Korxonalar Iqtisodiyoti va Menejmenti



Yüklə 163,13 Kb.
səhifə3/3
tarix06.12.2022
ölçüsü163,13 Kb.
#72781
1   2   3
8-mavzu.Mehnat unumdorligi

Mehnat usuli

  • norma-soatlarida ifodalanuvchi ishlab chiqarilgan mahsulotning unga ketgan haqiqiy vaqt sarfiga nisbatan iborat bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarishga ketgan mehnat sarfini unumdorlik nuqtai nazaridan baholashi imkonini bildiradi.
  • Afzalligi – iqtisodiyotning barcha sohalarida ishlatilishi mumkin, taqqoslashga qulay.
  • Kamchiligi - bu usulda mehnat unumdorligini o‘lchash ko‘p vaqtni, xarajatni talab qiluvchi o‘lchash va hisob ishlarini talab qiladi.

Mehnat usuli

  • MU = T(haqiqiy)/T(norma)
  • Masalan, Norma bo’yicha 1 ta mahsulot ishlab chiqarish uchun 2 soat sarflanishi rejalashtirilgan, lekin bu mahsulotni ishlab chiqarish uchun 2.1soat sarflandi.
  • Demak, bunda 2.1/2= 1.05, berilgan norma vaqtdan 5 % kam samarali foydalanilgan.

Mavjud bo’lgan mehnat resurslaridan foydalanish koeffitsienti

Mavjud bo’lgan mehnat resurslaridan foydalanish koeffitsienti

U quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

МК=Mri/Mrj

Bunda:

Mk – mehnat resurslaridan foydalanish koeffitsienti;

Mri - haqiqatda ishlagan jami mehnat resurslari, kishi;

Mrj - mavjud bo’lgan jami mehnat resurslari, kishi.

Masalan. Korxonaning jami mehnat resurslari soni 80 kishi. O’tgan ish kunida 77 nafar ishchi ishladi. Shu kun uchun Mavjud mehnat resurslaridan foydalanish koeffitsent = 77/80=0.96

Korxonalarda mehnat unumdorligining oshishi quyidagi tarzda namoyon bo’ladi:


vaqt birligi mobaynida yaratiladigan mahsulotning sifati o’zgarmagan holda hajmi oshishi;
vaqt birligi mobaynida yaratiladigan mahsulotning hajmi o ’zgarmagan holda sifat oshishi;
ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga mehnat sarflarining qisqarishi;
mahsulot tannarxida mehnat sarflari ulushi kamayishi;
tovarlar ishlab chiqarilishi va aylanishi vaqti qisqarishi;
foyda massasi va me’yori oshishi

Mehnat unumdorligini oshirish manbalarini quyidagi yo’nalishlarini keltirish mumkin:


Ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirish
Ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishni yaxshilash
Тashqi tabiiy sharoitlarni o’zgartirish
Ishlab chiqarishdagi tuzilmaviy o’zgarishlar
1. Ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirish:
ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish;
yangi uskunalarni tadbiq etish;
yangi texnologik jarayonlarni tadbiq etish;
mahsulotlarning konstruktiv xususiyatlarini oshirish;
xom-ashyo va yangi konstruktiv materiallarning sifatini oshirish;
2. Ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishni yaxshilash:
xizmat ko’rsatish me’yori va hududini oshirish;
me’yorlarni bajarmaydigan xodimlar soni kamaytirish;
boshqaruv strukturasini soddalashtirish;
hisob-kitob ishlarini mexanizatsiyalash;
ish vaqtini o’zgartirish;
ishlab chiqarishning ixtisoslashganlik darajasini oshirish;
3. Тashqi tabiiy sharoitlarni o’zgartirish:
xom ashyolarni yaratish,
yer osti boyliklarini qazib olishni shart-sharoitlari;
foydali qazilmalarni saqlashni o’zgartirish;
4. Ishlab chiqarishdagi tuzilmaviy o’zgarishlar:
mahsulotlar alohida turlarining hissasini o’zgartirish;
ishlab chiqarish dasturining mehnat sig’imini o’zgartirish - eng qulay darajasini aniqlash;
sotib olingan yarim fabrikatlar va komplektlaydigan mahsulotlar hissasini o’zgartirish;
yangi mahsulotlar hissasini o’zgartirish.

Mehnat unumdorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy omillarga quyidagilar kiradi:


mehnat natijalaridan moddiy va ma’naviy manfaatdorlik;
xodimlarning malaka darajasi, ularning kasbiy tayyorgarligi sifati va umumiy madaniy-texnikaviy saviyasi;
mehnatga munosabat va mehnat intizomi darajasi;
mehnat jamoalari o‘z-o‘zini boshqarishining rivojlanishi.
Yüklə 163,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin