Korxona xususiy kapital auditi


Faoliyatda ishtirok etish darajasiga ko'ra



Yüklə 156,52 Kb.
səhifə6/26
tarix20.06.2023
ölçüsü156,52 Kb.
#133203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
KORXONA XUSUSIY KAPITAL AUDITI kurs ishi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Turgan
Faoliyatda ishtirok etish darajasiga ko'ra barcha xususiy kapitallar faol va faol bo'lmagan xususiyatlarga ega bo'lishi mumkin. Odatda, aylamna mablag'lar, asosiy vositalarning faol qismi (mashina va mexanizmlar) korxona faoliyatida faol ishtirok etadi va ko'proq foyda keltiradi. Hisob-kitoblar bo'yicha boshqa mijozlarda bo'lgan xususiy kapital, ya'ni Debetorlik qarzlar korxona faoliyatining rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Turgan joyiga ko'ra xususiy kapital ekspluatatsiyadagi, ya'ni foydalanishdagi va zaxiradagi (konservatsiya qilingan) xususiy kapitalga bo'linadi. Foydalanishdagi kapital - bu korxona va tashkilotlarning moliyaviy -
xo'jalik faoliyatini yuritishda qatnashayotgan kapitaldir. Zaxiradagi kapital esa vaqtinchalik qurilishi tugatilmagan binolar, sexlar, ishlab chiqarishga mo'ljallanib sotib olingan, lekin mablag' yetishmasligi sababli vaqtincha omborda turib qolgan uskuna va jihozlardan iboratdir.
Turi va ko'rinish belgisiga ko'ra xususiy kapital real moddiy-tovar boyliklaridan iborat bo'ladi, ya'ni u, bino, inshootlar, materiallar, tayyor mahsulotlar, tovarlar, pul mablag'lari va boshqalar hisobiga shakllanadi. Bular ham buxgalteriya balansida o'z aksini topgan.
Korxona, tashkilot, turli jamiyatlarning xususiy kapitali, asosan, quyidagi manbalar hisobidan shakllanishini kuzatish mumkin, ya'ni: mulk egalarining mablag'laridan, ta'sischilar ulushidan, faoliyatdan olingan foydadan, qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mablag'lardan va hokazolardan.

  1. Ustav, qo’shilgan va rezerv kapitalni buxgalteriya hisobida hisobga olish


Korxonalarda buхgаltеriya hisоbini yuritishning аsоsiy mаqsаdi - хo’jаlik sub’еktlarining bаrchа хo’jаlik muоmаlаlаrini rаsmiy rаvishdа hisоbdа аks ettirish vа mа’lum bir dаvrlаrdа fоydаlаnuvchilаrgа zаruriy mа’lumоtlаrni bеrish hisоblаnаdi. Shu bilan birga, korxona xususiy kapitali harakati, o’zgarishi va tarkibini buxgalteriya hisobida hisobga olish, uni moliyaviy hisobotda aniq va to’liq aks ettirish xo’jalik yurituvchi sub’yekt uchun iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun muhimdir. Korxonalar xususiy kapitalining muhim turi bo‘lib ustav kapitali hisoblanadi.


Ustav kapitali bo’yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

  • Ustav kapitalini korxonalarning ta’sis etilgan kuniga aks ettirish;

  • Ta’sischilar tomonidan o’z ulushlarini belgilangan muddatlarda kiritilishi ustidan nazorat o’rnatish;

  • Ustav kapitalidagi o’zgarishlarni o’z vaqtida va to’g’ri hisobga olish;

  • Chet el investorlari tomonidan chet el valyutasida kiritilgan mablag‘lar bo’yicha valyuta kurslari o’rtasidagi farqlarni to’g’ri hisobga olish;

  • Ta’sischilar bilan olinadigan dividendlar va ularning hissalari bo’yicha hisob-kitoblarni to’g’ri olib borish;

  • Ustav kapitaliga doir ma’lumotlarni moliyaviy hisobotlarda to’g’ri aks ettirish va boshqalar.

21- son BHMS ga muvofiq ustav kapitalining hisobi quyidagi schyotlarda olib boriladi:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin