«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya strategiyasini ishlab chiqish, yangi mahsulotga narx oʻrnatish, muvofaqqiyatlar
boʻyicha imkoniyatlarni aniqlab yangi mahsulotni bozorga chiqarish deb eʼtirof
etgan.
Marketing va innovatsiya tushunchalari hozir kunning yangiligi emaski, bu
tushunchalarni oʻtgan asrda ham tadbirkorlar va siyosatchilar oʻz faoliyatlarida
qoʻllab kelib, dolzarbligini taʼkidlab oʻtganlar. Oʻsha vaqtda bu boʻyicha umumiy
tushunchalar boʻlsada, “innovatsion marketing” nima yoki innovatsiya haqida
soʻz ketganda yangi koʻrinishdagi oziq-ovqat va isteʼmol tovarlari, texnika va
texnologiyalarga oid, shu gʻoyalarni ijtimoiy koʻrinishda boʻlishi, maxsulot yoki
xizmatlarni oson va samarali tijoratlashtirish degan fikrlar olgʻa surilgan.
XXI-asr, yaʼni axborot asriga kelib butun dunyo olimlari-yu hamda
tadbirkorlari marketing va innovatsiyani biri-biriga yaqin aloqador deb
toʻlaqonli tan olinganligi hamda zamonaviy korxonalar faoliyatida innovatsion
marketing texnologiyalaridan foydalanish davr talabi ekanligi hammamizga
maʼlum. Bozordagi murosasiz raqobat sharoitida mahsulot yoki korxonani
davomiyligini taʼminlash uchun innovatsion marketing faoliyatining quyidagi
koʻrinishlari vujudga kelgan; boshlangʻich innovatsion gʻoyalarni qidirish va
innovatsion salohiyatni aniqlash boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish, yangi maxsulot
realizatsiyasi va yangi faoliyat (xizmat) turini yaratish yoki barcha innovatsion
jarayonlarni boshqarish boʻyicha yangi metodlar ishlab chiqish, sotishni
muvofiqlashtirish uchun yangi sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlarini
kiritish lozimligini aytib oʻtishimiz mumkin.
Bugungi kunda “Innovatsion marketing” - marketing faoliyatida yangi paydo
boʻlgan yoʻnalish hisoblanib, innovatsion mahsulot va xizmatlarni
shakllantirishda ishlab chiqarish texnologiyalarni joriy qilish hamda ushbu
innovatsion gʻoyani tijoratga tayyorlashni amalga oshiradi. U korxonaga
innovatsion mahsulotni maksimal samara bilan joriy qilish imkonini beradigan
usul
va
vositalar
majumidan
foydalanadi.
Innovatsion
marketing
texnologiyalarini oʻz vaqtida qoʻllash innovatsiyalar ishlab chiqish bilan bogʻliq
risklarni pasaytiradi, chunki ular potensial talabni baholash, maqsadli bozor
segmentini aniqlash va ishlanmalarni davom ettirish kerakmi, ular kutilgan
samarani beradimi degan savollarga javob berishga imkoniyat yaratadi.
Xizmat koʻrsatishda esa “innovatsion marketing”, ayirboshlash natijasida
yangiliklarga boʻlgan extiyojni qondirish orqali foyda olishga yoʻnaltirilgan inson
faoliyati majmuini hisoblanadi. Bu faoliyat yangiliklarga extiyojni aniqlashdan
tortib yangi innovatsion xizmatlarni yaratish, bozorga kirib borish,
xizmatlarning xayotiylik davri, amaliyotda qoʻllash, innovatsion xizmatlarni
sotib olish uchun xaridorlarni qiziqishini orttirish, yangiliklarga boʻlgan talabni