Korxonalarda innovatsion faoliyatni tashkil qilish usullari


Korxonalarda innovatsion loyihalarni baholash tartibi va tanlash



Yüklə 389,92 Kb.
səhifə4/20
tarix14.06.2023
ölçüsü389,92 Kb.
#129744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
..........

1.3. Korxonalarda innovatsion loyihalarni baholash tartibi va tanlash

usullari


Bugungi bozor munosabatlari sharoitida xo’jalik yurituvchi subyektlarning raqobatbardoshligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa, xo’jalik yurituvchi subyektlarning texnika va texnologiyalarni takomillashtirishni, yangi texnologiyalar asosida iste’molichilar talablariga mos keladigan raqobatbardoshinnovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni talab qiladi. Mamlakatimizda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash, jahon bozorida raqobatbardoshlikni ta’minlaydigan zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish hamda innovatsion loyihalarni rag’batlantirish borasida ishlab chiqilgan dasturlar asosida so’nggi yillarda juda katta ishlar amalga oshirilmoqda.
“Bugungi kunda ko’plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o’rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so’zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatbardrshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda, iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o’zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko’rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin”5
Bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsion faoliyatni moliyalashtirish davlatning muhim investitsion tadbirlaridan biri bo’lib, quyidagi strategik vazifalar bajarilishini ta’minlaydi:

  • fan-texnikaning ilg’or yutuqlari amaliyotga tatbiq etilishi orqali milliy iqtisodiyotning tarkibiy jihatdan texnologik qayta qurilishini ta’minlash;

  • mamlakat iqtisodiyotining ustuvor yo’nalishida fan texnika va innovatsion potentsialni saqlab qolish va rivojlantirish.

Jahon amaliyoti ko’rsatishicha, global iqtisodiy raqobatda faqatgina fantexnika rivojiga qulay shart-sharoitlar yaratib berilgan mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan xo’jalik subyektlari nisbiy ustunlikka ega bo’ladi. Mutaxassislar fikricha, rivojlangan dunyo mamlakatlari 50 ta makrotexnologiyaning 45 tasiga egalik qiladi, 80-90 % yuqori texnologiyada ishlab chiqarilgan mahsulotlar hamda ushbu mahsulotlar eksportining deyarli barchasi rivojlangan mamlakatlar hissasiga to’g’ri kelmokda6.
Innovatsiyalarni tashkil qilish mohiyati funksiyasi qabul qilingan IK rivojlanish strategiyasini realizatsiya qilish maqsadida belgilangan rejaviy vazifalarni hal qilishni o'z ichiga oladi. Buning uchun kerakli resurslar hajmini belgilash, masalalarini taqsimlash, ijro etuvchilar vaqtini belgilash, ishtirokchilar kooperatsiyasini aniqlash, nazoratni ta'minlash va boshqa ishlar qilish kerak bo'ladi. (2-rasm). Barcha darajadagi boshqaruvchilar faoliyatining salmoqli qismini egallagan innovatsiyalarni tashkil qilish innovatsion menejmentning asosiy funksiyalaridan hisoblanadi. Innovatsion menejmentda tashkil etish qabul qilingan rejaviy qarorlarni samarali bajarish maqsadida innovatsion jarayonning barcha elementlarini vaqt va oraliq bo'yicha maqsadga muvofiq birligini ta'minlaydi, innovatsiyani tashkil qilishni tizimlashtirilishi va turlanishning muhim belgilari bo'lib tashkiliy qarorlarni vujudga kelish vazifalari, shakllari va usullari tushuniladi.
Innovatsion menejmentda innovatsiyani tashkil qilishning turli shakllaridan foydalaniladi. Innovatsiyalar tuzilmasi shakllari mazmun jihatidan innovatsion loyihalarni olib borishda mehnat taqsimotining turli usullaridan iborat. Innovatsiyaning bunday tashkil etish shakllariga konsentratsiya, ixtisoslashganlik, kooperatsiyalanish va kombinatsiyalanishlarni kiritish mumkin.


Yüklə 389,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin