Mehnat unumdorligini o’lchash usullari
Natural usul
Qiymat usul
Mehnat usuli
Natural usul
Bir xildagi, turdosh mahsulotlari ishlab chiqishda ishlab chiqarish jarayoning unumdorligini ifodalashda qo‘llaniladi.
Afzalligi - qulay, tushunarli, mahsulot ishlab chiqarish jarayonining xususiyatlarini aks ettiradi.
Kamchiligi - keng miqyosda qo‘llash mumkin emas, chunki iqtisodiyotning ko‘plab tarmoqlari, aksariyat korxonalar faqat bir xil mahsulot ishlab chiqarishga ihtisoslashmagan
Natural usul
Ish soati uchun mehnat unumdorligini hisoblash:
MU = MH / Tsoat,
bu yerda:
MU – bir ish soati uchun mehnat unumdorligi;
MH - ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi;
Tsoat - ma’lum hajmdagi mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan ish soatlari soni.
Misol. Agar korxonaning 10 nafar ishchisi bir hafta mobaynida 800 ta detal ishlab chiqargan bo‘lsa, har bir ishchining ishlab chiqargan detali quyidagicha bo‘ladi:
1) 800:10 = 80 (bir ishchi uchun)
2) 80 : 5 = 16 (1kun uchun, haftada 5 ish kuni)
3) 16 : 8 = 2 (1 soat uchun, 1kunda 8 soat ish kuni)
Demak korxonada 2 ta detal ishlab chiqarish uchun 1 soat vaqt sarflanadi yoki 1 soatda 2ta detal ishlab chiqariladi.
Qiymat usul
Turdosh bo‘lmagan mahsulotlarni ishlab chiqarish samaradorligini ifodalash ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, qiymat (pul) birligida o‘lchanadi.
Afzalligi - mehnat unumdorligini tarmoqlar bo‘yicha, turli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi koxonalarda o‘lchash imkonini beradi.
Kamchiligi - inflyatsiya jarayonlarini aniq hisobga olinmasa, olingan ko‘rsatkich taxminiy natijaga ega bo‘ladi; mahsulot ishlab chiqarishdagi ichki, tarkibiy sifat o‘zgarishlari aniq aks etmaydi.
Qiymat usul
Ish soati uchun mehnat unumdorligini qiymat usulda hisoblash:
MU = MHpul qiymati / Tsoat,
bu yerda:
MU – bir ish soati uchun mehnat unumdorligi;
MH - ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining puldagi ifodasi;
Tsoat - ma’lum hajmdagi mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan ish soatlari soni.
Misol. Agar korxonaning 10 nafar ishchisi bir hafta mobaynida 20mlnlik mahsulot ishlab chiqargan bo‘lsa, har bir ishchining pul qiymatdagi mehnat unumdorligi quyidagicha bo‘ladi:
1) 20mln:10 = 2 mln (bir ishchi uchun)
2) 2mln : 5 = 400 ming (1kun uchun, haftada 5 ish kuni)
3) 400 ming : 8 = 50 000 (1 soat uchun, 1kunda 8 soat ish kuni)
Demak 1 ishchining 1 soat uchun pul qiymatdagi mehnat unumdorligi 50 000.