«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya -
anʼanaviy marketing vositalaridan innovatsion mahsulotlarni siljitishda
foydalanish;
-
anʼanaviy mahsulotni innovatsion marketing vositalari bilan siljitishda
foydalanish;
-
innovatsion marketingdan ham anʼanaviy mahsulotlarni, ham innovatsion
mahsulotlarni siljitishda qoʻllash.
Korxonada marketing faoliyatini tashkil etishi I. Ansoff va koʻplab xorijiy
tadqiqotlar tomonidan “mahsulot-bozor” partfeli doirasidagi muhim bir
yoʻnalish sifatida oʻrganilgan. Har bir mahsulot bozordagi talabning har qanday
sharoitida sotilishi va uning iqtisodiy natijadorligi bilan belgilanadi. Shuning
uchun biz mavjud boʻlgan va innovatsion mahsulotni bozorga siljitishda
pozitsiyasini belgilovchi “mahsulot-talab-marketing” matritsasi ishlab chiqildi.
“Mahsulot-talab-marketing” matritsasida biz kordinataning x,y,z - oʻqlariga
quyidagilarni joylashtirib chiqamiz:
x-mavjud va innovatsion mahsulotlar guruxi,
u-doimiy va yashirin talab sharoiti,
z-anʼanaviy va innovatsion marketingdan foydalanish imkoniyat
lari berilgan.
Ushbu kordinataning x,y,z – oʻqlariga mahsulotlar va marketing
texnologiyaning foydalanish boʻyicha oʻzgarish natijasida bozor holati, unga
koʻra qanday pozitsiyada amalga oshirish imkoniyatini beradi. Kordinatadagi x
va z oʻqlarini quyidagi munosabatlarida bozordagi talabning oʻzgarishini
izohlaymiz:
1.Anʼanaviy marketing – anʼanaviy mahsulot;
2.Anʼanaviy marketing – innovatsion mahsulot;
3.Innovatsion marketing – anʼanaviy mahsulot;
4.Innovatsion marketing – innovatsion mahsulot;
`
162
«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya