Korxonalar moliyasini boshqarish reja moliyaviy qarorlar qabul q
Qisqa muddatli istiqbolga mo‘ljal Biroq, ba’zan menejerlarni biznes ishlarini xolisona boshqarishga undash uchun yutilib ketish tahdidlari yetarli bo‘lmaydi.
Xususan, menejer o‘z harakatlarida qisqa muddatli istiqbolga asoslanganda yutilib ketish tahdidi samarasiz bo‘lib chiqishi mumkin. Aksiyadorlar manfaatlari uzoq muddatli daromadlilikka mo‘ljallanganda eng yaxshi tarzda ta’minlanadigan bir vaqtda, menejerlar manfaatlariga qisqa muddatli istiqbol (short termism)ga asoslanish orqali erishilishi mumkin. Bunday holat, menejerlar fikricha, ularning martabalari ushbu biznes bilan faqat ikki-uch yil mobaynida bog‘liq bo‘lgan, so‘ngra esa ular boshqa ishga o‘tib ketadigan vaziyatda yuz beradi. Shu tufayli ularning obro‘-e’tibori o‘z harakatlarining yakuniy natijasiga emas, balki ular hozircha ishlab turgan kompaniyada nima yuz berayotganligiga bog‘liq bo‘ladi. Boshqa, ehtimol, yanada muhim sababi boshqaruv xodimlariga haq to‘lash tizimi qo‘llanishidan iborat bo‘lib, bunda ish haqi miqdori joriy foyda hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu har ikki sabab qisqa muddatli istiqbol uchun mo‘ljalga moyillikni yuzaga keltirishi mumkin.
Menejmentni qisqa muddatli istiqbolga asoslanishga undashi mumkin bo‘lgan boshqa omil, menejerlar fikricha, investorlar uchun mazkur biznesga faqat qisqa muddatli mablag‘lar sarflanishi qiziqarli bo‘ladigan vaziyatdan iborat. Agar bunday nuqtai nazar to‘g‘ri bo‘lsa, bu menejerlari zudlik bilan foyda olishga yo‘naltirilgan qarorlar qabul qilmaydigan kompaniyalar aksiyalari narxi pasayishini anglatadi. Shunday qilib, menejerlar quyidagi ikki sababga ko‘ra qisqa muddatli istiqbolda foyda olishga ko‘maklashishlari mumkin:
Yuqorida ko‘rib chiqqanimizdek, menejerlar ish haqi ko‘pincha kompaniyalar aksiyalari narxiga bog‘liq bo‘ladi: narx qanchalik yuqori bo‘lsa, mukofot puli shunchalik kattaroq bo‘ladi;
Aksiyalarning past narxi biznesning yutilib ketishiga olib kelishi mumkin.
Demirag (Demirag 1998) shunday misollar keltiradiki, kompaniya menejerlari fikricha, investorlarning o‘zlari qisqa muddatli foyda olishga moslashadilar. Bu ushbu muallifning oldingi ishlarida ham tasdiqlanadi. Aksincha, Marston va Kreyven (Marston and Craven 1998) investorlarning uzoq muddatli foyda o‘rniga qisqa muddatli foyda olishga amalda moyilliklarining ishonchli dalil-isbotlari yo‘qligi to‘g‘risida xulosa chiqaradilar. Mazkur mualliflar shuni ham aniqlashganki, shunga qaramay, menejerlar haqiqatan ham investorlarga nisbatan shunday nuqtai nazarga egalar. Ushbu xulosalarni e’tiborga olib taxmin qilish mumkinki, menejerlar aksiyadorlar buning tarafdori deya xato o‘ylab qisqa muddatli investitsiyalarga ustunlik berishga moyil bo‘ladilar. Shunga qaramay, ushbu farazni tasdiqlaydigan jiddiy dalil-isbotlar yo‘q.
Kitobning keyingi boblarida biznesning asosiy moliyaviy maqsadi – aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirish ekanligiga asoslanamiz. Biroq shuni doimo yodda tutishimiz kerakki, amaliyotda ushbu maqsad asosida qabul qilinadigan qarorlar kompaniyaning moliyadan tashqari vazifalariga zid kelishi mumkin. Agar shunday bo‘lsa, yakuniy qaror kelishtiruvchi qaror bo‘lishi mumkin.