KORXONA KAPITALLARNI BOSHQARISH
Reja:
Korxona kapitalini iqtisodiy mohiyati va guruhlanishi.
Korxona kapitalini shakllantirish prinsiplari.
Kapital qiymatini baholash va uni optimallashtirish.
Kapital – moliyaviy menejmentda doimiy foydalanib kelinayotgan iqtisodiy kategoriyalardandir, mamlakatni bozor munosabatlariga o‘tishi bilan o‘zini yangi mazmuniga ega bo‘ldi. Korxonaning tashkil etilishi va rivojlanishida bosh iqtisodiy negiz bo‘lib, kapital o‘zini mavjudligi va xarakati jarayonida davlat, mulkdorlar va ishchi xodimlar manfaatlarini ta’minlaydi.
Moliyaviy menejment yo‘nalishlarida kapital mablag‘lar qiymatini pul, moddiy va nomoddiy shaklda, uning aktivlarini shakllantirishda investitsiyalashtirilganligini xarakterlaydi.
Korxona kapitalini iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, birinchi navbatda uning quyidagi tavsiflarini ko‘rib o‘tish zarur:
1.Kapital korxona ishlab chiqarishini asosiy omili hisoblanadi. Iqtisodiy nazariyada ishlab chiqarishni 3 ta asosiy omilini ajratib ko‘rsatish mumkin, korxonalar xo‘jalik faoliyatini ta’minlashda ishlab chiqarish - kapitali; yer va boshqa tabiiy resurslar; mehnat resurslari. Yagona ishlab chiqarish kompleksida barcha omillarni birlashtiruvchi omil bo‘lib, ishlab chiqarish kapitali muhim o‘rin egallaydi.
2.Kapital daromad keltiruvchi korxona moliyaviy resurslarini xarakterlaydi. Kapital bu o‘z o‘rnida – ssuda kapitali shaklida ishlab chiqarish omillaridan ajralmagan holda korxonaning daromadini shakllantirishni ta’minlovchi ishlab chiqarish(operatsion) faoliyat emas, balki moliyaviy (investitsiya) faoliyati sohasini belgilaydi.
3. Kapital korxonaning mulkdorlarini boyligini shakllantiruvchi bosh asosiy manba hisoblanadi. U bu zaruriy darajada boylikni shakllantirishni joriy va kelajakda ta’minlash uchun zarurdir. Joriy jarayonda ishlatilgan kapitalning bir qismi kapital tarkibidan ajralib, uning mulkdorlarini (egalarini) kelajakda yo‘naltirilgan ehtiyojlarini ta’minlaydi.
4. Korxona kapitali uning bozor qiymatini asosiy o‘lchovi hisoblanadi. Unda korxona jami o‘z kapitallarini aktivlarga nisbatan hajmini belgilaydi. Bu yerda ishlatilgan o‘z kapitallarini tarkibini chetdan jalb qilingan kapitallari qo‘shilgan tarkibi bilan foyda olishni belgilaydi.
Kapital bu korxonaning nafaqat o‘zining ko‘p qirrali jihatlari mohiyatini xarakterlaydi, shuningdek ko‘p shaklli manbalari bilan ham yuzaga chiqadi. Umumiy tushunchalarda «Korxona kapitali» deganda hozirgi vaqtda turli shakldagi o‘nlab terminlar tushuniladi. Bu tushunchalarni ma’lum bir tizimga keltirishni talab etadi. Bunday tizimlashtirishni 1-chizmada keltiramiz va bunday shakldagi korxona kapitallarini alohida asosiy xususiyatlari bo‘yicha guruhlantirib qarab chiqamiz.
1. Korxonaga tegishligi bo‘yicha uning o‘z kapitali va jalb qilingan kapitallar shakllariga ajratiladi.
O‘z kapitali – bu korxonaning mablag‘lari umumiy qiymatini uning shaxsiy mablag‘lari va uning belgilangan aktivlarini shakllantirish uchun foydalaniladigan mablag‘larini bir qismini tashkil etadi (xarakterlaydi).
+arzga olingan kapital – korxonani rivojlanishini moliyalashtirish uchun qaytarilish asosida beriladigan pul mablag‘lari yoki boshqa mulkiy qiymatliklarni jalb qilishni xarakterlaydi. Korxonada ishlatilinadigan qarz kapitalini hamma shakli o‘zida uning belgilangan vaqtda qaytarilish talab qilinadigan moliviy majburiyatlarini bildiradi.
2. Foydalanish maqsadlari bo‘yicha korxona tarkibida quyidagi kapitallar shakllariga ajratish mumkin: ishlab chiqarish, ssuda va (sudxur)spekulyativ.
Dostları ilə paylaş: |