Ushbu chizmaga ko’ra, xususiy kapitalni tasniflashning yuqori bo'g'inida uning moddiylik belgisi turadi. Ushbu belgisiga ko'ra, korxona va tashkilotlarning barcha xususiy kapitalini ikki guruhga, ya'ni moddiy xususiy kapital va nomoddiy xususiy kapitalga ajratish mumkin.
Moddiyxususiykapitaldeganda, korxona va tashkilotlarining moddiy bo'lgan barcha aktivlari tushuniladi. Korxonalarning barcha moddiy xususiy kapitali barcha aktivlaming bir qismi sifatida buxgalteriya balansining
«AKTIV» qismida joylashadi. Nomoddiy xususiy kapital o'z ifodasini nomoddiy aktivlarda topadi. Bu ham buxgalteriya balansining aktiv qismida joylashadi
Xizmat muddati belgisi bo'yicha xususiy kapitalkorxona va tashkilotlarda qancha muddatda iqtisodiy samara berishi, ya'ni foyda keltirish bilan tasniflanadi. Ushbu belgi bo'yicha barcha xususiy kapitalni uzoq muddatli va qisqa muddatli xususiy kapitalga ajratish mumkin. Xizmat muddati belgisi sifatida buxgalteriya hisobida, odatda, bir yillik muddat qabul qilingan. Ushbu muddatga ko'ra bir yildan ko'p xizmat qiladigan xususiy kapital uzoq muddatli,1 yilgacha amal qiladigan xususiy kapital esa qisqa muddatli xususiy kapital hisoblanadi.
Uzoqmuddatlixususiykapitalgaasosiy vositalar, nomoddiy aktivlar (patent, litsenziya, turli huquqlar, yangi g'oyalar va boshqalar) va bir yildan kam bo'lmagan muddatga qo'yilgan qo'yilmalar kiradi. Qisqa muddatli xususiy kapitalni adabiyotlarda (shu jumladan, 2004 yil 1 yanvardan qo'llanilib kelinayotgan buxgalteriya balansida) «aylanma aktivlar» deb ham ataydilar. Ularga ishlab chiqarish zaxiralari, tovar moddiy boyliklar, pul mablag'lari va boshqalar kiradi.