sifatida Iqtisodiy xavfsizlik tizimida insonning, shaxsning iqtisodiy xavfsizligi masalasi alohida o’rin egallaydi. Chunki taraqqiyotning keyingi bosqichlarida qarorlar qabul qilish jarayonlariga jamiyatning ta’siri oshib bormoqda, ya’ni inson omili ta’siri kuchayib bormoqda. Hozirgi davrda insoniy rivojlanish va hayot sifati davlat boshqaruvi samaradorligining mezoniga aylanib qoldi. Bunday holat insonning iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizligi o’rtasida o’zaro bog’liqlik mavjudligini ko’rsatadi.
Insonning iqtisodiy xavfsizligi – bu insonning muhim hayotiy manfaatlarining himoyalanishi uchun shart-sharoitlarning kafolatlangandagi, ijtimoiy taraqqiyot hamda inson va jamiyat himoyasi tizimi ta’minlangandagi holatdir.
Inson shaxsining iqtisodiy xavfsizligi milliy iqtisodiy xavfsizlik, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati bilan belgilanadi.
Mamlakatimizda inson iqtisodiy xavfsizligining huquqiy asosini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, respublika qonunlari va turli qonuniy hujjatlari tashkil etadi.
Alohida fuqarolar va jamiyat inson iqtisodiy xavfsizligining ob’yekti bo’lib hisoblanadi.
Ish o’rinlari, ijtimoiy ta’minot tizimi, moddiy ishlab chiqarish inson iqtisodiy xavfsizligining sub’ekti bo’lib hisoblanadi.
Quyidagilar insonning iqtisodiy xavfsizligi sohasida davlat faoliyatining predmeti bo’lib hisoblanadi:
insonning iqtisodiy xavfsizligi tizimiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan omillarni tahlil va sintez qilish;
ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni takomillashtirish uchun xizmat qiladigan iqtisodiy siyosat va institutsional o’zgarishlarni amalga oshirish.
Insonning iqtisodiy xavfsizligi borasidagi davlat strategiyasi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
ichki va tashqi tahdidlarni tavsiflash;
insonning iqtisodiy xavfsizligi shart-sharoitlariga muvofiq keladigan mezon va iqtisodiyotning holati;
iqtisodiy, huquqiy va ma’muriy choralar asosida insonning muhim manfaatlarini himoyalash;
insonning iqtisodiy xavfsizligi borasidagi davlat strategiyasini bajarilishini nazorat qilish.
Insonning iqtisodiy xavfsizligi fuqarolarning hayot faoliyatini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirishni ko’zda tutadi:
oziq-ovqat bilan ta’minlash;
ish bilan bandlikni ta’minlash;
ta’lim olish uchun sharoit yaratish;
axborot bilan ta’minlash;
tibbiy xizmat ko’rsatish;
pensiya ta’minoti;
shaxsiy jamg’armalarini himoyalash;
uy-joy kommunal xizmatlari ko’rsatish;
ekologik xavfsizlikni ta’minlash.
Insonning iqtisodiy xavfsizligi davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati bilan bog’liq bo’lib, ehtiyojlarni qondirish uchun yetarli bo’lgan daromad darajasini ta’minlashni ko’zda tutadi.
Insonning ijtimoiy xavfsizligi mamlakat iqtisodiyoti, shu jumladan sog’liqni saqlash, ta’lim, madaniyat va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini individning yetarli hajmda va sifatli ne’matlar va xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish imkonini beradigan darajada taraqqiyotga erishishni bildiradi.
Jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar kelib chiqishining bosh sabablaridan biri ishsizlik bo’lib, u iqtisodiy xavfsizlikning eng muhim indikatori sifatida alohida e’tibor qaratilishi kerak bo’lgan muammolar qatorida turadi. Ishsizlik mamlakatda mavjud tabiiy, mehnat, moddiy, iqtisodiy va moliyaviy resurslardan samarali hamda yetarlicha foydalanmaslik holatini anglatadi.
Iqtisodiy nuqtai nazardan ishsizlik deganda ishchi kuchining ish joyi bilan ta’minlanmaganligi, natijada uning biror-bir qonuniy daromad manbaiga ega bo’lmasligining muayyan holati tushuniladi. Boshqacha aytganda, ishsizlik – ishlashni istaydigan mehnatga layoqatli aholining ish bilan ta’minlanmagan qismi. Ishchi kuchi taklifining unga bo’lgan talabdan oshib ketishi natijasida ishsizlik vujudga keladi.
Makroiqtisodiy jihatdan ishsizlik jamiyat mehnat salohiyatidan, ishchi kuchi
majmuasidan ishlab chiqarish omili sifatida to’la foydalanmaganlikdir. SHu ma’noda, ishsizlik ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlariga yoki foydalanilmayotgan tabiiy va moddiy resurslarga teng, ammo ishlab chiqarishning boshqa omillari ortiqchaligidan farq qilib, “ortiqcha” ishchi kuchi bozori iqtisodiyotidagi doimiy voqelikdir.
Ijtimoiy jihatdan ishsizlik daromadlarning pasayishiga olib kelganligi bois nafaqat ishsiz kishining o’zi uchun, balki uning oilasi uchun ham jiddiy muammolarni tug’diradi. Bunday holat oxir oqibatda jamiyatdagi holatga ta’sir ko’rsatadi. Ishsizlik miqyoslarining kengayib borishi noroziliklarni va ijtimoiy beqarorlikni keltirib chiqaradi.
Ishsizlikning keskin ko’payishi iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar (davlat sektorining kamayishi), inflyatsiya hamda xo’jalik yuritishning muqobil shakllari (xususiy korxonalar, hissadorlik jamiyatlari) tez o’smaganligi sababli ko’pgina korxonalarda moliyaviy ahvol yomonlashuvi natijasida yuzaga keladi. Bularning hammasi, tabiiyki, umumiy talab hajmida salbiy aks etadi: davlat ta’siri qisqaradi, investitsiya faoliyati sustlashadi, iste’mol xarajatlari esa inflyatsiya ta’sirida turmush darajasining yomonlashuvi tufayli birmuncha kamayadi.
Amalda ishsizlik tabiiy darajasining eng maqbul miqdori yo’q. Hali hech kim iqtisodiyot uchun ma’lum ishchining ishlab chiqarish bilan shug’ullangandan ko’ra, ishsiz bo’lgani afzal ekanligini isbotlashga erishgani yo’q. Aksincha, yalpi milliy mahsulotni yuqori darajada ishlab chiqarish natijasida ishsizlikning tabiiy darajasi pasayadi. Ammo u maqbul miqdordan yuqori bo’lib qolaveradi. CHunki yalpi milliy mahsulot ishlab chiqarish o’z imkoniyat darajasiga yetmagan bo’ladi46.
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilganligi, ijtimoiy sohalarda ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida ish bilan
bandlik muammolarini ijobiy hal etishga, ishsizlikning oldini olishga erishildi.
Ishsizlikni oldini olish muammosi ayniqsa jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida dolzarb bo’lib hisoblanadi. Ma’lumki respublikamizda inqiroz oqibatlarini bartaraf etish maqsadida 2009 – 2012–yillarga mo’ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturi qabul qilindi va u izchil amalga oshirilmoqda.
2009-yil uchun va yaqin kelajakka mo’ljallangan iqtisodiy dasturlarning eng ustuvor vazifalarini belgilab olishda jahon iqtisodiy inqirozining ta’siri va oqibatlarini yetarlicha to’liq hisobga olish muhim vazifa ekanligi respublika Prezidentining
«Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» asarida alohida ta’kidlab o’tildi.
Bugungi kunda respublikamizda ishsizlikning paydo bo’lish sababalriga ko’ra, quyidagi asosiy turlari ko’p uchramoqda:
tarkibiy, iqtisodiyotning yangi tarmoqlari paydo bo’lishi va mulkchilik shakllarining o’zgarishi bilan yuzaga keladi;
yashirin, bu qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish tarmoqlari uchun xarakterlidir
va haqiqiy ishchi kuchini kam miqdorda talab qiladi. YAshirin ishsizlik ishlab chiqarishning chuqur tanazzuli sharoitida korxonalarda ortiqcha bandlikning saqlanib qolganligidan dalolat beradi;
mavsumiy, ma’lum mavsumda ish bilan bandlikni ta’minlovchi, qishloq xo’jaligi mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularni qayta ishlash hamda tayyorlash muddati bilan asoslangan. Mavsumiy ishsizlikning hajmi ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklif mavsumiy omillarining barobar ta’sir qilishi sifatida namoyon bo’ladi;
texnologik o’zgaruvchan, bu korxonada texnologik o’zgarishlarning amalga oshirilishi va modernizatsiya qilinishi natijasida yuzaga keladi. Masalan, fan-texnika yutuqlari natijasida qo’l mehnati o’rnini texnika egallashi natijasida yuzaga keladi47.
Mustaqil taraqqiyot davrida O’zbekistonda ishsizlikni oldini olish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida ishsizlar soni qisqarib, ishsizlik darajasi chegaraviy miqdorlar doirasida saqlanib qoldi. Xalqaro standartlarga muvofiq ishsizlik darajasi chegaraviy miqdori Xalqaro Mehnat Tashkiloti metodikasi bo’yicha hisoblaganda 7 foiz atrofida bo’lib, uning darajasi shu miqdordan oshib ketadigan bo’lsa, bu iqtisodiyotga tahdid sanaladi. O’zbekistonda ushbu ko’rsatkich hozirda 5 foizni tashkil etadi.
O’zbekistonda 2000-yildan boshlab mehnat organlariga ish izlab murojaat qilganlar soni pasayish tendensiyasiga ega bo’ldi va ushbu tendentsiya 2008- yilgacha davom etdi. 2009-yildan boshlab ish izlayotganlar soni osha boshladi va 2010-yilda 623,3 ming kishini tashkil etdi. (6- jadval).
Bunday holat jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlari bilan bog’liq hisoblanadi. Keltirilgan ma’lumotlardan jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi oqibatlari O’zbekistondagi mehnat bozoriga ham ta’sir qilayotganligidan dalolat beradi. 2000 – 2010– yillar davomida mehnat organlariga ish izlab murojaat qilgan fuqarolar orasida mehnat faoliyati bilan band bo’lmaganlar sonining ham absolyut, ham nisbiy miqdorda o’sganligini ko’rish mumkin. Ushbu ko’rsatkich 2000-yildagi 46,9 foizdan 2010-yilda 56,9 foizgacha oshdi.
Ishsizlarni ishga joylashtirish ko’rsatkichlari, uning darajasi mehnat bozorining eng asosiy ko’rsatkichlaridan bo’lib hisoblanadi. Keyingi yillarda mehnat organlariga ish izlab murojaat qilgan fuqarolarning ishga joylashish ko’rsatkichlarining oshish tendensiyasi ko’zga tashlanmoqda. Masalan, 2000-yilda ushbu ko’rsatkich 66,6 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2010-yilda 87,7 foizga teng bo’ldi.
Rasmiy maqomga ega bo’lgan ishsizlarning ishsizlik sabablariga ko’ra taqsimlanishini tahlili shuni ko’rsatadiki, ularning katta qismini asosan, o’z xohishiga ko’ra ishdan bo’shaganlarlar tashkil etadi (8 – jadval). Tahlil qilinayotgan yillarda rasmiy maqomga ega bo’lgan ishsizlar orasida ularning salmog’i kamaygan. Ushbu yillar davomida ishdan bo’shatilganlar salmog’i ham deyarli ikki barobarga kamaygan. Ayni paytda oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari bitiruvchilari ulushi deyarli ikki barobarga ko’paygan.
Bunday holat respublikada malakali mehnat bozori shakllanib boshlaganligidan dalolat beradi. Buni tasdig’ini ishsiz maqomini olganlar orasida umumiy o’rta (to’liq) ma’lumotga ega bo’lganlar ulushining ortib borganligida ham ko’rish mumkin. Agar 2000-yilda ularning salmog’i 51,3 foiz bo’lgan bo’lsa, 2010-yilda 69,9 foizni tashkil etdi48.
Rasmiy maqomga ega bo’lgan ishsizlarning yosh bo’yicha taqsimlanishi ko’rsatkichlarining tahlili shuni ko’rsatadiki, ularning orasida 16-18 yoshda hamda 50 va katta undan katta yoshdagilarning ulushi sezilarli darajada kamaygan. Ayni paytda boshqa yosh guruhlari salmog’i ortib borgan.
Inqiroz jahon mehnat bozoriga ham kuchli ta’sir ko’rsatganligini quyida keltirilayotgan raqamlardan ham ko’rish mumkin. Xalqaro mehnat tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra, 2010-yilda dunyoda o’rta hisobda 211,5 mln. ishsiz bo’lib, ular iqtisodiy faol aholining 6,6 foizini tashkil etgan. SHulardan 122 millioni erkaklar, 89,5 millioni ayollardir.
Ishsizlikning eng yuqori o’rtacha ko’rsatkichi SHimoliy Afrikada - 10,5 foiz, va shuningdek Janubi – Sharqiy Yevropa va MDHga kiruvchi mamlakatlar guruhida - 10,3 foizni tashkil etgan. Ta’kidlash joizki, 2000 – 2005-yillarda ishsizlikning dunyo bo’yicha o’rtacha ko’rsatkichi 6,2 – 6,4 foizga teng bo’lib, keyinchalik u pasaya boshlagan (2008-2009-yy. – 5,7 – 5,8 foiz), 2010-yilda inqiroz sababli yana oshdi va 6,6 foizni tashkil etdi.
BMT ekspertlarining baholashlariga ko’ra 2010-yilda iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar bo’yicha ishsizlikning o’rtacha ko’rsatkichi 8,6foiz ga, jumladan AQSHda – 9,3 foiz, YAponiyada – 5,4 foiz, Yevropa ittifoqida – 9,2 foiz ga, yevrohudud mamlakatlarida – 9,7foizga teng bo’ldi. Ayni paytda ishsizlik darajasi iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan mamlakatlarda nisbatan past darajada bo’ldi. Masalan, Xitoyda 2010-yilda ishsizlik 2009-yil darajasida qoldi (4,0foiz), Braziliyada esa 9,3 foiz dan 7,9 foiz ga pasaydi. Ishsizlik darajasi ayniqsa yoshlar orasida (16 – 24 yosh) yuqori bo’lib, uning o’rtacha ko’rsatkichi 2010-yilda 14 foiz ni tashkil etdi. 2009-yilda esa 12,2foizga teng bo’lgan edi. 2011-yilda ham ishsizlik darajasining o’sishi kutilmoqda.
Jahon mehnat bozorida vujudga kelgan bunday holat Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) ekspertlari tomonidan “global mehnat bozoridagi inqiroz” sifatida baholandi.
Boshqa mamlakatlardan farqli ravishda O’zbekistonda 2010-yilda Xalqaro mehnat tashkiloti metodikasi bo’yicha hisoblangan ishsizlik darajasi 4,9 foizga teng bo’ldi va 2011-yilda ham deyarli shu darajada saqlanib qoldi. Mamlakatimizda ishsizlik darajasining barqarorlashganligi birinchi navbatda, respublikada ishlab chiqilgan va izchil amalga oshirilayotgan Inqirozga qarshi choralar dasturining samaradorligidan dalolat beradi. Dasturda yangi ish o’rinlarini yaratish, aholini ijtimoiy himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda muhim omil ekanligini hisobga olib, uni jadal rivojlantirish, rag’batlantirish va qo’llab- quvvatlash chora-tadbirlari amalga oshirildi. Respublika hududlarida qurilish materiallari sanoati, oziq-ovqat, yengil sanoat va boshqa tarmoqlarda kichik biznes sohasida faoliyat olib boradigan 480 dan ortiq yangi ishlab chiqarish korxonalari tashkil etildi50. Mamlakatimizda 940 mingdan ziyod yangi ish o’rinlari yaratildi. Ish bilan bandlik muammolari respublikaning qishloq joylarida o’ta dolzarb ekanligidan kelib chiqib, bu yerda 500 mingga yaqin yangi ish o’rinlari tashkil etildi. Sanoat korxonalari bilan kooperatsiya asosidagi kasanachilikni hamda pudrat shartnomasi asosidagi uy mehnatini rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida 130 mingga yaqin ish o’rni yaratildi.
Shunday qilib, O’zbekistonda Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan chora - tadbirlar global moliyaviy – iqtisodiy inqirozning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy oqibatlarini oldini olish, respublika aholisini ishonchli himoya qilish, ularni daromadi va moddiy farovonligini oshirish imkonini ta’minladi. Eng asosiysi respublikada ishsizlik darajasini chegara miqdorlari doirasida saqlab qolishga erishildi va bu mamlakatda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning muhim omili bo’ldi.
Xulosa Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va O’zbekistonning integratsiyalashgan global iqtisodiy makonning, global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismiga aylanganligi sharoitida mamlakat milliy xavfsizligining muhim elementi bo’lgan iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy xavfsizlik esa eng avvalo mamlakatning milliy manfaatlarini himoyalanganligini aks ettiradi. Iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning muhim tarkibiy qismi, uning moddiy asosi bo’lib, iqtisodiy kategoriya sifatida davlatchilik shakllangan hamda jamiyat o’z manfaatlarini anglab yetgan davrlardan paydo bo’la boshlagan. Iqtisodiy xavfsizlik mamlakat milliy manfaatlarining kafolatli himoyalangani, mamlakat iqtisodiy rivojining ijtimoiy yo’naltirilgani, ichki va tashqi jarayonlar rivojidagi eng noqulay sharoitda ham mudofaa salohiyatining yetarli darajada ta’minlanganligini ifoda etadi.