4. Moliyaviy risklarni miqdoriy baholash ko‘rsatkichlari
Albatta kelgusidagi hodisalar oqibatlarini oldindan aniq prognoz qilish mushkul sanaladi. Biroq riskni baholashda kelgusidagi ehtimolli natijalar va ularni qo‘lga kiritish imkoniyatlarini miqdor ko‘rsatkichlar orqali ifodalash kerak hisoblanadi.
Eng sodda ko‘rinishda bunday ifoda barcha ehtimolli natijalar qiymati va ularni amalga oshirish ehtimolligidan iborat bo‘ladi.
Misol uchun ikkita «A» va «V» firmalarning aksiyalarini sotib olish imkoniyatini ko‘rsak. Aksiyalar bo‘yicha faraz qilinadigan daromadlilikning qiymati va ularning ehtimolligi haqida olingan ekspert baholari quyidagi 2-jadvalda ko‘rsatilgan.
2-jadval
Aksiyalar bo‘yicha daromadlilik qiymati va ularning ehtimolliyligi
Prognoz
|
Ehtimollik, r
|
Aksiyalar daromadliligi, %
|
«A» firmasi
|
«B» firmasi
|
Pessimistik
|
0,3
|
-70
|
10
|
Ehtimolli
|
0,4
|
15
|
15
|
Optimistik
|
0,3
|
100
|
20
|
Ma’lumki, voqealarni rivojlantirishning ko‘plab turli xil stsenariylarini qo‘rish mumkin. U yoki bu hodisaning sodir bo‘lish oqibatlarini ta’riflashga qulay va universal yondashuv – bu barcha mumkin bo‘lgan tasodifiy qiymat (masalan, daromadlilik) uchun uning amalga oshish ehtimolliyligini belgilashdan iborat hisoblanadi. Bu qoida tasodifiy qiymatning ehtimolli taqsimot qonuni deb nomlanadi.
X tasodifiy qiymatning FX(x) ehtimolli taqsimot funksiyasi deb shunday funksiyani aytiladiki, unda berilgan har qanday x ifodasiga {X} hodisa ehtimolligining qiymati mos keladi:
Bu erda
r – X tasodifiy miqdorning qiymati xdan oshmasligining ehtimolligi.
Agar funksiyasi uzluksiz va differensiyalanuvchi bo‘lsa, tadqiq qilinayotgan tasodifiy qiymatning boshqa qulay ifodalash usuli FX(x) ehtimollikning zichligi funksiyasi hisoblanadi va u x nuqtadagi taqsimot funksiyasining hosila funksiyasi bo‘ladi:
Taqsimot funksiyasi yoki tasodifiy qiymatning ehtimolli zichligini bilib olgach, uning sodir bo‘lish qiymatining aniqlik darajasi va unga mos keladigan hodisalar haqida xulosalar qilish mumkin.
Amaliyotda ko‘plab masalalarni echish uchun ko‘pincha tasodifiy qiymatning ba’zi parametlarini bilish etarli hisoblanadi. Ulardan eng muhimlari – bu o‘rta yoki kutilayotgan qiymat (matematik kutilish), dispersiya va standart (o‘rtacha kvadratik) chetlanishlar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |