Korxonada foydani shakillantirish va undan samarali foydalanish yo’llari



Yüklə 7,83 Kb.
tarix13.12.2023
ölçüsü7,83 Kb.
#174483
8-mavzu

Ishlab chiqarish harajatlari

Reja:

Kirish

Asosiy qism

  • Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi
  • Qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish xarajatlarining o’zgarish tamoyillari
  • Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi
  • Ish haqining iqtisodiy mazmuni, tashkil etish shakllari va tizimlari.
  • Xulosa

    Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

  • Jamiyatda moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish jarayoni mehnat quroli va mehnat buyumlaridan tashqari, bevosita jonli mehnat ham o’z ichiga oladi. Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalaridan foydalanib kishining iste’molini qondiradigan mahsulot vujudga keltiriladi.
  • Хo’jalik yuritishning bozor tizimiga o’tish sharoitida mehnatga haq to’lash, ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va xodimlarni himoya qilish sohasidagi davlatning ko’plab vazifalari bevosita korxonalarga berilgan. Mehnatga haq to’lashning shakllari, tizimlari va miqdorini, mehnat natijasiga qarab rag’batlantirishni korxonalar mustaqil o’zlari belgilaydi. «Ish haqi» degan tushuncha hozir qonunchilik asosida ishlamagan vaqtlari uchun ham pul va natura shaklida hisoblangan ish haqining barcha turlarini o’z ichiga oladi.

Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi

  • Tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va uni iste‘molchilarga yetkazib berish bilan bog’liq barcha sarflar ishlab chiqarish xarajatlari deyiladi.
  • Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yokilg’i va energiya uchun qilingan xarajatlar, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalari, foiz to’lovlari va boshqa xarajatlar kiradi.
  • Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi,
  • ya‘ni: T = C + V + M (1)dan C + V yig’indi ishlab chiqarish xarajatlari yoki tannarx deb yuritiladi.
  • Ushbu chizmada xarajatlarning namoyon bo’lishi ko’rsatilgan muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog’liq bo’lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib, iste‘molchiga yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi.

Muomala xarajatlari ikki guruhga bo’linadi

  • Qo’shimcha muomala xarajatlari
  • Sof muomala xarajatlari.
  • Tovarlarni o’rash, qadoqlash, saralash, transportga ortish, tashish va saqlash xarajatlari qo’shimcha muomala xarajatlari hisoblanadi.
  • Bu xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlarining davomi hisoblanib, tovar qiymatiga kiradi va uning qiymatini oshiradi. Xarajatlar tovarlar sotilgandan keyin olingan pul tushumi summasidan qoplanadi.
  • Sof muomala xarajatlari sotuvchi maoshi, marketing (iste‘molchilar talabini o’rganish), reklama va shu kabi xarajatlardan iborat bo’ladi. Sof muomala xarajatlari tovar qiymatini oshirmaydi va ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tovarni sotgandan keyin olingan foyda hisobidan qoplanadi.
  • Korxona ishlab chiqarish jarayonida foydalanadigan resurslar o’z resurslari yoki jalb qilingan resurslar bo’lishi mumkin. Shunga ko’ra xarajatlar ichki yoki tashqi xarajatlarga bo’linadi.

Tashqi xarajatlar korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni tashqaridan to’lov asosida jalb etishi natijasida vujudga keladigan xarajatlar summasidir.

  • Tashqi xarajatlar korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni tashqaridan to’lov asosida jalb etishi natijasida vujudga keladigan xarajatlar summasidir.
  • SHu bilan birga tadbirkorlik faoliyatini ushlab turish uchun zarur bo’lgan to’lov – normal (me‘yordagi) foyda ham renta va ish haqi bilan birga xarajatlarning tarkibiy qismi hisoblanadi.
  • Normal foyda iqtisodiy foydadan farq qiladi. Normal foyda – bu iqtisodiy resurs sifatidagi tadbirkorlik qobiliyatini rag’batlantirib turish uchun to’lanadigan haq hisoblanadi.
  • Sarf-xarajatlarni ichki va tashqi xarajatlarga ajratish, korxona iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish yo’llarini qiyosiy tahlil qilish imkoniyatini beradi.
  • Ishlab chiqarish hajmini o’zgarishiga ta‘sir qilish yoki qilmasligiga qarab xarajatlar doimiy va o’zgaruvchi xarajatlarga bo’linadi.
  • Ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) ta‘sir qilmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi. Bunga korxonaning to’lov majburiyatlari (zayomlar bo’yicha foiz va boshqa), soliqlar (ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo’lmagan turlari), amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qo’riqlash xizmatiga to’lov, uskunalarga xizmat ko’rsatish sarflari, boshqaruv xodimlari maoshi va boshqa xarajatlar kiradi.
  • O’zgaruvchi xarajatlar deb ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga ta‘sir qiladigan xarajatlarga aytiladi. Unga xomashyo, material, yoqilg’i-transport xizmati, ishchilar ish haqi va boshqa sarf-xarajatlar kiradi.
  • Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar yig’indisi umumiy yoki yalpi xarajatlarni tashkil qiladi.
  • Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va barcha band bo’lgan resurslari miqdorini o’zgartirish uchun yetarli bo’lgan davrdir.
  • Ishlab chiqarish rivojlanib borishi uchun ishlab chiqarishni o’rtacha xarajatlari kamayishi lozim, unga quyidagi omillar ta‘sir qilib boradi:
  • Vaqt o’tishi bilan firmaning mahsulot birligi ishlab chiqarish xarajatlarining o’sishiga olib kelishi mumkin. Firmalar faoliyati yiriklashib, kengayib borish, firmaning faoliyatini samarali nazorat qilish va muvofiqlashtirishga harakat qilish va uni boshqarishda qiyinchiliklarni kamaytirib chiqaradi.

Yüklə 7,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin