Qo’shma korxona O’zbekiston hamda xorij korxonalari hissalari asosida tashkil topadi. Qo’shma korxonaning ustav kapitaliga hissa tariqasida tabiat resurslaridan, intellektual mulkdan foydalanish huquqi, nou-xau, moddiy va pul vositalari, shu jumladan, chet el valyutasi berilishi mumkin.
Ustav kapitalini buxgalteriyada hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ochilgan:
8310-“Oddiy aktsiyalar” 8320-“Imtiyozli aktsiyalar” 8330-“Pay va qo’yilmalar”.
Ushbu hisobvaraqlar passiv hisoblanadi hamda davlat korxonalari ustav fondining, aktsionerlik jamiyatlar va shirkatlar ustav kapitalining shakllanishi va uning harakatini hisobga oladi. Aktsiyadorlik sarmoyasi ro’yxatga olingan hajmda, biroq hali tugallanmagan emissiya sifatida hisobda aks ettirilar ekan, e’lon qilingan (chiqarilishga ruxsat etilgan), joylashtirilgan (ularga aktsiyadorlar obunasi amalga oshirilgan) hamda muomaladagi, ustavga muvofiq qo’shimcha joylashtirilgan oddiy aktsiyalarning analitik hisobini yuritish lozim.
Misol. Karimov o’zining 1000000 sumlik miqdordagi ulushini Ergashevga sotdi:
Debet8330-“Ustav kapitali Karimov kuyilmasi”-1000000 sum
Kredit8330-“Ustav kapitali Ergashev qo’yilmasi”-1000000 sum.
Ikkinchi xolatda yangi muassis mavjud sarmoyaga qo’shimcha sifatida ustav kapitaliga o’z ulushini qo’shganda muassislar ulushlarining foiz nisbati o’zgaradi.
Misol. 5000000 sum miqdorida ruyxatga olingan ustav kapitaliga ega bo’lgan va muassislari ulushi: Karimovniki-60%, Juraevniki 40% bo’lgan “Bobur” MCHJ yangi a’zo Xasanov B.ni jalb etish hiosbiga o’z ustav kapitalini 6000000 so’mgacha oshirishga qaror qildi. Mazkur xolatda ulushlar nisbati o’zgaradi va quyidagicha ko’rinishga ega bo’ladi:
Karimov-50% (3000000/6000000); Juraev-33,3% (2000000/6000000); Hasanov-16,7% (1000000/6000000).
MCHJ ustav kapitali miqdorining ko’payishi taqsimlanmagan foyda hisobidan ham bo’lishi mumkin. Bu xolatda quyidagicha yozuv qilinadi:
Debet8710-“Hisobot davridagi taksimlanmagan foyda (koplanmagan zarar)”