Korxona xarajatlari va foydasi, ish haqi va mehnat munosabatlari


Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va kasaba uyushmalarining roli



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə4/4
tarix25.09.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#148060
1   2   3   4
Korxona xarajatlari va foydasi, ish haqi va mehnat munosabatlari

Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va kasaba uyushmalarining roli
Mehnat munosabatlari – ish beruvchilar va yollanma ishchilar oʻrtasidagi mehnatning sharoitlari va mehnatga haq toʻlash boʻyicha munosabatlardir.
Ishga yollash boʻyicha korxona ma’muriyati va ishchilar oʻrtasidagi munosabat mehnat shartnomalari yordamida shakllanadi. Mehnat shartnomalari – korxona ma’muriyati va ishchilar oʻrtasidagi ishga yollash boʻyicha munosabatni namoyon etuvchi va tartibga soluvchi huquqiy hujjat.
Mehnat shartnomalari avvalo ish haqi stavkasi, me’yordan ortiqcha bajarilgan ishlar uchun stavka, dam olish kunlari va tanaffuslar, pensiya fondlari va sogʻliqni saqlashga ajratmalar hamda narxlarning oʻzgarishini hisobga olib iste’molchilik savati qiymatini tartibga solish kabi
jihatlarni oʻz ichiga oladi. Keyin mehnat sharoiti masalalari qarab chiqiladi. Nihoyat, qator tashkiliy masalalar hal qilinadi. Odatda kelishuv bir necha yilga (asosan uch yilga) tuziladi.
Aksariyat ishchi kuchi bozorlarida ishchilar oʻzlarining ishchi kuchini kasaba uyushmalari orqali jamoa boʻlib «sotadilar». Kasaba uyushmalari nisbatan koʻp sonli ishga yollovchilar bilan muzokaralar olib boradi va ularning asosiy iqtisodiy vazifasi ish haqini oshirishdan iborat boʻladi. Kasaba uyushmalari bu maqsadga turli xil yoʻllar bilan erishishi mumkin.
    • Ishchi kuchiga boʻlgan talabni oshirish.
    • Ishchi kuchi taklifini qisqartirish.
    • Kasb boʻyicha malaka darajasini litsenziyalash.

    • 4. Kasaba uyushmalari jamoa shartnomalari tuzishda monopol holatga ega boʻlgan tadbirkorlarga qarshilik koʻrsatish yoʻli bilan ham ish haqi stavkasini oshirishga erishishi mumkin.

Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va kasaba uyushmalarining roli

(IV). ISH HAQINING IQTISODIY MAZMUNI UNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI.


ISH HAQI NIMA?
Ish haqi — mehnatga pul shaklida toʻlanadigan haq; qiymatning oʻzgargan shakli, ish kuchi (taqdim etilgan mehnat xizmati)ning bahosi. Ish kuchi qiymati va narxi bevosita ish haqida ifodalanadi. Ish haqi darajasi mehnat bozorida kelishiladi. Xodim mehnat bozorida mehnatni emas, oʻz ish kuchini sotadi. Ish haqi mehnatning pul shaklidagi bahosi boʻlib, uni ishga yollovchilar (korxona, muassasa, tadbirkor) mehnat qiluvchilarga maʼlum vaqt mobaynida maʼlum miqdordagi va muayyan sifatli ishni bajarganliklari uchun toʻlaydilar. Yollanma xodim uchun ish haqi asosiy daromadi manbai hisoblanadi.
(V). MEHNAT MUNOSABATLARINING IQTISODIY MAZMUNI VA KASABA UYUSHMALARINING ROLI.
MEHNAT NIMA?
Mehnat - jamiyat yoki alohida individ talab va ehtiyojlarini qondirish uchun bajariladigan faoliyat turidir. Mehnat iqtisodiyotda ishlab chiqarish omillaridan biri sifatida koʻriladi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin