aniq va shaffof bo‘lishiga korrupsiyaga qarshi kurash ustidan nazoratni amalga oshirishning samarali mexanizmlari hali hanuz ishlab chiqish va mavjud chora tadbirlar tizimini isloh etish talab etiladi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni aniqlash va ularni oldini olish borasida olib borilgan islohotlar tahsinga sazovordir. Zero, ushbu islohotlar amalda o‘z samarasini ko‘rsatayotganligini O‘zbekiston Respublikasini Tranparency International xalqaro tashkilotining statistik ma’lumotlariga qaraganda korrupsiya indeksi 2007-2020 yillar oralig‘ida 9 ballga yoki 175-o‘rindan 146-o‘ringa ko‘tarilganligidan ham bilib olish mumkin.
Korrupsiyani yo‘q qilishga qaratilgan muhim qadamlardan yana biri bu O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan xalqaro standartlarga muvofiq 2017 yil 3 yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning imzolanishi bo‘ldi. Qonunda “korrupsiya”, “korrupsion huquqbuzarlik”, “manfaatlar to‘qnashuvi” kabi tushunchalarga izoh berilgan bo‘lib, unga ko‘ra:
- aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish;
- davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish;
- korrupsion huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning oqibatlari, sabablari va keltirib chiqargan sharoitlarni bartaraf etish hamda korrupsion huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun muqarrar jazolash tamoyilini tadbiq etish kabilar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevralda PQ-2752-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Qaroriga muvofiq 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha
Davlat dasturi tasdiqlandi. Ushbu Davlat dasturida 5 ta yo‘nalish bo‘yicha 50 dan ortiq korrupsiyaga qarshi choralarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Respublikamizning 60 dan ortiq vazirlik va idoralarida korrupsiyaga qarshi idoraviy rejalar ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Bundan tashqari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “Respublika idoralararo komissiyasi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi. Komissiyaga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori raislik qiladi va komisiyaning ishchi organi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi faoliyat olib boradi. Uning tarkibi davlat organlari rahbarlari va ekspertlari, fuqarolik jamiyati institutlari va ilmiy doiradagi 43 nafar a’zodan iborat. Komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlar barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishi majburiydir. Komissiya huzurida korrupsiyaga qarshi kurash choralari va bu boradagi tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarni amalga oshirish holatini ko‘rib chiqish va tahlil qilish bo‘yicha Ekspertlar guruhi tashkil etildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida parlament nazorati samaradorligi oshirilishi davlat organlarida korrupsiya bilan bog‘liq holatlarni kamaytirishga yo‘l ochib berdi. Oliy Majlis palatalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitalar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlari, tuman va shahar xalq deputatlari kengashlarining tarkibida qonuniylikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyalar tashkil etildi. Davlat organlari va tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi (komplayens-nazorat)ni joriy etish yo‘lga qo‘yildi[4].
Sud-huquq tizimi ham o`zgartirishlar amalga oshirilib, 2017 yildan boshlab sudyalarni dastlabki besh yillik, keyingi o‘n yillik muddatga tayinlash tartibi va keyinchalik muddatsiz (umrbod) lavozimda bo‘lish muddati belgilandi. Sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyatini samaradorligini oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi va Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi va budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi. Sud huquq tizimida korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan yana bir muhim voqea O‘zbekiston oliy sudi yangi interaktiv veb-saytini ishga tushirilganligi bo‘ldi. Veb-saytga E-SUD elektron sud tizimi va E-XSUD hujjat almashish tizimi ulangan bo‘lib, bu fuqarolarga hujjatlarni elektron shaklda rasmiylashtirish imkonini beradi. Jinoiy ishlar bo‘yicha tergov va sud jarayonlarini osonlashtirish maqsadida 2018 yil sentabr oyidan boshlab "onlayn translyatsiya" interaktiv xizmatining birinchi bosqichi ishga tushirildi[6].
Prokuratura tizimida ham bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirishni nazarda tutib, Harakatlar strategiyasi 2018- yil iyun oyida Bosh prokuratura rasmiy veb-sayti (prokuratura.uz) ishga tushirildi. Saytda fuqarolarni Bosh prokuraturaga qabul qilish jadvali, O‘zbekiston murojaatlari to‘g‘risidagi Qonun hujjatlari, Bosh prokuratura murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi xodimlari ro‘yxati, shuningdek, viloyat prokurorlari va unga tenglashtirilgan prokurorlarning murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha katta yordamchilari to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining sud hujjatlarini ijro etishda mulkni elektron onlayn savdolar orqali sotish jarayonini maksimal avtomatlashtirish, inson omilini va auksionlarni o‘tkazishda tashqi aralashuvni bartaraf etish maqsadida "E-IJRO AUKSION" yagona elektron savdo maydonchasi joriy qilindi[2].
Yana bir e’tirofga loyiq jihat shundaki, harakatlar strategiyasi davrida eng katta qadamlardan biri Davlat organlari, jamoat va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi aloqa tizimiga aloxida e’tibor qaratilgani bo‘ldi. Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarida yuqori axloqiy me’yorlarni shakllantirish maqsadida kadrlar tayyorlash va ularni malakasini oshirish yuzasidan ham bir qator qonuniy hujjatlari qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashkil qilindi. U davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish uchun mas’ul hisoblanadi.
Agentlikka milliy kadrlar zaxirasini boshqarish, davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestrini yuritish, vakant lavozimlarning yagona ochiq portalini tashkil etish va yuritish, davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholashning o‘lchanadigan indikatorlari tizimini joriy etish kabi vazifalar yuklatildi. Bundan tashqari, ushbu agentlik huzurida Davlat xizmatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil qilindi.
Bundan tashqari, Korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni takomillashtirish maqsadida, Ichki ishlar vazirligi huquqbuzarliklarning oldini olish Bosh boshqarmasi, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jinoyat qidiruv boshqarmasi tarkibida korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi tuzildi.
Amalga oshirilgan ijobiy ishlarga qaramay, bugungi kunda O‘zbekistonda davlat yoki davlat xizmati sohasida amalda bo‘lgan yagona qonun yo‘q.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga implementatsiya qilish lozim.
Shular bilan bir qatorda, mamlakatimizda bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy munosabatlarni tartibga solish, ushbu sohadagi chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, ushbu illatni ildizi bilan yo‘q qilish, jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni qaror toptirishda idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, davlat boshqaruvi organlarining korrupsiyaga qarshi faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, jumladan, videokuzatuv tizimlari, elektron hisob-kitob va almashinuv, idoralararo ma’lumotlar bazalarini keng joriy etish muhim ahamiyatga ega.