Bu tenglikdan ko'rinib turibdiki, xususiy kapital har bir xo'jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyatining mulkiy va moliyaviy holatini ifodalaydi.
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2004 yil 15 yanvaridagi 5-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobot”ning 5- shaklida xususiy kapitalning tuzilmasi quyidagilardan iboratdir deb ko'rsatilgan: ustav kapitali, qo'shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda, xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar.
1-chizma. Xususiy kapitalning tashkil topish manbalari
Xususiykapitaldeganda, xo'jalik yurituvchi sub'ektga tegishli bo'lgan mulkning qiymati tushuniladi. Bu kapital jami kapital bilan qarzga olingan kapitalning o'rtasidagi farq sifatida aniqlanishi mumkin, ya'ni:
Kx = Kj - Kq
Bunda:
Kx - xususiy kapital.
Kj - jami kapital.
Kq-qarzga olingan kapital
Xususiy kapitalni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun ularni bir qancha belgilar bo'yicha tasniflashni taqozo qiladi. Aksariyat olimlar xususiy kapitalni tasniflash belgilari sifatida ularning turlarini, xizmat muddatlarini, tashkil etish manbalarini olish zarur deb hisoblaydilar.
Ularni tasniflashda moddiylik belgisini, turgan joyi, faoliyatda ishtirok etish darajasini ham e'tirof etish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari,
tasniflash belgilarining tartibini to'g'ri asoslash ham uni o'rganishda muhim omildir. Chunki, bu tizimni aniq belgilash xususiy kapital elementlarini bosqichma-bosqich birinchi, ikkinchi va uchinchi darajali schyotlarda aks ettirish, ular to'g'risidagi ma'lumotlarni umumiylikka qarab yig'ish, jamlash, to'plashning yaxlit tizimini yaratishga imkon beradi. Bu esa nazariy va metodologik jihatdan katta ahamiyat kasb etadi.
Xususiy kapitalni tasniflashning tarkibiy tizimi quyidagi ketma – ketlikdan tashkil topishi lozim: