Korxonalarda innovatsion faoliyatni tashkil qilish usullari


Innovatsion jarayonning asosiy bosqichlari va uning menejmenti



Yüklə 389,92 Kb.
səhifə3/20
tarix14.06.2023
ölçüsü389,92 Kb.
#129744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
..........

1.2. Innovatsion jarayonning asosiy bosqichlari va uning menejmenti


O’zbekistonning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi jahon bozorida milliy mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarning erkin savdosini tashkil etish va keskin raqobat sharoitida mamlakatlararo tovar ayriboshlash sohasida o’z o’rnini topishga zamin yaratadi. Buning uchun mamlakatning ilmiy va texnologik salohiyatini ko’tarish, birinchi navbatda, iqtisodiyotining barcha tarmoqlari, jumladan, ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish sohalarida texnik darajani tiklash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, ilmiy texnika taraqqiyoti mahsulotlarini amaliyotga joriy etishni jadallashtirishga katta e’tibor qaratish lozim. Fan va texnikani zamon talablariga mos tarzda rivojlantirish borasida innovatsion jarayonlarning amalga oshirilishiga, yuqori texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etilishiga bevosita ta’sir etuvchi real omillarni aniqlash juda muhim hisoblanadi. Bunday omillar ko’p qirrali bo’lib, ularga:

  • iqtisodiyotni erkinlashtirish va tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish; yangi g’oya va innovatsion loyihalarning soha yoki alohida olingan tarmoq yoki tashkilot maqsadlariga mos kelishini ta’minlash;

  • loyihalarni tanlash, ularni ekspertiza qilish va baholashda xolis va samarali tizimini joriy etish;

  • samarali boshqaruv va nazorat me’yorlarini ishlab chiqish, ijodiy g’oyalar manbaini yaratish;

  • tashkilotlarning yangiliklarga nisbatan moyilligini rag’batlantirish;

  • ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlarning shaxsiy va jamoaviy manfaatlarini kafolatlash bilan bir qatorda ularning javobgarligini oshirish va boshqalar kiradi.

Korxonalar boshqaruv faoliyatida innovatsion jarayonlarni tadqiqini innovatsion so’zining ma’nosi ingliz tilidagi innovatsion so’zidan olingan bo’lib yangilik va yangilik kiritish degan ma’noni bildirishini eslatib o’tamiz.
G’oyalarni vujudga kelish, ularni shakllanish va amaliyotda tadbiq etilishigacha bo’lgan davrini innovatsiyaning hayoti sikl deb atash mumkin. Innovatsiyaning hayotiy siklini innovatsion jarayonlar tashkil etadi. “Innovatsiya” va “innovatsion jarayon” atamalari bir biriga juda yaqin lekin bir xil tushunchalar emas. Innovatsion jarayon deganda yangiliklarni shakllantirish, o’zlashtirish va targ’ib etishni tushunish mumkin. Innovatsiya tashkilotchilari (novatorlar) asoslangan kriteriyalarga binoan ish yuritishadilarki, ijobiy natijalar sifatida iqtisodiy samaradorlik yaqqol namoyon bo’ladi. Innovatsion jarayonning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:

  • kelib tushayotgan fikrlarni tizimlashtirish; g’oyani aniqlanishi va yangi mahsulotni g’oyasini ishlab chiqish;

  • yangi mahsulotni iqtisodiy samaradorligini taxlili, marketing

dasturini ishlab chiqish;

ehtimolligi haqida davriy test o’tkazish;

  • marketing dasturiga asoslangan yangi mahsulotni ishlab chiqarishga kiritish haqida qaror qobul qilish.

Innovatsiya jarayonini boshqarish ob’ekti texnik siyosatni ishlab chiqish uchun yuqori darajada maxsuslashtirilgan bo’limlar, ya’ni uyushmalarni, qo’mitalarni yoki ishchi gurhini tuzishni taxmin qiladi:

  • innovatsion faoliyatni nazorat qilish uchun yangi mahsulotni

bo’limlarini va markazlashgan xizmat ko’rsatishni tashkil etish;

  • yangi mahsulot yaratish uchun maqsadli loyiha gurhlarini yoki

markazlarini belgilash;

  • ishlab chiqarish bo’limlarida mavjud bo’lgan II, KI laboratoriyalar, ilmiy markalar bo’limlarini rolini oshirish;

  • innovatsion faoliyatni rag’batlantiruvchi maxsus fondlarni va

venchur bo’limlarni tashkil etish;

  • yangilik kiritish sohasida maslahat berish xizmatlarini tashkil etish;

  • yangi texnologiyalarni o’zlashtirish muammosi bilan shug’ullanuvchi maxsus tarmoqli laboratoriyalarni yaratishdir.


Yüklə 389,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin