8330 “Pay va badallar” – xususiy korxonalarda (xususiy savdo va ishlab chiqarish korxonalarida, ma’suliyati cheklangan jamiyatlarda, qo‘shma korxonalarda, xorijiy korxonalarda, sho’ba korxonalarida, qaram xo’jalik jamiyatlarida).
Ushbu schyotlarning barchasi passiv schyotlar bo’lib, ularning kreditida ustav kapitalini vujudga kelishi va ko’payishi, debetida esa uning kamayishi aks ettiriladi.
Debet 4610 “ Ta’sischilarning ustav kapitaliga hissalari bo’yicha qarzi”
Kredit 8300 “Ustav kapitali”, 8310 “Oddiy aksiyalar”, 8320 “Imtiyozli aksiyalar”, 8330 “Pay va badallar”.
Davlat korxonalari asosida tashkil qilingan aksionerlik jamiyatlarida oldingi mavjud ustav kapitali va yangi ustav kapitali o’rtasidagi farq gudvill deb atalib, nomoddiy aktiv sifatida hisobga olinadi va quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 0480 “Gudvill”
Kredit 8310 “Oddiy aksiyalar”, 8320 “Imtiyozli aksiyalar”
Keyingi davrlarda korxonalarning ustav kapitalini ko‘payishi ta’sischilar safini kengayishi yoki oldingi ta’sischilarning hissalarini oshirilishi, aksionerlik jamiyatlarida esa yangi aksiyalarning chiqarilishi yoki oldingi
aksiyalarning nominal qiymati oshirilishi evaziga yuz beradi. Ustav kapitalining bunday yo‘llar bilan ko‘payishi ham yuqorida keltirilgan birinchi yozuv bilan hisobga olinadi. Davlat korxonalarida ustav kapitalini hisobot yilning sof foydasi evaziga ko‘payishi quyidagi yozuv bilan aks ettiriladi:
Debet 8710 “Hisobot yilning taqsimlanmagan foydasi(qoplanmagan zarari)”
Kredit 8300 “Ustav kapitali”
Ustav kapitalining kamayishi ta’sischilarning hissalarini kamaytirilishi yoki ularni ta’sischilar safidan chiqarilishi, aksionerlik jamiyatlarida esa mavjud aksiyalarning nominal qiymatini kamaytirilishi yoki aksiyalar sonini kamayishi evaziga yuz beradi. Davlat korxonalarida ustav kapitali summasi hisobot yilning qoplanmay qolingan zararlariga kamayadi.
Ustav kapitalini kamayishi hisobda quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi:
Ta’sischilarning hissalari kamaytirilganda yoki ayrim ta’sischilar o‘z hissalari bilan ta’sischilar qatoridan chiqib ketganda: