Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari www.pedagoglar.uz 14-to’plam yanvar 2023 25 Kirish Jahon amaliyoti keskin raqobat sharoitida har bir korxona oldiga nafaqat
bugungi kunda, balki istiqbolda ham bozordagi o‘rnini saqlab qolish hamda
kengaytirishni shart qilib qo‘ymoqda. Bunda global iqtisodiyotdagi tebranishlar
yangi istiqbolli loyihalar ustida ishlash, loyihalarni moliyaviy ta’minlash
imkoniyatlarini baholash va tegishli choralar ko‘rish, investitsiya faoliyatidan
kutilayotgan natijadorlikni ta’minlash, moliyaviy ta’minot va investitsion faoliyatni
rejalashtirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy risklarni oldindan ko‘ra
bilish kabilarni shart qilib qo‘ymoqda va bu jihatlar bevosita korxonalarda
moliyaviy qarorlar qabul qilish amaliyoti bilan bog‘liq bo‘lib qolmoqda. “Jahon
bankining istiqboldagi biznes muhiti, moliyaviy strategiyalar borasida qator
hisobotlarida ham bevosita moliyaviy qarorlar qabul qilish bilan bog‘liq jihatlarga
jiddiy e’tibor qaratilgan” [1]. Shuningdek, “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki
tomonidan ayrim davlatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan moliyaviy rejalashtirish
bo‘yicha assotsiatsiyalar maqsadi ham korxonalar va mamlakatning
moliyaviyiqtisodiy taraqqiyotiga xizmat qiladi” [2]. Bunda asosiy e’tibor jahon
bozoridagi o‘zgarishlarni oldindan baholash orqali moliyaviy rejalarni har
tomonlama asosli tuzish va to‘g’ri moliyaviy qarorlarni qabul qilishga qaratiladi.
Xalqaro amaliyotda korxonalar faoliyatida moliyaviy qarorlar qabul qilishga doir
ilmiy
tadqiqotlar
olib
borilmoqda.
Ilmiy
izlanishlarda
jahon
bozori
kon’yukturasidagi o‘zgarishlar, bugungi kundagi biznes muhiti, raqobatning milliy
doiradan jahon darajasiga chiqqanligi asosida o‘rta va uzoq muddatli moliyaviy
rejalashtirish, strategik moliyaviy tahlil va strategik rejalashtirishda ta’sir etuvchi
omillarni oldindan baholash kabilarga alohida e’tibor qaratilgan. Garchi bu borada
atroflicha tadqiqotlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, raqamli iqtisodiyotning keng
doirada turli sohalarga kirib borishi, jahon bozoridagi keskin o‘zgarishlar moliyaviy
rejalashtirish borasida atroflicha tahlillar asosida moliyaviy qarorlar qabul qilishni
talab qilmoqda. Bu jihat o‘z-o‘zidan milliy va xalqaro darajada kompleks tadqiqotlar
olib borish orqali moliyaviy rejalashtirish amaliyotini samarali tashkil etishni shart