Korxonalarda moliayviy resurslarni boshqarishni samarali tashkil etish


 Korxonalar moliya iy e u la i i ama a ligi i ta’mi la



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/29
tarix07.01.2024
ölçüsü0,54 Mb.
#208015
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
korxonalarda moliayviy resurslarni boshqarishni samarali tashkil (2)

 
3.2. Korxonalar moliya iy e u la i i ama a ligi i ta’mi la
masalalari 
 
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda pul mablag’laridan foydalanish 
juda og’ir bo’ladi. Bunda korxonalar faoliyatida risklar darajasi ham ancha baland 
bo’ladi. Bunday sharoitda korxonalarda pul fondlaridan ehtiyotkorona foydalanish 
maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunday sharoitlarda korxona moliyaviy menejerlari 
tomonidan ham katta nazortga olib, boshqarib boriladi. 


62 
Korxonalarda pul mablag’laridan samarali foydalanish maqsadida pul 
mablag’larini boshqarish siyosati ishlab chiqiladi. Ya’ni pul mablag’laridan 
foydalanishda korxona istiqbolini belgilovchi chora tadbirlar ishlab chiqiladi. 
Umumiy ma’noda bunda korxona moliyaviy menejerlari yoki rahbari tomonidan 
pul mablag’laridan foydalanish strategiyasi hamda uni amalga oshirish taktikalari 
ishlab chiqiladi. Shundagina korxona ko’zlagan maqsadiga belgilangan rejalar 
asosida yaqinlashadi hamda erishadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonada pul mablag’lari bo’lgan minimal 
ehtiyojini aniqlashi lozim. Chunki mavjud pul mablag’laridan korxona samarali 
foydalanishga harakat qiladi. Shuning uchun korxona asosiy faoliyatini amalga 
oshirish uchun, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish uchun qancha mablag’ kerak 
bo’lsa, asosiy faoliyatga shuncha mablag’ni qoldirish lozim. Qolgan qismini 
samarali foydalanish maqsadida boshqa sohalarga sarflash maqsadga muvofiqdir. 
Bugungi tez o’zgaruvchan bozor iqtisodiyoti sharoitida pul mablag’lari bo’sh 
turmasligi lozim. Aks holatlarda bu mablag’lar be samar ishlatilib ketishi mumkin.
Korxonalar ishlab chiqarish jarayonida ma’lum bir davrda (bir ishlab 
chiqarish tsikli davomda) korxonada pul mablag’lari qoldig’ini aniqlab borish 
lozim. Bu asosan korxonada pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda amalga oshiriladi. 
Faqatgina moliyaviy menejerlar tomonidan pul mablag’lari chiqimi va uning 
kirimi tahlil qilinib keyingi davrda kerakli pul mablag’lari hajmini aniqlash lozim. 
Bundan tashqari har bir davrdagi aniqlangan pul mablag’lari diapazoni korxonada 
korxona faoliyatining qay darajada ekanligini belgilaydi. 
Korxona bir ishlab chiqarish tsikli nihoyasida pul mablag’lari holatini tahlil 
qilib, uning o’sish dinamikasini aniqlagandan so’ng keyingi ishlab chiqarishga 
qancha pul mablag’lari kerak bo’lsa, shuncha pul mablag’larini qoldirib, pul 
mablag’lari oqimini shunga to’g’irlab borish lozim. Qolgan qismini ajratib borish 
lozim. Bu mablag’lardan korxona zaxiraga olishi yoki yuqorida takidlaganimizdek 
boshqa sohaga asfarbar etishi mumkin.
Korxonada pul mablag’lari holatini tahlil qilishda hamda undan yanada 
samarali foydalanish choralari ko’rilayotgan bir paytda, pul mablag’larining 


63 
ayldanuvchanligi darajasiga katta e’tibor qaratish lozim. Pul mablag’lari qancha 
tez aylansa, yuqorida takidlaganimizdek korxonaning keyingi ishlab chiqarishiga 
qoldirgan pul mablag’lari summasi ham ortiqchalik qiladi. Ya’ni pul mablag’lari 
aylanuvchanligi yuqori bo’lgan faoliyatda pul mablag’lariga bo’lgan ehtiyoj odatiy 
holatlarga qaraganda ancha kam bo’ladi.
Korxona ishlab chiqarish uchun pul mablag’lariga bo’lgan minimal ehtiyojni 
aniqlaganda, har bir ishlab chiqarish tsikli davomida pul mablag’lari qoldig’ining 
tebranish diapazoni aniqlanganda hamda pul mablag’larining aylanuvchanlik 
darajasi oshirilganda ma’lum bir pul mablag’lari ortib qolar ekan. Bunda keyingi 
masala bu mablag’lardan yanada samarali foydalanish turadi. Korxonada mavjud 
har bir mablag’larning rentabelligini ta’minlash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Korxonalarda pul mablag’lari aylanishi shunday bo’lishi kerakki, bunda har 
bir xarajatni qoplash uchun daromadlar o’z vaqtida bo’lishi lozim. Ya’ni bunda 
ishlab chiqarilgan mahsulotni o’z vaqtida realizatsiya qilib, tushumni o’z vaqtida 
tushishini ta’minlash lozim. Misol uchun korxonada mahsulot ishlab chiqarish 
sifati ishchi va xodimlarning ishlash sifatiga bog’liq. Ma’lumki ularning ishlash 
sifati o’z vaqtida mehnat haqilarini olishi va turli rag’batlantirishlar olishiga 
bog’liq. Demak bunda ish haqi summalarini o’z vaqtida olishi korxona 
taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etar ekan.
Korxona faoliyatida soliqlarning o’rni ham alohida ahamiyat kasb etadi. 
Soliqlar o’z vaqtida to’lanmasligi korxona uchun qo’shimcha peniya va jarimalar 
to’lashga majbur bo’ladi. Shuning uchun ko’p holatlarda soliqlar to’lov muddati 
kelgunga qadar davlat byudjetiga o’tkazilib beriladi. Shuning uchun pul 
mablag’larini boshqarishda hamda pul fondlaridan samarali foydalanish maqsadida 
pul oqimlari harakatini soliq to’lovlari muddatlariga to’g’irlash dolzarb 
masalalardan biri sanaladi. Chunki korxonalar realizatsiya qilgan mahsulotlari 
summasi o’z vaqtida tushmasligi natijasida, debitorlik qarzlarini shakllantirib, soliq 
to’lovlarini o’z vaqtida amalga oshira olmay qoladilar. Bu esa korxona uchun 
ortiqcha xarajatlarni keltirib chiqaradi. Ayrim holatlarda korxona hisoblangan soliq 
summasini vaqtinchalik to’lamay turish natijasida mavjud summadan samarali 


64 
foydalanish mumkin. Ya’ni bunda korxona oldidagi asosiy masala soliq summasini 
vaqtinchalik to’lamasdan, uni ishlab chiqarishga sarflashdan qancha foyda ko’rishi 
bilan soliqni vaqtida to’lamaganligi uchun to’lanadigan peniya orasidagi farq 
tahlil qilinishi lozim. Natija ijobiy bo’lsa bundan moydalanish maqsadga muvofiq 
keladi, aks holatda esa korxona soliqlarni o’z vatida to’lagani maquldir. 
Korxonalar moliyasini samarali boshqarishning yana bir asosiy e’tiborli jihati 
shundaki, korxonalarda ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish xarajatlarini 
optimallashtirsh bo’lib hisoblanadi. Korxonalarda xarajatlarini optimallashtirish 
ularning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda muhim omil bo’lib xizmat qiladi. 
Bunday tadbirlarni amalga oshirishda korxonalarda xarajatlarni minimallashairish 
strategiyasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Xarajatlarni 
minimallashtirish strategiyasini qo’llaganda korxonalar mahsulot narxini 
kamaytirish evaziga ushbu turdagi mahsulot bozorining katta ulushini egallashi 
mumkin. Ushbu strategiyani amalga oshiruvchi firma yaxshi tashkil qilingan ishlab 
chiqarish tizimiga, yaxshi ta’minot tizimiga, zamonaviy texnologiyaga va 
muhandislik-konstruktorlik bazasiga hamda mahsulot taqsimlashning yaxshi 
tizimiga ega bo’lishi kerak. Qo’shimcha qilib aytish mumkinki, minimal 
xarajatlarga erishish uchun mahsulot tannarxi bilan bog’liq bo’lgan barcha sohalar 
chuqur tahlil qilinishi kerak bo’ladi. Bundan tashqari, ma’muriy va sotish 
xarajatlarini ham o’rganib chiqishi va ularni kamaytirish yo’llarini qidirishi 
muhimdir. Shuni alohida ta’kidlash joizki, korxonalarda moliyaviy menejmentni 
tashkil etish bizning korxonalarimiz uchun yangi jabha bo’lib hisoblanadi shuning 
uchun moliyaviy menejmentni tashkil etishning jahon amaliyotini tahlil etish 
hamda ularni O’zbekiston korxonalarida qo’llash imkoniyatlarini aniqlash muhim 
ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin