Korxonada marketingning funksiyalarining mazmun mohiyatiga ilmiy sharh


«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix21.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#158770
1   2   3   4   5   6   7   8
ZDIT17038

«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya 
va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
strategiyasini ishlab chiqish, yangi mahsulotga narx oʻrnatish, muvofaqqiyatlar 
boʻyicha imkoniyatlarni aniqlab yangi mahsulotni bozorga chiqarish deb eʼtirof 
etgan. 
Marketing va innovatsiya tushunchalari hozir kunning yangiligi emaski, bu 
tushunchalarni oʻtgan asrda ham tadbirkorlar va siyosatchilar oʻz faoliyatlarida 
qoʻllab kelib, dolzarbligini taʼkidlab oʻtganlar. Oʻsha vaqtda bu boʻyicha umumiy 
tushunchalar boʻlsada, “innovatsion marketing” nima yoki innovatsiya haqida 
soʻz ketganda yangi koʻrinishdagi oziq-ovqat va isteʼmol tovarlari, texnika va 
texnologiyalarga oid, shu gʻoyalarni ijtimoiy koʻrinishda boʻlishi, maxsulot yoki 
xizmatlarni oson va samarali tijoratlashtirish degan fikrlar olgʻa surilgan. 
XXI-asr, yaʼni axborot asriga kelib butun dunyo olimlari-yu hamda 
tadbirkorlari marketing va innovatsiyani biri-biriga yaqin aloqador deb 
toʻlaqonli tan olinganligi hamda zamonaviy korxonalar faoliyatida innovatsion 
marketing texnologiyalaridan foydalanish davr talabi ekanligi hammamizga 
maʼlum. Bozordagi murosasiz raqobat sharoitida mahsulot yoki korxonani 
davomiyligini taʼminlash uchun innovatsion marketing faoliyatining quyidagi 
koʻrinishlari vujudga kelgan; boshlangʻich innovatsion gʻoyalarni qidirish va 
innovatsion salohiyatni aniqlash boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish, yangi maxsulot 
realizatsiyasi va yangi faoliyat (xizmat) turini yaratish yoki barcha innovatsion 
jarayonlarni boshqarish boʻyicha yangi metodlar ishlab chiqish, sotishni 
muvofiqlashtirish uchun yangi sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlarini 
kiritish lozimligini aytib oʻtishimiz mumkin. 
Bugungi kunda “Innovatsion marketing” - marketing faoliyatida yangi paydo 
boʻlgan yoʻnalish hisoblanib, innovatsion mahsulot va xizmatlarni 
shakllantirishda ishlab chiqarish texnologiyalarni joriy qilish hamda ushbu 
innovatsion gʻoyani tijoratga tayyorlashni amalga oshiradi. U korxonaga 
innovatsion mahsulotni maksimal samara bilan joriy qilish imkonini beradigan 
usul 
va 
vositalar 
majumidan 
foydalanadi. 
Innovatsion 
marketing 
texnologiyalarini oʻz vaqtida qoʻllash innovatsiyalar ishlab chiqish bilan bogʻliq 
risklarni pasaytiradi, chunki ular potensial talabni baholash, maqsadli bozor 
segmentini aniqlash va ishlanmalarni davom ettirish kerakmi, ular kutilgan 
samarani beradimi degan savollarga javob berishga imkoniyat yaratadi. 
Xizmat koʻrsatishda esa “innovatsion marketing”, ayirboshlash natijasida 
yangiliklarga boʻlgan extiyojni qondirish orqali foyda olishga yoʻnaltirilgan inson 
faoliyati majmuini hisoblanadi. Bu faoliyat yangiliklarga extiyojni aniqlashdan 
tortib yangi innovatsion xizmatlarni yaratish, bozorga kirib borish, 
xizmatlarning xayotiylik davri, amaliyotda qoʻllash, innovatsion xizmatlarni 
sotib olish uchun xaridorlarni qiziqishini orttirish, yangiliklarga boʻlgan talabni 



160 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin