SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2
ǀ
ISSUE 8
ǀ
2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 556
KORXONA VA TASHKILOTLARDA HISOB SIYOSATINI
SHAKLLANTIRISH
Abdullojon Davronov
Toshkent moliya instituti 2-bosqich magistranti
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada byudjet tashkilotlarida hisob siyosatini yuritish masalalari
haqida fikr-mulohazalar bayon etildi.
Kalit so‘zlar:
Hisob,
buxgalteriya, moliya, subyekt, tamoyil, soliq, byudjet,
korxona, tashkilot, farmon.
FORMATION OF ACCOUNTING POLICY IN ENTERPRISES AND
ORGANIZATIONS
ABSTRACT
This article provides feedback on the accounting policies of budget organizations.
Keywords:
Accounting, finance, subject, principle, tax, budget, enterprise,
organization, decree.
Korxonalar – jamiyat ehtiyojini qondirish va foyda olish maqsadida mahsulot ishlab
chiqarish, ishlar va xizmatlar bajarish uchun belgilangan qonun asosida tashkil qilingan
mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lib hisoblanadi. “O‘zbekiston
Respublikasida
korxonalar to‘g‘risida”gi qonunda korxonalarning tashkiliy huquqiy shakllari belgilab
berilgan. Ularning asosiylari davlat, fermer, xususiy, oilaviy, mahalla, to‘liq shirkat,
yopiq
turdagi hissadorlik jamiyati, ochiq turdagi hissadorlik jamiyati, ijara, fermer
xo‘jaliklari va boshqalar hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjet tashkilotlarda buxgalteriya
hisob siyosatini
to‘g‘ri tashkil qilish g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Korxona va tashkilotlarda
buxgalteriya hisobi sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayoni hamda muommolarini kuzatib va
qayd etib qolmasdan, ishlab chiqarish rejasining bajarilishi ustidan tekshiruvni amalga
oshira borib, rejalashtirish, nazorat qilish va iqtisodiyotni
boshqarish ishida asosiy
funksiyani bajaradi
1
.
Shu boisdan ham, hisob ishlarini tashkil qilish masalalariga katta e’tibor qaratiladi.
Hozirgi kunda buxgalteriya hisobi ishlarini tashkil qilishga qo‘yilgan eng asosiy talab
bu - uning kam xarajatli va sodda bo‘lishidir. Korxonada hisob ishlari ana shunday
tashkil etilgandagina, buxgalteriya hisobi yuqori samaraga
hamda yaxshi natijalarga
erishish mumkin. Buning uchun eng avvalo, har bir korxonaning o‘ziga xos tarmoq
1
Vahobov A., Ibragimov A., Ishonqulov N. Moliyaviy va boshqaruv tahlili. T.: “Sharq” NMAK, 2005-y.