Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari www.pedagoglar.uz 14-to’plam yanvar 2023 29 ham asosli bo‘lishigi ham xizmat qiladi va istiqbolda amalga oshirish
imkoniyatlarini oshiradi. 3. Moliyaviy faoliyatni strategik boshqarishni tadbirkorlik
stiliga maqsadli yo‘naltirish printsipi.[8] Bizga ma’lumki, xo‘jalik sub’ektlari
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini yuritish yo‘nalishi tadbirkorlik stili sifatida baholanib,
agressiv, mo‘’tadil va konservativ faoliyat yo‘nalishlari sifatida ajratib ko‘rsatiladi.
Agressiv moliyaviyxo‘jalik faoliyatidagi tadbirkorlik stili o‘z-o‘zidan yuqori
moliyaviy risklar sharoitida amalga oshiriladi va bunda moliyaviy risklarni
boshqarishga ham ustuvorlik beriladi. O‘z navbatida mo‘tadil tartibda moliyaviy-
xo‘jalik faoliyatini yuritish stili o‘rtacha tipda yuqori moliyaviy riskli qarorlar qabul
qilinmasdan tadbirkorlik faoliyatini yuritishga asoslanadi. Konservativ yondashuv
esa o‘z-o‘zidan cheklangan, tor doiradagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati orqali o‘ta
past darajadagi moliyaviy risklar sharoitida faoliyatni amalga oshirishga qaratiladi.
Keltirilayotgan jihatlar xo‘jalik sub’ektlari korporativ moliyaviy strategiyasiga ham
ko‘chib o‘tadi. Ya’ni hech qachon agressiv stilda bozorni kengaytirish, yangi
bozorlarni egallashga qaratilgan xo‘jalik sub’ektlari korporativ moliyaviy
strategiyalari mo‘’tadil yondashuv yoki konservativ stilda ishlab chiqilmaydi yoki
aksincha. 4. Istiqbolli moliyaviy rivojlanishning dominant sohalarini belgilash
printsipi. [9] Mazkur printsip xo‘jalik sub’ektlari korporativ moliyaviy strategiyasini
belgilashda eng muhim printsiplardan biridir. Umuman dominant sohalar har qanday
moliyaviy strategiyani belgilashda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Bunda
dominant sohalar sifatida moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari
bilan bog‘liq moliyaviy jihatlarga alohida e’tibor qaratiladi. Iqtisodchi olim
I.A.Blank izohlashicha, korxona moliyaviy strategiyasini ishlab chiqishda
moliyaviy faoliyatni rivojlantirishning dominant sohalari sifatida korxona moliyaviy
resurslarini shakllantirish strategiyasi, korxona moliyaviy resurslarini taqsimlash
strategiyasi, korxona moliyaviy xavfsizligini ta’minlash strategiyasi, korxona
moliyaviy faoliyatini boshqarishning sifatni oshirish strategiyalarini ko‘rib chiqish
maqsadga muvofiqdir. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ta’kidlab o‘tishimiz