Valyuta kurslari o‘rtasida salbiy farq vujudga kelsa:
Debet 8420 “Ustav kapitalini shakllantirishda vujudga kelgan kurslar o‘rtasidagi farq”
Kredit 4610 “Ta’sischilarning ustav kapitaliga hissalari bo‘yicha qarzi” schyotida aks ettiriladi.
Kurslar o‘rtasidagi vujudga kelgan salbiy farq korxonaning zarariga olib boriladi va uning umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foydasidan qoplanadi.
Bunda:
Debet 9620 “Valyo’ta kurslari farqida ko‘rilgan zararlar” aks ettiriladi.
Shahrisabz "Don –xalq rizqi " OAJda ustav kapitali hisobini yuritish
Bugungi kunda respublikamizda turli mulkchilik shaklidagi korxonalar o’z faoliyatlarini amalga oshirib kelmoqda. Bularga davlat mulki shaklidagi, aktsiyadorlik jamiyati shaklidagi, ma’suliyati cheklangan jamiyat shaklidagi, qo’shma korxona shaklidagi va boshqa korxonalar kiradi.
Ustav kapitali - davlat tomonidan korxonaning doimiy tasarrufiga tekinga berilgan moddiy va pul mablag’lari summasidir. Ustav kapitali hiobiga asosiy va aylanma mablag’lar shakllanadi.
Korxonaga asosiy vosita mavjud ishlab chiqarish hajmiga va ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish ob’ektlariga qarab, aylanma mablag’lar esa normativlar asosida beriladi. Normativ yuqori tashkilot tomonidan belgilanadi, ammo ularni taqsimlashni korxonaning o’zi mustaqil amalga oshiradi. Amaldagi tartibga ko’ra korxona ustav kapitali miqdori uning ta’sis xujjatlarida kayd etilgan miqdoriga muvofiq bo’lishi kerak Davlat korxonasi uchun yuqori turgan tashkilotning korxonani tashkil etish va uning balansiga ustav kapitalini o’tkazish to’g’risidagi buyrugi ta’sis xujjati hisoblanadi.
Ba’zi hollarda davlat korxonasining ustav kapitali hajmi o’zgarishi mumkin. Ustav kapitali miqdorini faqatgina yuqori tashkilot o’zgartirishi mumkin.
Aktsiyadorlik jamiyati ustav kapitali uning aktsiyadorlari sotib oladigan aktsiyalarining nominal qiymatidan iborat bo’ladi. Bunda chiqariladigan jami aktsiyalarning nominal qiymati bir xil bo’lishi mumkin. Aktsiyadorlik jamiyatining ustav kapitali miqdori ko’payishi yoki kamayishi mumkin. Ustav kapitalini ko’paytirish qo’shimcha aktsiyalarni joylashtirish yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin. Jamiyat tomonidan qo’shimcha aktsiyalar faqat jamiyat ustavida belgilangan e’lon qilingan aktsiyalar miqdori doirasida joylashtirilishi mumkin. Aktsiyadorlik jamiyati ustav kapitalini kamaytirish favqulodda hollarda yuz beradi va uni ko’paytirishdagi singari
tartibda amalga oshiriladi. Ustav kapitali miqdorining kamayishi aktsiyalar umumiy sonining qisqarishi bilan bog’liq bo’ladi, shu jumladan, jamiyatning o’zi haqini keyinchalik to’lash bilan aktsiyalarni sotib olishi ham shu hisobga kiradi. Amaldagi qonunlarga binoan aktsiyadorlik jamiyati ustav kapitaliga hissa tariqasida pul bilan baholanadigan va ta’sischilar tomonidan jamiyat aktsiyalari haqini to’lash uchun kiritiladigan moddiy boylik mulkiy yoki o’zga huquqlarni to’lashlari mumkin. Jamiyat ta’sis etilayotganda uning aktsiyalari pulini to’lash shakllari jamiyatni tashkil etish to’g’risidagi shartnoma yoki jamiyat ustavida, qo’shimcha aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar pulini to’lash ularni joylashtirish to’g’risidagi qarorda ko’rsatiladi. Aktsiyador ta’sis yig’ilishi belgilangan muddatlarda, ammo jamiyat ro’yxatdan o’tgandan keyin bir yildan kechikmay aktsiyalarning to’liq pulini to’lashi kerak Aktsiyalarni sotib olish muddati o’tganidan keyin aktsiyadorlar jamiyati ularni o’z ixtiyoriga qarab sotishga haqli. Amaldagi qonunlarga muvofiq hissalarga bo’lingan ustav kapitaliga ega bo’lgan jamiyat ma’suliyati cheklangan jamiyat deb ataladi. Bunday jamiyat ustav kapitalidagi bo’lingan hissalar miqdori ta’sis xujjatlarida belgilab qo’yiladi, uning ishtirokchilari majburiyatlar bo’yicha faqat o’z mulki doirasida javob beradi.
Ma’suliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitali faqat muassislarning hissalari hisobiga tashkil topadi va uning ko’payishi yoki kamayishi hammaning roziligi bilan ko’payishi yoki kamayishi bilan yuz berishi mumkin. Jamiyat ishtirokchisi o’z hissasini jamiyat ro’yxatga olingan sanadan keyin bir yil davomida to’lashi lozim.
Dostları ilə paylaş: |