Korxonalarda moliayviy resurslarni boshqarishni samarali tashkil etish



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/29
tarix07.01.2024
ölçüsü0,54 Mb.
#208015
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
korxonalarda moliayviy resurslarni boshqarishni samarali tashkil (2)

 
3- ’yi a xul a 
 
 
Korxonalar faoliyat boshlashdan avval ma’lum bir foyda olishni maqsad qilib 
qo’yadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga 


65 
boshqa xo’jalik yurituvchi sub’yektlar singari quyidagi rasmda keltirilgan omillar 
ta’sir etadi. Ushbu omillarning ta’sir darajalarini o’rgangan holda faoliyat yuritish 
ularning korxonalar foydasini maksimallashishini ta’minlaydi.
 
Korxonalarda pul mablag’laridan samarali foydalanish maqsadida pul 
mablag’larini boshqarish siyosati ishlab chiqiladi. Ya’ni pul mablag’laridan 
foydalanishda korxona istiqbolini belgilovchi chora tadbirlar ishlab chiqiladi. 
Umumiy ma’noda bunda korxona moliyaviy menejerlari yoki rahbari tomonidan 
pul mablag’laridan foydalanish strategiyasi hamda uni amalga oshirish taktikalari 
ishlab chiqiladi. Shundagina korxona ko’zlagan maqsadiga belgilangan rejalar 
asosida yaqinlashadi hamda erishadi.
Korxonalarda xarajatlarini optimallashtirish ularning iqtisodiy barqarorligini 
ta’minlashda muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Bunday tadbirlarni amalga 
oshirishda korxonalarda xarajatlarni minimallashairish strategiyasini ishlab chiqish 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Xarajatlarni minimallashtirish strategiyasini 
qo’llaganda korxonalar mahsulot narxini kamaytirish evaziga ushbu turdagi 
mahsulot bozorining katta ulushini egallashi mumkin. 
 
 
 


66 
XULOSA 

Korxonalar moliyaviy resurslardan samarali foydalanish katta ahamiyat kasb 


etmoqda. Moliyaviy resurslardan samarali foydalanishda albatta bir birlik 
foydalanilayotgan moliyaviy resurslardan keladigan foyda miqdorini oshirishga 
harakat qilinadi. Korxona moliyaviy resurslari korxonaning faoliyat yuritishini 
ta’minlaydi.
Korxronalarda faoliyat boshlanishida moliyaviy resurslarning shakllanish 
manbalarining eng asosiy qismini korxona ustav kapitali tashkil etadi. Ammo 
takror ishlab chiqarish jarayonida korxonalarda mahsulot sotishdan tushum 
moliyaviy resurslarning asosiy qismini shakllantiradi. va undan so’ng korxonaning 
turli maqsadlaridan kelib chiqqan holda moliyaviy resurslardan foydalaniladi. 
Amartizatsiya fondi ham korxonalarda moliyaviy resurslar shakllanishining 
asosiy manbalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Amartizatsiya fondining o’ziga xos 
xususiyati shundaki, korxona faoliyatiga kirim qilingan asosiy vositalari va 
nomoddiy aktivlar qiymati asta sekinlik bilan mahsulot tannarxi tarkibiga 
amartizatsiya sifatida kiritili boriladi va mahsulot realizatsiyasidan so’ng fond 
sifatida shakllanib boradi. Bunda ushbu uzoq muddatli aktivlar qiymatidan 
amartizatsiya hisoblash natijasida amartizatsiya fondi shakllanadi va bu fondning 
moliyaviy resurslari vaqtinchalik, ya’ni kelgusida uzoq muddatli aktivlar sotib 
olgunga qadar joriy aktivlar qismini moliyalashtirib turadi. Ya’ni korxonalar to 
asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni sotib olgunga qadar, bu fond 
mablag’laridan bir necha marta ishlab chiqarishni kengaytirish va sifatini 
oshirishga foydalanishi mumkin. Shuning uchun ham korxonada ishlab chiqarishni 
amalga oshirishda eng asosiy moliyaiy manbalardan biri ham amratizatsiya 
fondining moliyaviy resurslari hisoblanadi.
Umuman olganda korxonalarda moliyaviy resurslarning foydalanishda 
avvalambor ushbu moliyaviy resurslarni bir joyga pul fondi sifatida yig’iladi va bu 
pul fondining resurslaridan belgilangan maqsad yo’nalishlarida foydalaniladi.
Korxonalarda moliyaviy resurslarning miqdori qancha bo’lishi emas balki 
moliyaviy resurslarning aylanuvchanligi qancha katta bo’lishi muhimroqdir. 


67 
Chunki moliyaviy resurslar qancha tez aylansa, oz mablag’lar bilan ham ma’lum 
bir davrda katta ishlab chiqarishni amalga oshirish va barcha xarajatlarni qoplash 
mumkin. Moliyaviy resurslar juda sekin aylansa ko’p moliyaviy resurslar bilan 
ham bir ishlab chiqarishni moliyalashtirish mushkul bo’lib, hattoki ishlab chiqarish 
ma’lum bir muddatga to’xtab qolishi ham mumkin. Bundan tashqari debitorlik 
qarzlari oshib ketib, soliqlarni ham o’z vaqtida to’lolmaganlik uchun yana turli 
penya va jarimalar kelib chiqadi. Bu esa korxona moliyaviy holatiga juda salbiy 
ta’sir ko’rsatadi. 
Moliyaviy resurslardan samarali foydalanish maqsadida faoliyatdagi risk 
darajasini ham o’rganib, shunga mos ravishda moliyaviy resurslardan samarali 
foydalanish maqsadga muviqdir. Risk darajasi qancha yuqori bo’lsa, sarflanadigan 
moliyaviy resurslarning qaytib kelishida xavf ham yuqori bo’ladi. Yuqori risk ham 
yuqori daromad keladigan joyda bo’ladi. Bunday sharoitda ko’p holatlarda 
moliyaviy menejerlar ko’p daromad oladigan sohaga moliyaviy resurslarni 
yo’naltirib, natijada ko’p daromad olish o’rniga zarar bilan chiqish holatlari sodir 
bo’ladi. Misol tariqasida o’tgan yillardagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yuz 
berishidan sal oldin kishilarning daromad olaman deb yuqori risk bo’lgan qimmatli 
qog’ozlarni sotib olishga yo’naltirgan moliyaviy resurslari havoga uchdi. Demak 
risk bor joyda, risklilik darajasi inobatga olingan holda moliyaviy resurslarni ham 
shunga moslab sarflash, bunda zaxiraga moliyaviy resurslar qoldirish maqsadga 
muvofiqdir. Bunda agar korxona riskdan yutqazsa, shu ajratilgan ozgina 
mablag’ini yutqazadi, agar riskdan yaxshi chiqsa, ozgina mablag’idan yuqori 
daromad oladi. Demak korxonaning moliyaviy resurslar risk past joyga ko’proq 
sarflanib, risk yuqori bo’lgan joyga kamroq sarflanishi maqsadga muvofiqdir.
Korxonalarda soliq hisob kitoblarini ham to’g’ri yo’lga qo’yish ham muhim 
ahamiyat kasb etar ekan. Chunki soliqlarni noto’g’ri hisoblanishi korxona uchun 
keyinchalik ortiqcha jarimalar to’lashga majbur bo’lib qoladi. Bu moliyaviy 
holatga juda salbiy ta’sir ko’rsatadi. Soliqlarni o’rganib, soliqlarni kamroq 
to’lashning qonuniy tomonlarini aniqlash, ya’ni soliq imtiyozlaridan foydalanish 


68 
yo’llarini aniqlash ham korxonaning kamroq soliq to’lashiga olib kelib, korxona 
moliyavi barqarorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Yuqoridagi xulosalar asosida bitiruv malakaviy ishimizning quyidagi 
takliflarini keltirdik: 
1.
Korxonalarda moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish maqsadida uning 
holatini muntazam ravishda tahlil qilib borish lozim. Buning natijasida korxona 
sarflagan moliyaviy resurslaridan qancha vaqtda va qancha miqdorda qaytib 
kelishini aniqlash mumkin bo’ladi. 
2.
Korxonalarda har bir faoliyat uchun kerak bo’lgan moliyaviy resurslarning aniq 
summasini, ayniqsa asosiy ishlab chiqarish faoliyati uchun hisoblab chiqish lozim. 
Natijada korxona moliyaviy resurslardan samarali foydalanadi. Chunki bunday 
jarayonda moliyaviy resurslar bo’sh turib qolmaydi. Boshqa tomondan 
korxonaning har bir faoliyatda moliyaviy resurslar holati bir maromda bo’ladi. 
3.
Moliyaviy resurslarning aylanuvchanligini oshirishga katta e’tibor qaratish 
lozim. Moliyaviy resurslarning aylanuvchanligining oshirish korxonada moliyaviy 
resurslarning ta’minlanganlik darajasi yaxshilanadi. Ya’ni mahsulot ishlab 
chiqarish, mahsulot realizatsiya qilish, debitorlik qarzlarini so’ndirish tezligini 
oshirish korxona uchun ijobiy natijaga erishiladi. Chunki moliyaviy resurslar 
qancha tez aylansa korxonaning moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyoji shuncha 
kam bo’ladi. Foydasi esa ko’zlaganidek chiqaveradi. Bir so’z bilan aytganda 
bunday holatda korxona moliyaviy resurslar rentabelligi oshadi. 
4.
Moliyaviy resurslar rentabelligini oshirishga erishilgandan so’ng korxona 
ixtiyorida ortiqcha moliyaviy resurslar qoladi. Bu mablag’larni ishlab chiqarishni 
kengaytirishga, yangi texnika sotib olishga yoki boshqa moliyaviy faoliyatlarga 
safarbar etish maqsadga muvofiq keladi. Natijada korxonaning umumiy pul 
fondlari rentabelligi yanada oshib korxona yakuniy foydasini oshiradi. 
5.
Korxonalarda imkon qadar moliyaviy resurslar kirib kelishini korxona 
xarajatlari davriga moslashtirishga katta e’tibor qaratish lozim.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin