`
156
«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya
va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
KORXONADA MARKETINGNING FUNKSIYALARINING MAZMUN-
MOHIYATIGA ILMIY SHARH
Sattorova S.B.
1
1
TDTU talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.6636127
Annotatsiya:
Ushbu maqolada korxonalardagi marketingning funksiyalarini
asos qilib keltirilgan. Xususan, innovatsion faoliyati
va innovatsion marketing
farqlari ko’rsatib berilgan.Innovatsion marketing hozigi zamonda qanchalik
muhim jihatlardan ekanligini batafsil yoritib berilgan.
Tayanch so’zlar:
Innovatsiya innovatsion faoliyat,
innovatsion marketing,
an’anaviy marketing, bozor segmenti, innovatsion mahsulot, innovatsion xizmat
Jahon iqtisodiyotining muhim infratuzilmaviy tarmoqlaridan biri transport
tizimi boʻlib, uni rivojlantirish har bir mamlakatning iqtisodiy siyosatining
ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Butun
dunyoda xalqaro savdo va
iqtisodiy aloqalarning globallashuvi, ichki va tashqi bozorda yuqori raqobatga
ega boʻlishi, tadbirkorlik va turistik salohiyati
transport tizimining
rivojlanganligi bilan belgilanadi. Jahon bankining maʼlumotlariga koʻra yillik
transport xizmatlari koʻrsatish hajmi 4,2 trln. AQSH dollarini, shundan avtomobil
transportining ulushi 2,1 trln. AQSH dollarni tashkil etib, dunyo YAIM tarkibida
10 foizga borib yetgan. Xalqaro transport xizmatlari bozorida murosasiz raqobat
kechayotgan bir paytda isteʼmolchilar talabini qondirish va yangi hududlarni
egallash uchun innovatsion marketing faoliyatini
tashkil qilish har bir
rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlar taraqiyotining eng muhim
vazifalaridan hisoblanadi.
Soʻngi oʻn yillikda mamlakatimizda transport xizmatlari bozori va uning
muhim infratuzilmasini tashkil etish hamda rivojlantirishga alohida eʼtibor
qaratildi. Avtombil transporti Respublika transport tizimining yetakchi tarmogʻi
boʻlib, ushbu transport turi zimmasiga umumiy tashilayotgan yuklarning 93
foizdan, yoʻlovchilarning 98 foizdan koʻprogʻi, shuningdek, mamlakat yalpi ichki
mahsulotining 10 foizi, ishlab chiqarish fondlarining 15 foizi va mehnatga band
boʻlganlarning 4 foizi toʻgʻri keladi.
Transport korxonalarida tizimida rentabellik darajasining pastligi, uning aholi
salomatligi va ekologiyaga taʼsiri
talab darajasida emasligi, shuningdek,
iqtisodiyotning real sektorlarida transport xarajatlari ulushining yuqoriligi,
hududlarning yoʻl tarmoqlari va infratuzilma
obyektlari bilan notekis
taʼminlanishi aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining transport xizmatlariga boʻlgan
talablarini baho va sifat jihatdan qondira olmayapti. Shu boisdan, samarali va
isteʼmolchilarga yoʻnaltirilgan transport xizmatlarini koʻrsatish uchun transport