Tannarx, mahsulot tannarxi — korxonaning maxsulot ishlab chiqarish. va uni sotish hamda ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish uchun qilgan jami joriy xarajatlarining pul shaklidagi ifodasi. Tovar ishlab chiqarish.da T.ning muxim elementlari — chetdan olinadigan xom ashyo, asosiy materiallar, elektr energiya resurelari chiqimlari; asosiy va kushimcha ish xaki; ijtimoiy sugʻurta ajratmalari; amortizatsiya ajratmalari va boshqa sarfxarajatlar. T.ga yuqorida sanab oʻtilgan bevosita ishlab chiqarish. jarayonlari bilan bogʻliq xarajatlardan tashqari noishlab chiqarish chiqimlari: idishlarga, mahsulotlarni oʻrashjoylash va joʻnatishga qilingan xarajatlar; mahsulotni sotish bilan bogʻliq chiqimlar; i.t. va tajribakonstruktorlik ishlari, reklama va boshqa ishlar uchun sarflanadigan xarajatlar ham kiradi. Narxlar uzgarmagan hollarda mahsulot T.ini kamaytirishga erishish korxona uchun kushimcha fonda manbaiga aylanadi. Qoʻshimcha foyda esa maxsulotni sotishdan olingan tushumdan korxonaning mahsulotni ishlab chiqarish. va sotish uchun sarflagan xarajatlari summasi ayirmasiga tengdir.
Tannarx
T.ga yuqorida sanab oʻtilgan bevosita ishlab chiqarish. jarayonlari bilan bogʻliq xarajatlardan tashqari noishlab chiqarish chiqimlari: idishlarga, mahsulotlarni oʻrashjoylash va joʻnatishga qilingan xarajatlar; mahsulotni sotish bilan bogʻliq chiqimlar; i.t. va tajribakonstruktorlik ishlari, reklama va boshqa ishlar uchun sarflanadigan xarajatlar ham kiradi. Narxlar uzgarmagan hollarda mahsulot T.ini kamaytirishga erishish korxona uchun kushimcha fonda manbaiga aylanadi. Qoʻshimcha foyda esa maxsulotni sotishdan olingan tushumdan korxonaning mahsulotni ishlab chiqarish. va sotish uchun sarflagan xarajatlari summasi ayirmasiga tengdir.
Narx shakllanishi
Narx shakllanishi - tovarlar va xizmatlarga belgilangan narxning bir qator omillar taʼsirida yuzaga kelishi jarayoni. Umumiy maʼnoda — Narx shakllanishiga davlat organlari (soliq, kredit va iqtisodiy siyosatning boshqa koʻrinishlari orqali) hamda iqtisodiy fa-oliyat subʼyektlarining oʻzlari taʼsir koʻrsatadi. Tor maʼnoda — firmalarning oʻz narx strategiyasini ishlab chiqishi. Narx shakllanishining 3 asosiy — erkin, maʼmuriy va aralash tiplari mavjud. Erkin Narx shakllanishi talab va taklif asosida yuzaga keladi. Barcha tovarlar va xizmatlar narxlarining bevosita maʼmuriy belgilanishi maʼmuriy, erkin va maʼmuriy Narx shakllanishining turli nisbatlarda qoʻllanilishi aralash Narx shakllanishideb yuritiladi. Narx shakllanishi jarayoni tovar ishlab chiqaruvchi firmadan boshlanib, bozor narxi oʻrnatilgach, tugallanadi.