Korxonada buxgalteriya balansi tuzilishi va tarkibi haqida tushuncha.
Хo’jalik subyektlarini boshqarish uchun, eng avvalo, ulardagi mablag’lar haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lish kerak. Shu bilan birga ular, mablag’larning qanday turlariga ega va bu mablag’lar qanday manbalardan tashkil topganligini bilish kerak bo’ladi. Bunday ma’lumotlar umumlashtirilgan hodda pul ko’rsatkichlarida ma’lum bir sanaga berilishi kerak. Mablag’lar tarkibi va qanday maqsadlarga mo’ljallanganligini o’rganish uchun ularni iqtisodiy jihatdan guruhlash zarur. Mana shu ma’lumotlar buxgalteriya balansi yordamida olinadi.
Buxgalteriya balansi xo’jalik mablag’larini ularning turlari va tashkil topish manbalari bo’yicha muayyan bir davrga pulda ifodalanib, umumlashtirib aks ettirish va iqtisodiy guruhlash usulidir.
Mablag’lar turlari va ularning manbalarini ajratib ko’rsatish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 7 fevralda 31-sonli buyrug’i bilan qabul qilingan balans ikki qismdan iborat bo’lgan jadval shaklida tuzilgan. Uning chap tomonida mablag’lar turlari va ularning joylanishi keltiriladi va u aktiv qism deb nomlanadi, passiv qism deb nomlanadigan o’ng tomonida mablag’lar manbalari va ularning qanday maqsadlarga atalganligi ko’rsatiladi.2
Buxgalteriya balansi — buxgalteriya hisoboti aniq hisobot sanasida yakunlovchi, mablag‘larning sarflanishi, manbai va maqsadini taʼriflovchi, jamlovchi, umumlashtirilgan jadvalda pul hisobida aks ettiruvchi hujjat. Buxgalteriya balansi korxona, tashkilot, firma va boshqa xo‘jalik yurituvchi subʼektlarning mulkiy holatini qiymat ko‘rinishida taʼriflab beradi.
Buxgalteriya balansi umumlashtirilgan jadval shaklida korxonaning mulklari tarkibini, ularning joylashtirilishini, manbalarini, mablag‘larning sarflanishi va safarbar etilishini hisobot sanasida qiymat jihatidan aks ettiradi.
Balans—korxona mablag’lari va qoplash manbalarining ma’lum davrdagi holatini ko’rsatadi. Hisob-kitob ishlarini xalqaro an’anaviy talablar bo’yicha yuritishga oz bo’lsada yaqinlashtirilishi hamda 1997 yilda joriy qilingan va korxonalar tuzadigan yangi buxgalteriya balansi bozor iqtisodi sari qo’yilgan dastlabki qadam bo’lgan edi.
2D. A. Sotivoldieva Moliyaviy va boshqaruv hisobi (darslik) TDIU Toshkent-2017
Mazkur balans yillar davomida amaliyotda qo’llanildi va uni takomillashtirish va xalqaro standartlarga yanada moslashtirish zaruriyati tug’ildi. Shu sababli ham 2002 yilda yangi schyotlarga asoslangan moliyaviy hisobot shakllari, jumladan, buxgalteriya balansi ham qabul qilindi. Bugungi kunda mazkur balans amalda keng qo’llanilmoqda.
Zamonaviy ish yuritish shart–sharoitiga mos keluvchi balansda aktiv va passiv tomonlari bo’ladi. Aktiv tomonida korxona mablag’lari, passivida esa xo’jalikning o’ziga tegishli manbalar, kreditga va qarzga olingan boshqa manbalar ko’rsatiladi. Aktiv mablag’larning oshishi, passivdagi manbalar va foyda (daromad)ning ko’payishi bilan bog’liqdir. Balansning barcha bo’lim va bandlarini chuqur o’rganish moliyaviy ahvolni to’liq o’zlashtirishning asosini tashkil qiladi. Quyida bugungi kunda amalda bo’lgan, ya’ni 2002 yil 27-dekabrda tasdiqlangan buxgalteriya balansining kengaytirilgan shakli keltirilgan.
Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi, xo‘jalik yurituvchi subyektning mulkiy va moliyaviy ahvoli haqidagi axborotni to‘playdi hamda oshkor qiladi.Buxgalteriya balansida uzoq muddatli va joriy aktivlar, o‘z sarmoyasi, uzoq muddatli va joriy majburiyatlar hamda ularni oshkor qilishda, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolini tahlil qilishda moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun yordam bera oladigan axborotdan iborat bo‘ladi.
Buxgalteriya balansidagi barcha axborot to‘g‘ri oshkor qilinishi va foydalanuvchilarga tushunarli bo‘lishi kerak. Zarur hollarda buxgalteriya balansiga kiritiladigan moddalar ularni tushuntirib beradigan axborotlar bilan to‘ldiriladi
Balans ma’lumotlarida ishlab chiqarishni uzluksiz olib borish uchun zarur bo’lgan va hisobot tuzish davriga qiymat shaklidagi mol-mulki hamda uni qoplashga jalb qilingan manbalari o’z aksini topadi. Bu ko’rsatkichlar mol-mulk hajmi, tarkibi va qiymatini qay darajadaligini ifodalaydi. Shuningdek, mol-mulkning moliyalashtirish manbalari, ya’ni o’ziga tegishli manbalar va chetdan qarzga jalb qilingan manbalar holati ham passivda keltirilgan. Balansdagi har bir band va bo’lim korxonalarning moliyaviy holatiga bog’liq, shuning uchun ham uni chuqur o’rganish lozim.
Balans yordamida xo`jalik mablag`lari, ularning holati, mavjudligi, joylanishi va tashkil topish manbalari to`g`risidagi ma’lumotlarga ega bo`linadi. Balans usulidan faqat buxgalteriya hisobidagina foydalaniladi deb tushunish noto`g`ridir. Bu usuldan rejalashtirish, ta’minot, statistika hisobida va operativ hisobda ham keng foydalaniladi. Shuning uchun ham balans usuli yordami bilan ma’lumotlarni umumlashtirish ko`p fanlarda qo`llaniladigan umumiy usullar qatoriga kiradi. Buxgalteriya hisobida xo`jalik mablag`lari ikki tomonlama, ya’ni ularning tarkibi va joylanishiga hamda kelib chiqish manbalariga ko`ra aks ettirilishi hisobga olinib, balanslar tuzilayotganda ularda aks ettirilayotgan ma’lumotlar tengligiga e’tibor qilinadi. Korxona xo`jalik mablag`larining turlari va joylanishi hamda bu mablag`larning tashkil topish manbalari buxgalteriya balansining ikki tomonini tashkil qiladi. Buxgalteriya balansida korxonaning xo`jalik mablag`lari va ularning tashkil topish manbalari umumlashtirilib, odatda, kunning ohiriga (banklarda) yoki hisobot davridan keyingi oyning birinchi kuniga pul o`lchovida tuziladi. Korxonalarda hisobot davrida sodir bo`lgan xo`jalik muomalalari maxsus hujjatlarda qayd qilinadi. Bu hujjatlarga asoslanib buxgalteriya provodkalari tuziladi va ular buxgalteriya hisobining sintetik schyotlariga tarqatiladi. Hisobot davri ohirida sintetik schyotlar bo`yicha aylanma vedomost tuziladi. Bunda hisobot davri boshidagi har qaysi sintetik schyotning boshlang`ich qoldig`i, hisobot davrida sodir bo`lgan aylanma summasi va hisobot davri ohiriga qoldiq summasi ko`rsatiladi. Shuni qayd qilib o`tish kerakki, korxona xo`jalik mablag`lari va ular manbalarining kundalik xo`jalik faoliyatiga buxgalteriya balansi yordamida to`la baho berib bo`lmaydi. Darhaqiqat, kundalik xo`jalik faoliyatidagi o`zgarishlarni aks ettirib turish uchun buxgalteriya hisobining joriy ma’lumotlarini hisobga oluvchi schyotlar tizimi usulidan foydalaniladi. Lekin xo`jalik mablag`lari va ular manbalarining harakatini, ularda sodir bo`lgan o`zgarishlarni ma’lum bir sanaga to`plab aks ettirish talab qilinadi, chunki bunday yig`ib tasvirlash korxona xo`jalik mablag`larining, bir tomondan, tarkibi va holatidagi davriy o`zgarishni ko`rsatsa, ikkinchi tomondan, ularning tashkil topish manbalaridagi o`zgarishlarni aks ettiradi, shu bilan birga, u xo`jalik faoliyatining holatini iqtisodiy tahlil qilishda zarur hulosalar olish uchun muhim material hisoblanadi.
Balans suzi ikkita lotin suzlaridan iborat bulib, "bis" -ikki karra (marta) va "lanx" -tarozi pallasi, ya`ni muvozanat xolida turgan ikkita tarozi pallasi anglatadi.
Buxgalteriya balansi ikki kismdan iborat jadval kurinishdan iboratdir. Uning chap kismi aktiv deb nomlanadi va unda fakatgina xujalik mablaglari aks ettiriladi, ung tomoni esa passiv deb nomlanib, unda korxona xujalik mablaglarining manbasi va korxona majburiyatlari aks ettiriladi.
Balans ma’lumotlarid aishlab chiqarishni uzluksiz olib borish uchun zarur bo‘lgan va hisobot tuzish davriga qiymat shaklidagi mol-mulki hamda uni qoplashga jalb qilingan manbalar o‘z aksini topadi. Bu ko‘rsatkichlar mol-mulk hajmi,tarkibi va qiymatini qay darajadaligini ifodalaydi.Shuningdek, mol-mulkning moliyalashtirish manbalari,ya’ni o‘ziga tegishli manbalar va chetdan qarzga jalb qilingan manbalar holati ham passivda keltirilgan. Balansdagi har bir band bo‘lim korxonalarning moliyaviy holatiga bog‘liq,shuning uchun hamuni chuqur o‘rganish lozim.
Aktivda:
I bo’lim. Uzoq muddatli aktivlar va II bo’lim. Joriy aktivlar.
Passivda:
I bo’lim. O’z mablag’larining manbalari va II bo’lim. Majburiyatlarga bo’linadi.
Balans ko’rsatkichlaridan quyidagi iqtisodiy ko’rsatkichlarni aniqlab olish mumkin. Aktivlar aylanma va uzoq muddatli kapitallari yig’indisiga teng. Хo’jalik yurituvchi subyektning o’z mablag’lari aktivlaridan majburiyatlarini ayirganiga teng.
Uning aktivi va passivida ham balans moddalari ikkiga bo’lib ko’rsatiladi:
«Aktiv» atamasi lotincha faoliyatli, amal qilish, mavjud bo’lish degan so’zlardan kelib chiqqan. Shuning uchun aktiv deganda mablag’lar qanday amal qilayotganligini, ishlayotganligini ko’rsatuvchi mablag’lar guruhlanishini tushunish kerak.
Dostları ilə paylaş: |