Korxona va tashkilotlarda hisob siyosatini shakllantirish



Yüklə 318,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix05.07.2023
ölçüsü318,43 Kb.
#135802
1   2   3
korxona-va-tashkilotlarda-hisob-siyosatini-shakllantirish

ǀ
ISSUE 8 
ǀ
2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 557
xususiyatlarini va boshqa jihatlarini chuqur o‘rganish lozim. Har bir korxonada tashkil 
etilgan buxgalteriya hisobi xo‘jalik faoliyati jarayonida sodir bo‘layotgan xo‘jalik 
muomalalarini uzluksiz kuzatish va uning natijalarini son ko‘rsatkichlarida ifodalash
keyin ularni yoppasiga maxsus hujjatlarda aks ettirishni ta’minlash lozim. Shu bilan 
birgalikda, korxona biznes-rejasini va kelgusidagi strategik dasturlarini tuzishda kerakli 
ma’lumotlar bilan ta’minlashi va ularning bajarilishi ustidan amaliy ravishda nazorat 
olib borishi kerak. Mamlakatimizda buxgalteriya hisobi bo‘yicha umumiy rahbarlik 
vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va auditi 
uslubiyati boshqarmasi zimmasiga yuklatilgan. Bu boshqarma dastlabki hisob 
masalalari bo‘yicha xalq xo‘jaligi tarmoqlariga umumiy rahbarlik qilib, buxgalteriya 
hisobi bo‘yicha kadrlar tayyorlash va ular malakasini oshirish bo‘yicha ish olib boradi 
hamda dastlabki hisobning tipik shakllarini ishlab chiqib, nashr qildiradi, barcha 
xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun majburiy bo‘lgan hisob va hisobot masalalari 
bo‘yicha yo‘riqnoma, uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqadi. 
Buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil qilish bo‘yicha metodologik rahbarlik ham 
Moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va auditi uslubiyati boshqarmasi tomonidan 
olib boriladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika 
vazirligi bilan kelishilgan holda buxgalteriya hisobi schyotlar rejasini, buxgalteriya 
hisobi va hisobotining tipik shakllarini, ulardan foydalanishga oid yo‘riqnomalarni 
tasdiqlaydi, buxgalteriya hisobini yaxshilash va takomillashtirishga doir takliflarni joriy 
qiladi
2
.
Buxgalteriya hisobi — kundalik va umumiy ma’lumotlar olish maqsadida ayrim 
korxona, hissadorlik jamiyati, muassasa, tashkilot va boshqalarning xo‘jalik faoliyatini 
uzluksiz ravishda kuzatish va nazorat qilish tizimidan iboratdir. Buxgalteriya hisobining 
maqsadi foydalanuvchilarni to‘liq, ishonarli, o‘z vaqtida tuzilgan moliyaviy va 
buxgalteriya hisobining boshqa axborotlari bilan ta’minlashdan iborat. 
Rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish uchun pul va moddiy vositalar ehtiyojiga 
asosan hisoblash, taxmin qilinayotgan daromad va mahsulotlar tannarxini rejalashtirish, 
shuningdek, qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘llarini izlash. 
Ishlab chiqarish jarayoni va iqtisodiy ko‘rsatkichlarning haqiqatda bajarilishi va 
biznes-rejalarda mo‘ljallanganini kuzatish, ya’ni xatti-harakatlar mo‘ljallangan rejaga 
qanchalik muvofiqligini belgilash. 
Ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun korxona haqida to‘liq va ishonchli axborot 
bilan ta’minlashni bildiradi. Bu funksiya qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun 
byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobining vazifalari korxona va tashkilot ishlab 
chiqarish xo‘jalik faoliyati vazifalaridan kelib chiqqan holda quyidagilardan tashkil 
topadi: 
1. Belgilangan reja topshiriqlari o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish
2
Norbekov D. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. T.:–“Iqtisodmoliya”, 2006 y. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 

Yüklə 318,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin