«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya yoritishda metodologiyaning guruhlash, qiyosiy, tarkibiy, omilli va statistik
usullaridan foydalanildi. Jumladan, qiyosiy tahlil asosida korxonaning moliyaviy,
iqtisodiy samaradorligi bilan marketing samaradorligining bogʻliqligi hamda
farqli jihatlari yoritilgan.
Innovatsion jarayon va innovatsion faoliyat bir maʼnoli atama hisoblanib,
yangilikni yaratish, keng tarqatish va atrof-muhitga joriy etish masalalari hal
etish jarayoni hisoblanadi.
“Innovatsion faoliyat” - yangiliklarni joriy etish, ishlab chiqarish yangi
texnologiyalari negizida raqobatdosh mahsulot yoki xizmat turlarini yaratish va
tijoratlash jarayoni majmuasidan iborat. Bu jarayon gʻoyaning paydo boʻlishi,
uning maqsadini aniqlash va amalga oshirishdan to ishlab chiqarishni tashkil
etish, mahsulot ishlab chiqarish, uni sotish va iqtisodiy samara olishgacha
boʻlgan ishlarni oʻz ichiga oladi.
Innovatsiya yutuqlarining iqtisodiy natijalari ishlab chiqarish jarayonida
moddiy resurslarni, mahsulot birligiga sarflanadigan jonli va buyumlashgan
mehnatni tejashni, kishi boshiga mehnat unumdorligining oshib borishini, atrof-
muhitning ekologik jihatdan ifloslanish darajasini kamaytirishni taʼminlashda,
ishlab chiqarish, ijtimoiy sohada band boʻlganlarning ish haqi va
daromadlarining oʻsib borishi, kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoyalash
darajasini oshib borishi hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlanib borishida
ifodalanadi.
“Innovatsion faoliyat” va “innovatsion marketing” tushunchalari korxona
faoliyatida oʻzaro bogʻliq boʻlib, istalgan korxonada innovatsion marketingni
tashkil qilmasdan turib innovatsion faoliyatdan foydalana boʻlmaydi yoki
innovatsion marketing texnologiyalari joriy qilinmas ekan, uning innovatsion
faoliyati samarali boʻlmaydi.
Hozirgi zamonning mashhur menejment nazariyachisi P. Druker marketing va
innovatsiya atamasini bir-biriga bogʻlab quyidagi fikrlarni aytgan: “ Xar qanday
kompaniyaga foyda olib keluvchi narsa bu- marketing va innovatsiya hisoblanib,
qolgani urinishlarning hammasi esa xarajat yoki zarardir”. F. Kotlerning fikricha,
innovatsion marketing - marketing konsepsiyasi hisoblanib, korxonaning
marketing metodlarini va mahsulotni uzluksiz ravishda takomillashtirishdan
iborat boʻlgan faoliyat deb tarif bergan.
Innovatsion marketingning oʻziga xosligi va biznes uchun dolzarbligini
zamonaviy yetuk adabiyotlarni solishtirib koʻrishga koʻproq eʼtibor beramiz.
Bulardan D.A. Markov oʻzining “innovatsion loyixalarni boshqarish” nomli
mashhur oʻquv qoʻllanmasiga innovatsion marketingni quyidagicha ifoda etgan,
innovatsion mahsulotni yaratish jarayoni, innovatsion mahsulotni oʻsish